7-ma’ruza. Tcp/ip protokollari steki. Pog’onasining tarixi, pog’onalar, ularning vazifasi, asosiy protokollari, pog’onalarning o’zaro bog’lanishi va xizmatlari. Tcp/ip va osi modellerning o’xshash jihatlari




Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana09.12.2023
Hajmi0,51 Mb.
#114834
  1   2   3   4
Bog'liq
7-MA\'RUZA



7-MA’RUZA. TCP/IP protokollari steki. Pog’onasining tarixi, 
pog’onalar, ularning vazifasi, asosiy protokollari, pog’onalarning o’zaro 
bog’lanishi va xizmatlari. TCP/IP va OSI modellerning o’xshash jihatlari 
 
IP tarmoq texnologiyasi va TCP protokoli xususiyatlari xozirgi kunda 
kompyuter va Internet tarmog‗ining asosi bo‗lib, boshqa tarmoq texnologiyalari 
bilan birgalikda zamonaviy kommunikatsiyalar asosini tashkil etadi.
IP tarmoqlar texnologiyasi TCP/IP protokollar stekiga asoslanadi. Bu stek 
AQSh Mudofaa Vazirligi tashabbusi bo‗yicha ishlab chiqilgan va ARPAnet 
tarmog‗i qurilishida qo‗llanilgan, bu tarmoqdan keyinchalik Internet tarmog‗i 
tashkil qilindi. Stekni ishlab chiqish va takomillashtirishga AQSh universitetlari, 
ayniqsa UNIX operatsion tizimi uchun TCR/IPni amalga oshirgan Berklidagi 
universitet o‗z ulkan xissasini qo‗shishdi. Stekni takomillashtirish bo‗yicha 30 
yildan ortiq vaqt davomida ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda bu 
quyidagilarda ishlatiladigan protokollarning eng ommaviy stekidir: 
-Internet global axborot tarmog‗ida; 
-Intranet deb ataluvchi korporotiv tarmoqni yaratish uchun; 
-Ekstranet deb nomlanuvchi kirishi chegaralangan va himoya darajasi 
kuchaytirilgan korporativ tarmoqlarni yaratish uchun; 
-operatsion tizimlarning aksariyati va lokal tarmoqlarda; 
-deyarli hamma global tarmoq texnologiyalarda.
TCP/IP protokollar steki (to'plami) 1972 yilda Winton Serf boshchiligidagi 
ishlab chiquvchilar guruhi tomonidan NCP (tarmoq boshqaruv protokoli) asosida 
yaratilgan. 1976 yilning iyul oyida Vint Serf va Kan birinchi marta uchta turli 
tarmoq orqali TCP yordamida ma'lumotlarni uzatishni namoyish etdilar. 
Zamonaviy Internet protokoli shu tarzda yaratilgan. 1983 yilning 1 yanvarida 
ARPANET yangi protokolga o'tdi. Bu kun Internetning rasmiy ‗tug'ilgan kuni‘ deb 
hisoblanadi.
Birinchi bor TCP/IP haqida 1973-yili Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan 
International Network Working Group yig‘ilishida aytilgan. Bu yerda Robert Kan 
va Vint Serf, keyinchalik 1974-yilda eng mashxur jurnallardan biri Transactions 
on Communications da chop etilgan maqola loyihasi bilan so‘zga chiqdilar.
1978-yilda hozir biz bilgan TCP/IP to‘liq shakllandi. Keyinchalik stekni lokal 
tarmoqlarda foydalanish maqsadida moslashtirildi. 1980-yillarda protokol ОС 
UNIX ning tarkibiy qismiga aylandi. Shu yili birlashgan Internet tarmog‘i vujudga 
keldi. Internet texnologiyasiga o‘tish, AQSh Qurolli kuchlari Vazirligiglobal 
tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar TCP/IP protokollar stekidan foydalanishga 
qaror qilgach, 1983-yil nihoyasiga yetdi. 
TCP/IP modeli TCP/IP (Transmission Control Protocol/Internet Protocol) 
protokollar stekini tasvirlash uchun ishlab chiqilgan. U OSI modelidan ancha oldin 
ishlab chiqilgan. 
TCP/IP protokollar steki (Transmission Control Protocol/Internet Protocol) 
(7.1.-rasmda keltirilgan) bugungi kunda eng ko‗p tarqalgan va fundamentaldir. U 
har qanday o‗lchamdagi mahalliy tarmolarda ishlaydi. Undan tashqari 
protokollardan Internet global tarmog‗ida ishlash imkonini beruvchi yagona 


