TCP/IP va OSI modellarini qiyoslash. Tarmoqlarni
ishlashi uchun OSI
modeli va TCP/IP protokollar steki zarur hisoblanadi. OSI (Open System
Interconnection) modeli 7ta pog'onadan iborat va har bir pog'ona paket (ma'lumot
uzatishning bir turi hisoblanadi) hosil qilishda o'z belgisini qo'yib boradi. Ya'ni
bunda agar ma'lumot biror qurilmadan chiqib ketishdan oldin 7-pog'onadan
boshlab pastki pog'onaga tushib borib paket ko'rinishiga keladi va uzatiladi.
Ikkinchi kompyuter uni qabul qilib olgandan so'ng esa 1-pog'onadan boshlab
yuqoriga qarab chiqib boradi va ma'lumot ko'rinishiga keladi. Bunda agar qaysidir
pog'onada xatolik bo'lsa, paket qaytadan so'raladi yoki so'rov bekor qilinadi (bu
tushunchalar nisbiy hisoblanib, ma'lumot almashinuv
aynan aytilganidek amalga
oshirilmaydi).
OSI va TCP/IP modellari o‘rtasidagi moslik quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan
7. Amaliy (Application)
1.
Amaliy sath (Application)
1. Taqdimot (Presentation)
5. Seans (Session)
4. Transport (Transport)
2.
Transport sathi (Transport)
3. Tarmoq (Network)
3.
Tarmoqlararo aloqa sathi (Internet)
2. Kanal (Data Link)
4.
Tarmoq interfeysi sathi (Network
Interface)
1. Fizik (Physical)
OSI modeli etalon model bo'lib, bu faqat nazariy jihatdan mavjud. Hozirgi
kunda bu model asosida TCP/IP stek protokollariga
asoslangan holda tarmoq
ishlaydi. TCP/IP ishlab chiqilishining yagona sababi OSI modelini soddalashtirish
va qulay foydalanish hisoblanadi. ISO/OSI modelining hamma pog‘onalarining
ishlashini tashkil qilishga javobgar protokol steklaridir. Protokol steklarining
ishlatilishining foydali tomoni shundan iboratki, stekka kiruvchi hamma
protokollar bitta ishlab chiqaruvchi
tomonidan yaratilgan, shuning uchun ular
yuqori tezlikda va samarali ishlash imkoniyatiga ega. Tarmoqlar yaratilgan
vaqtdan beri bir necha turdagi protokol steklari yaratilgan, ular ichida eng ko‗p
ishlatiladiganlari: TCP/IP, IPX/SPX, Net BIOS/SMB,
Novell Ware, DECnet va
boshqalar.Protokollar stek tarkibida bo‗lib, ISO/OSI modelining turli bosqichlarida
ishlaydi. Lekin odatda uchta protokol turi alohida ta‘kidlanadi: transport, tarmoq
va amaliy. Protokol steklaridan foydalanishning ijobiy tomoni shundan iboratki,
quyi bosqichda ishlaydigan protokollar anchadan beri
ishlatiladigan va taniqli
Ethernet, FDDI va boshqa tar-moq protokollaridir. Bu protokollarning apparat
vositalar yordamida bajarilishi sharofati evaziga bir xil qurilmalarni turli
tarmoqlarda ishlatish imkoni mavjud bo‗ladi. Shu tufayli qurilmalarning
moslashuv imkoni hosil bo‗ladi. Yuqori bosqich protokollari xususida esa har bir
stek o‗z afzalliklariga va kamchiliklariga egadir va «bir protokolga – bir bosqich»
tushunchasidek aniq bog‗lanish yo‗qdir, ya‘ni bir
protokol birdaniga ikki-uch
bosqichlarda ham ishlashi mumkinBundan tashqari bizda port tushunchasi mavjud
bo'lib, Port bu – mantiqiy bog'lanish tuguni hisoblanib, bu portlar yordamida
mantiqiy kerakli protokolga bog'lanish hosil qilinadi. Ixtiyoriy so'rov biron
manzildagi aynan kerakli portga murojaat qilinadi va javob qaytarishda esa so'rov
kelgan portga qayta jo'natiladi. TCP/IP da har bir protokol uchun port mavjud.
Ularning umumiy soni 65535 ta.
Har qanday texnologiya yordamida ma‘lumotlarni uzatish qanday bajarilishini
aniqlash uchun quyidagilarni ko‗rib chiqish lozim:
- tarmoqning adres makoni qanday
shakllanadi va taqsimlanadi;
- IP texnologiya asosiy protokollarining mantiqiy tavsiflari (paket maydonini
belgilash);
- axborot uzatish jarayonining me‘yoriy faoliyatini ta‘minlovchi protokollarning
asosiy muolaja tavsiflari;
- jo‗natuvchidan oluvchiga ma‘lumotlar yetkazish yo‗lini aniqlash masalasi
qanday hal qilinadi, ya‘ni paketlar qanday marshrutizatsiya qilinadi.
Pog‘onalar munosabati quyidagi rasmda (7.5.-rasm, a,b,c) keltirilgan:
a)
b) Gorizontal va vertikal munosabati
c)Pog‘onalar vazifalari kesimidagi munosabat
7.5.-rasm. Pog‘onalar munosabati quyidagi