7.2.-rasm. TCP/IP stekida protokollar ishlashi
Internet — dunyo bo'ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan
minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. Internetda
axborot almashish
standart qoidalar asosida amalga oshiriladi. Internetdagi ma'lumotlarni uzatish
qoidalari protokollar deb ataladi. TCP/IP protokolining axborotni uzatish usuli
quyidagicha: TCP protokoli axborotni paketlarga ajratadi;
IP protokoli orqali
barcha paketlar qabul qiluvchiga uzatiladi va TCP protokoli tomonidan barcha
paketlarning qabul qilinganligi tekshiriladi; barcha paketlar qabul qilingandan
keyin TCP protokoli ularni tartibga soladi va yaxlit ko'rinishga keltiradi. Internetda
ko‗plab turli
xil paketlardan foydalaniladi, lekin asosiylaridan biri bu — IP-
paketdir (RFC-791). IP-protokol ishonchli bo‗lmagan transport muhitini taklif
etadi. Mazkur protokolning ma‘lumotlarni uzatish algoritmi juda ham oddiy: xato
hollarda deytagramma tashlab yuboriladi, jo‗natuvchiga esa tegishli ICMP-xabar
yuboriladi (yoki hech narsa yuborilmaydi).
IP-protokolida tarmoqlararo
xizmatlarni ta‘minlash uchun to‗rtta asosiy mexanizm qo‗llaniladi: xizmat
ko‗rsatish turi, paket yashash vaqti, sarlavhaning nazorat yig‗indisi, qo‗shimcha
imkoniyat(opsiya)lar. Bunday muloqot TCP/IP stekini ishlash misolida (7.3.-rasm)
ko‘rilishi mumkin.
7.3.-rasm. TCP/IP stekida muloqot
Xizmat ko‗rsatish turi tarmoqlararo deytagrammaning tarmoqlararo tizim
orqali (7.4.-rasm) uzatilishida talab etiladigan sifatni ko‗rsatishi
uchun
foydalaniladi.
7.4.-rasm. Internetda o‘zaro bog‘lanish misoli
Paketning yashash vaqti tarmoqdagi deytagramma mavjud bo‗lish vaqtining
yuqori chegarasini ko‗rsatadi. Ushbu ko‗rsatkich jo‗natuvchi tomonidan beriladi va
tarmoqlararo deytagrammaning marshrut nuqtalari bo‗ylab harakatlanishiga ko‗ra
kamayib boradi. Tarmoqlararo deytagramma vaqti qabul qilib oluvchiga yetib
borguniga qadar nol bo‗lsa, u holda ushbu deytagramma yo‗q qilinadi.
Sarlavhaning nazorat yig‗indisi undagi ma‘lumotlar himoyasini ta‘minlaydi.
Agarda modul sarlavhada xatolikni aniqlasa,
u holda ushbu tarmoqlararo
deytagramma uni aniqlagan modul tomonidan yo‗q qilinadi. Qo‗shimcha
imkoniyatlar ayrim qo‗shimcha xizmatlar bajarilishini ta‘minlaydi, masalan,
ma‘lumotlarni himoyalash va maxsus marshrutlashtirish usullari.