- UDP protokoli (User Datagram Protocol, foydalanuvchining deytagram
protokoli) amaliy paketni deytaggramm yo‘li bilan ta‘minlaydi (ya‘ni paket
yetkazishni kafolatlamaydi). Bu protokolni ishi IPga o‘xshash, lekin uning asosiy
vazifasi tarmoq protokoli va turli ilovalar o‘rtasidagi aloqani ta‘minlash.
4. Qo’llanish (amaliy, ilovalar) pog’onasi
- Tarmoq infratuzilmasini shakllantirish uchun protokollar ( DNS, DHPC,
WINS) ushbu kursning keyingi bo‗limlarida ko‗rib chiqladi.
- WWW ilovasi (World
Wide Web, butun dunyo to‘ri) – bugungi Internet
tarmog‗ining ishlashi asosidir.
- FTP protokoli (File Transfer Protokol, fayllar uzatish protokoli) tarmoq
bog‗lamalari o‘rtasida masofaviy uzatishni ta‘minlaydi.
- TFTP protokoli (Trivial File Transfer Protokol, fayllarni uzatvorishda eng
oddiy protokol) - fayl uzatishda eng oddiy bo‗lib , FTPdan farqliroq masofaviy
bog‗lamaga UDP protokoli asosida axborot uzatvorilishini, foydalanuvchi
autentifikatsiyasini talab qilmagan holda yetkazadi.
- SNMP protokoli (Simple Network Management Protokol) tarmoqni
boshqarishning eng oddi protokoli) tarmoq bog‘lamalarini
boshqaruvini
tashkillashtirishda ishlatiladi. TCP/IP steki OSI modeldagi kanal pog‗onasi
protokollarning aksariyatini, masalan, kommutatsiyalangan va ajratilgan aloqa
liniyalarida ma‘lumotlarni uzatish uchun qo‗llanadigan SLIP va RRR ni qo‗llab
quvvatlaydi.
Internetda standartlash. Internet tarmoq bilan bog‗liq protokol va standartlarning
jadal rivojlanishi me‘yoriy hujjatlarning katta sonini tizimlashtirish, tartibga solish
va nashr etishni talab qiladi. Bu bilan Internet arxitekturasi masalalari bo‗yicha
boshqaruvchi kengash(Internet Architecture Board, IAB) shug‗ullanadi. 2000 yil
boshigacha 2700 dan ortiq hujjatlar(Request for Comments, RFC) nashr etildi.
RFC-bu alohida hujjatlar, ular texnik masalalarning keng doirasini, shu jumladan
majburiy standartlar, standartlar bo‗yicha takliflar, axborot ma‘lumotlar va tarixiy
axamiyatga ega eskirgan xujjatlarni qamrab olgan. Internetda standartizatsiyalash
jarayoni RFC 2026 hujjati bilan tartibga solinadi.
IAB tarkibiga quyidagilar kiradi:
-RFCni ishlab chiqaruvchi va tarmoqni texnik qo‗llab-quvvatlash
bilan
bog‗liq muayyan tor muammolarni hal qiluvchi Internet muxandis texnik
komissiyasi(Internet Engineerinng Task Force,IETF);
-Internet rivojlanishining istiqbolli masalalari bilan shug‗ullanuvchi va
standartlar aksariyatini shakllantiruvchi Internet tadqiqot komissiyasi(Internet
Research Task Force,IRTF).
IAB 1983 yilda jismoniy shaxs va tashkilotlardan tashkil topgan Internet
Hamjamiyati
(Internet
Society,
ISOC)
yordamida
tashkil
qilingan
TCP/IP protokol steki tuzilmasi. Internet protokollari arxitekturasi 4 pog‗onali.
Keyinroq paydo bo‗lgan ISO etalon modeli protokollarining 7 pog‗onali
arxitekturasi TCP/IP pog‗onalari dekompozitsiyasi sifatida o‗rganish mumkin.
Haqiqatda ikkita arxitekturaning farqi-TCP/IP arxitekturasidagi OSI modelining
uchta yuqori pog‗onasi (qo‗llanish, taqdimot, seans) bitta-qo‗llanish pog‗onaga
birlashtirilgan. TCP/IP tarmoq interfeyslari pog‗onasi OSIning ikkita pog‗onasi-
kanal va tarmoq pog‗onalariga muvofiqdir.