protokoldir.TCP/IP 
protokollar 
stekiga 
turli 
bosqichlarda 
ishlovchi ko‗p 
protokollar kiradi
, lekin o‗z nomini u ikkita TCP va IP protokollar 
nomidan olgan. TCP – transport protokoli, TCP/IP protokollar stekidan foydalanib 
tarmoqda axborotlarni uzatishni boshqarish uchun xizmat qiladi.
IP– tarmoq pog‘onasi protokoli, turli tarmoqdan iborat bo‗lgan tarmoqlarda 
axborotlarni yetkazish uchun transport protokollarining biridan foydalanadi, 
masalan, TCP yoki UDP. 
TCP/IP stekning quyi bosqichi axborot uzatishning standart protokollaridan 
foydalangani uchun uni har qanday tarmoq texnologiyasi qo‘llanganda va har 
qanday operatsion tizimli komp‘yuterlarda ishlatish mumkin bo‗ladi. 
Azaldan 
TCP/IP 
protokoli 
global 
tarmoqlarda 
foydalanish 
uchun 
loyihalashtirilgan, aynan shuning uchun u maksimal ravishda moslashuvchandir. 
Xususan paketlarni qismlarga ajratish imkoni bo‗lgani uchun ham aloqa 
kanalining sifati e‘tiborga 
olinmasa ham
, axborot albatta o‗z manziliga yetkaziladi. 
IP – protokolining mavjudligi uchun ham turli segmentli tarmoqlar o‗rtasida ham 
axborot uzatish mumkin bo‗ladi.TCP/IP – protokolining kamchiligi shundan 
iboratki, tarmoqda ma‘murlashtirish murakkablashadi. 
Bir sathdagi xabarlarning ketma-ketligi va shaklini belgilovchi formal 
qoidalar protokollar deb ataladi. Ierarxik tashkil etilgan protokollar yig‘indisi 
Kommunikatsiya protokollari steki deb ataladi. 
7.1. TCP/IP steki tuzulishi TCP/IP protokollar stekining afzalliklari.
- TCP/IP protokollar stekining asosiy yutug‗i shundaki u turli ishlab 
chiqaruvchi uskunalarini o‘zaro ishonchli ulanishlar bilan ta‘minlaydi.
- Tarmoq texnologiyalaridan mustaqil ravishda – stek faqat element 
uzatishni aniqlaydi,- deytagrammani va uning tarmoqda harakatlanish qobilyatini 
tasvirlaydi.
- Umumiy bog‗lanish –stek uni qo‗llaydigan kompyuter juftligini bir biri 
bilan o‗zaro ishlashga ruxsat beradi. Xar bir kompyuterga mantiqiy adres beriladi, 
har bir uzatiladigan deytagramma yuboruvchi va qabul qiluvchining mantiqiy 
adresiga ega. Marshutizatorlararo qabul qiluvchining marshrutizatsiya qarori qabul 
qilinishi uchun qabul qiluvchining adresidan foydalanadi.


- Tasdiqlash. Stek protokollari yuboruvchi va qabul qiluvchi o‗rtasidagi 
axborot almashinuvi o‗tkazishda tasdiqlash to‗g‗riligini kafolatlaydi. 
- Amaliy standart protokollari. TCP/IP stek protokollari o‗z ichiga asosiy 
qo‗llanmalarni qo‗llash vositasini oladi, elektron xatni, fayl uzatishni, masofaviy 
ulanishni va hokazo.

Download 0,51 Mb.
  1   2   3   4




Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



7-ma’ruza. Tcp/ip protokollari steki. Pog’onasining tarixi, pog’onalar, ularning vazifasi, asosiy protokollari, pog’onalarning o’zaro bog’lanishi va xizmatlari. Tcp/ip va osi modellerning o’xshash jihatlari

Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish