• Kalit so’zlar.
  • Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxona boshqaruvini tashkil etish va uning samarodorligi Annotatsiya




    Download 32,14 Kb.
    bet1/2
    Sana27.05.2024
    Hajmi32,14 Kb.
    #255302
      1   2
    Bog'liq
    Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxona boshqaruvini tashkil etish va uning samarodorligi


    Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxona boshqaruvini tashkil etish va uning samarodorligi
    Annotatsiya. Aholi bandligini oshirish, ichki bozorni milliy mahsulot bilan ta’minlash borasida, bozor o’zgarishlariga tez moslashuvchan soha - kichik biznesning o’rni muhimdir. Ayni vaqtda iqtisidiyotimizning izchil rivojlanishini ta’minlovchi sohalardan biri bo’lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini moliyaviy qo’llab quvvatlash va ularning faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida kichik biznes korxonalariga kreditlar ajratish davlatimiz iqtisodiyotida eng dolzarb masalalardan biri bo’lib kelmoqda. Kalit so’zlar. Iqtisodiyot globallashuvi sektor, strategik boshqaruv, kompetentlik antropogen ta’sir.
    “Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o’zining iqtisodiyotimizdagi o’ta muhim va salmoqli hissasi, roli va ta’siri, sodda qilib aytganda, boshqa hech bir soha va yo’nalish o’rnini bosolmaydigan katta ahamiyati bilan davlat va jamiyatimiz rivojida alohida o’rin egallaydi. Bu sohani rivojlantirmasdan, unga tegishli rag’bat va ko’mak bermasdan, imtiyoz yaratmasdan turib biz iqtisodiyotimizni kelajagini ta’minlay olmaymiz.”1
    Iqtisodiyot globallashuvining yangicha sharoitida iqtisodiy rivojlanishning asosiy belgisi ishlab chiqarishning texnologik usuli va ularning butun jamiyat iqtisodiy salohiyati ta’siridagi o’zgarishlar hisoblanadi. Ko’pchilik zamonaviy tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko’ra, bugungi kunda ro’y berayotgan innovatsion o’zgarishlar nafaqat jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarini o’zgartiradi, balki ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tizimidagi markaziy bo’g’inini ham ifodalaydi. Darhaqiqat, mamlakatimiz Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi PF-5853- sonli Farmoni bilan “O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo’ljallangan Kontseptsiyasi”da mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, tarmoqda davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish, agrar sektorni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish kabi bir qator vazifalar belgilab berildi. Bozor sharoitida innovatsion g’oyalar tovar hisoblanadi va u talab mavjud bo’lgan holdagina sotiladi. Innovatsion g’oya muallifi nafaqat o’z loyihasini foyda bilan sotishdan, balki ushbu loyiha natijasidan keyinchalik ham daromad olishdan manfaatdor bo’ladi. Demak, innovatsion g’oyaning aniq egasi (mualliflik huquqiga ega shaxs) bo’lishi lozim. Bunday tizim har doim ham mavjud emas. Mavjud qonunlarimiz respublika doirasida innovatsion g’oyalarni intellektual mulk ob’ekti sifatida ro’yxatga olish imkonini beradi va ulardan foydalanishda muallif huquqlarini kafolatlaydi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish davlatning xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish-moliyaviy faoliyatiga aralashuvini kamaytirib borishi bilan bevosita bog’liq holda yuz bermoqda. Fermer tadbirkor sifatida innovatsion g’oyalarning haqiqiy xaridoriga aylanishi uchun uning birinchi navbatda iqtisodiy erkinligi kengayib borishi lozim. Muammolardan yana biri – qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish va bozor innovatsiyasi bo’yicha yuqorida ko’rilayotgan choralardan tashqari, yig’ib olingan mahsulotdan samarali foydalanish, qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, turli xil iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni kengaytirishdir. Bu qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqish samaradorligini oshiradi, shuningdek, ichki bozordagi singari tashqi bozorda ham raqobatbardoshlikni ma’lum darajada ko’taradi.2 Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali amalga oshirilishi uchun boshqarishning, ayniqsa strategik boshqaruvning turli sohalarida ijobiy o`zgarishlar bo`lishi muhim vazifalardan biri sanaladi. Bozor munosabatlarining shakllanishi natijasida korxonalarni strategik boshqarishda yangi talablar paydo bo`lmoqda. O`zbekiston iqtisodiyotining zamonaviy o`tish bosqichi tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi va turli xil mulkchilik shakllariga o`tish bilan tavsiflanadi. Bu o`z navbatida samarali boshqarishning zarurligini taqozo etadi. Samarali boshqarish o`z navbatida ishlab chiqariladigan mahsulot raqobatbardoshligini va buning natijasida iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonani strategik boshqaruv - bu ko’proq biznes va menejmentning ma’lum falsafasi yoki mafkurasidir. Har bir menejer tomonidan u ma’lum ma’noda o’zgacha tushuniladi va amalga oshiriladi. Albatta, muammolarni tahlil qilish va strategiyani tanlash, shuningdek strategik rejalashtirishni amalga oshirish va strategiyaning amaliy realizatsiyasining bir qator tavsiyalari, qoidalari va mantiqiy chizmalari mavjud. Lekin umuman olganda, strategik boshqaruv-bu strategik maqsadlarga tashkilotni yetkazishda yuqori raxbariyat intuitsiyasi va san’atining simbiozi, xizmatchilarning yuqori malakasi va ijodi va nihoyat, barcha xodimlarning tashkilot vazifalarini amalga oshirishga, maqsadlariga erishishning eng yaxshi yo’llarini izlashga aktiv kirishishidir. Korxonani boshqarishning maqsadlarini quyidagi turlarga bo‘lib tasniflashimiz mumkin: - amalga oshirish muddatiga ko‘ra - joriy va istiqbolli; -ahamiyat darajasiga ko‘ra - asosiy (strategik) va ikkinchi darajali (taktik); -boshqaruv obyektiga munosabatiga ko‘ra - xususiy va umumiy; -natijaga erishish darajasiga ko‘ra - yakuniy va oraliq yoki bosqichli.
    Boshqaruv qarori - boshqaruv faoliyati texnologiyasidagi muhim bo‘g‘indir. Boshqaruvning maqsad va vazifalarini amalga oshirish ko‘p jihatdan qarorlarning to‘g‘ri qabul qilinishiga bog‘liq bo‘ladi. Boshqaruv qarori bir tomondan asosan korxonaning rahbarlari tomonidan amalga oshiriluvchi mantiqiy-fikriy faoliyat bo‘lsa, ikkinchi tomondan, emotsional-psixologik xatti-harakatdir. Boshqaruv qarorlari quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflanadi: -kompetentlik va mas'uliyat bo‘yicha - yakka tarzda yoki kollegial (jamoa) boshqaruv qarorlari; - mazmuni bo‘yicha - ilmiy-texnik, iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy boshqaruv qarorlari;
    -xarakteri bo‘yicha - operativ-taqsimlovchi, xo‘jalik-rahbarlik va me'yoriy boshqaruv qarorlari; -ta'sir ko‘rsatish darajasi bo‘yicha - bir va ko‘p darajali boshqaruv qarorlari; -ta'sir ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha - ichki va tashqi; -ta'sir ko‘rsatish miqyosi bo‘yicha- xususiy va umumiy (majmuaviy); -ta'sir ko‘rsatish davri bo‘yicha- bir martalik va ko‘p martalik.
    Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxona boshqaruvini tashkil etish va uning samarodorligi ni yanada oshirishda quyidagi talablarga etibot berishi kerak.
    -hududlararo almashish va eksport ahamiyatiga ega bo’lgan istiqbolli mahsulotlarning ishlab chiqarilishi; -qo’shilgan qiymatning ulushi va iqtisodiy samarasi yuqori bo’lgan mahsulotlarning ishlab chiqarilishi; -mayda va yirik korxonlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning bir-birini to’ldiruvchi maqbul nisbatda bo’lishi; -ekotizimga antoropogen ta’sirni kamaytirish orqali resurslardan foydalanish samaradorligining oshirilishi.


    Download 32,14 Kb.
      1   2




    Download 32,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxona boshqaruvini tashkil etish va uning samarodorligi Annotatsiya

    Download 32,14 Kb.