TCP/IP qo‗llanish pog‗onasi an‘anaviy xizmatlarni qo‗llab-quvvatlaydi:
-SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) elektron pochtasi, IMAP (Internet
Message Access Protocol), POP(Post Office Protocol), X.400 pochta protokollari
oddiy protokoli yordamida amalga oshiriladigan hamda NNTP(Network News
Transfer Protocol) yangiliklarni almashtirish tarmoq protokoli yordamida elektron
pochta va yangiliklar bilan almashuv;
-virtual terminal Telnet protokoli yordamida amalga oshiriladi;
-faylni uzatish FTP(Fail Transfer Protocol), TFTP(Trivial File Transfer
Protocol) va NFS(Network File Systems) protokollari
yordamida amalga
oshiriladi;
-ma‘lumot xizmatlari DNS (Domain Name System) domen ismlari tizimi va
X.500 yordamida amalga oshiriladi;
-yordamchi protokollar: o‗z identifikatorlarni olish protokoli-VOOTR, vaqt
protokoli-NTP(Network Time Protocol), diagnostika-Echo va tizim haqida axborot
–Finger. 90-yillar o‗rtasidan WWW (World Wide Web) texnologiyasiga
asoslangan xizmatlar faol kiritilmoqda. WWW texnologiyasi URL (Universal
Resourse Locator) va URN (Universal Resourse Name)ni qo‗llab gipermatnni
uzatish (Hypertext Transfer Protocol,NTTR) protokoliga asoslangan. Bugungi
kunda SIP (Session Initiation Protocol), RTP (Real-time Transport Protocol),
RTCP (Real-time Transport Control Protocol), H.323 tavsiya protokoli asosida
paketli IP telefoniya xizmatlari ommaviylashgan. Stekda monitoring va boshqaruv
protokollari alohida o‗rin egallaydi, bular:
-SNMP (Simple Network Management Protocol);
-RMON(Remote Monitoring).
Bu
protokollar
yordamida
tarmoq
holati
kuzatiladi
va
uning
ma‘muriyatlashuvi o‗tkaziladi.Tarmoq ilovalarining aksariyati o‗zaro ta‘sir uchun
TCP va UDP transport pog‗ona protokollari xizmatidan foydalanadi. TCP
protokoli ma‘lumotlar segmentini dastlabki mantiqiy birlashuvni o‗rnatish bilan
ishonchli to‗liq dupleksli uzatishni kafolatlab beradi. UDP (User Datagram
Protocol)
datagrammalar
foydalanuvchi
protokoli-datagrammalarni
ulash
o‗rnatmasdan uzatishni ta‘minlaydi, bu esa ularni yetkazib berishni kafolatlaydi.
Turli arxitekturali tarmoqlar o‗rtasida paketlarni
uzatishni stekning asosiy
protokoli bo‗lgan IP protokoli ta‘minlab beradi. IP datagrammali protokoli
paketlarning ishonchli uzatilishini kafolatlamaydi, biroq u ko‗p tarmoqlar orqali
ma‘lumotlarni uzatishda o‗tkazish qobiliyatini oshiradi. Shu bilan bir qatorda
tarmoq pog‗onasida quyidagilar ishlatiladi:
- ICMP diagnostik protokoli, u tarmoq tugunlariga uzatishdagi xato va
to‗xtashlar haqida ma‘lumotlar uzatadi;
- Adreslar muammosini hal qiluvchi protokollar ARP-IP adresini tarmoq
tuguni fizik adresga (MAS-stansiya adresi) o‗zgartiradi.
RARP –teskari vazifani bajaradi, ya‘ni MAS
adres yordamida IP adresni
aniqlaydi.
- Tarmoq pog‗ona faoliyatini bir qator marshrutizatsiya va signalizatsiya
protokollari qo‗llab-quvvatlaydi, bular : RIP (Routing Information Protocol),
OSPF (Open Shortest Path First), IGRP (Interior Gateway Routing Protocol),
EIGRP (Enhanced IGRP), BGP(Border Gateway Protocol), RAP(Routing Access
Protocol), RSVR (Resource Reservation Protocol) va boshqalar.
TCP/IP protokollar steki kanal pog‗onasida IP protokol paketlarini
inkapsulyatsiya qiladigan protokol va tarmoq texnologiyalarning ko‗p soni bilan
o‗zaro hamkorlik qiladi. Bugungi kunda Internetning boshqa tarmoqlar bilan
o‗zaro hamkorligiga RFC ning 290 dan ortiq hujjatlari bag‗ishlangan. TCP/IP
protokollar stekida pog‘onalarning o‘zaro bog‘lanishi va xizmatlari.
TCP/IP steki
protokollarini muhokama qilishdan oldin barcha protokollarning asosini tashkil
etadigan funktsiyalarni ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga,
protokollarda har xil funktsiyalar mavjud;
shunga qaramay, juda ko'p bir xil
turdagi funktsiyalar turli darajadagi protokollarda mavjud bo'ladi. Protocol
funktsiyalarini quyidagi toifalarga guruhlashimiz mumkin:
• Inkapsulyatsiya
• Fragmentatsiya va qayta yig'ish
• Ulanishni boshqarish
• Ketma keltlikda yetkazib berish
• Oqimlarni boshqarish
• Xatolarni boshqarish
• Manzillarni aniqlash (adreslash)
• Multiplekslash
• Uzatish xizmatlari