• Ajratish usullari
  • XULOSA
  • Fanidan mustaqil ishi fan o‘qituvchisi: Mavzu: Turli jinsli sistemalarni ajratish. Turli jinsli sistemalarni cho`ktirish




    Download 1.64 Mb.
    bet1/2
    Sana13.04.2024
    Hajmi1.64 Mb.
    #193985
      1   2
    Bog'liq
    5 Turli jinsli sistemalarni ajratish. Turli jinsli sistemalarni
    @yosh ustozlar navoiy tadbir ishlanma, O’rni qoplanmaydigan aminokislotalar va ularni olinish usullari -fayllar.org, Informatika Savollar UZB 11, Лист Microsoft Excel, Document 16, 638349504672680266, Glossary, 19-mavzu 7-23, imlo qoidalari, 693,694-19 Menejment mus. ish, 1 курс, module2, 5-mavzu. Pythonda sikllar, 10 SS, Документ Microsoft Word

    TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI YANGIYE R FILIALI NOORGANIK MODDALAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI FAKULTETI S ____-21-KT GURUH TALABASI ____________________________NING ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYONLAR FANIDAN MUSTAQIL ISHI
    Fan o‘qituvchisi:
    Mavzu: Turli jinsli sistemalarni ajratish. Turli jinsli sistemalarni cho`ktirish.
    Reja:
    • Turli jinsli sistemalarning hosil bo’lishi va ularning klassifikatsiyasi.
    • Ajratish usullari.
    • Cho’ktirish, cho’ktirish qurilmalari.

    Turli jinsli sistemalarning hosil bo’lishi va ularning klassifikatsiyasi
    Har xil fazalardan (m: suyuqlik - qattiq modda, suyuqlik - gaz va hokazo) tashkil topgan aralashmalar turli jinsli sistema deb ataladi. Ko’pchilik turli jinsli sistemalar ishlab chiqarish sharoitida texnologik jarayonlarni amalga oshirish paytida hosil bo’ladi. Har qanday turli jinsli sistema ikki yoki undan ko’p fazalardan tashkil topadi. Zarrachalari juda maydalangan holatdagi faza dispers yoki ichki faza deyiladi. Dispers faza zarrachalarini o’rab olgan fazasi esa dispersion yoki tashqi faza deyiladi.
    Fazalarning fizik holatiga ko’ra turli jinsli sistemalar quyidagi gruppalarga bo’linadi. Suspenziyalar, emulsiyalar, ko’piklar, changlar, tutunlar, tumanlar.
    Suyuqlik va qattiq modda zarrachalaridan tashkil topgan aralashmalar suspenziya deyiladi. Qattiq modda zarrachalarining o’lchamiga ko’ra suspenziyalar (zarrachalar o’lchami 100 mkm dan ortiq); mayin suspenziyalar (zarrachalar o’lchami 0,5-100 mkm); loyqasimon suspenziyalar (zarrachalar o’lchami 0,5-0,1 mkm ); kolloid eritmalar (zarrachalar o’lchami 100 mkm dan kichik).
    Turli jinsli sistemalarni ajratishning yuqorida bayon etilgan usullari sanoatda cho’ktirish, filtrlash qurilmalari, tsiklonlar, elektrofiltrlar, tsentrifugalar, skrubberlar va shu kabi qurilmalarda olib boriladi.

    Ajratish usullari

    • Ajratish usullari
    • Texnikada turli jinsli sistemalarni tashkil etuvchi fazalar yoki komponentlarga ajratish to’g’ri keladi. Ajratish usullarini tanlashda turli jinsli sistemani tashkil etuvchi fazalarning holatiga, qattiq yoki suyuq zarrachalarning o’lchamiga, fazalar o’rtasidagi zichliklar farqiga, muhitning qovushqoqligiga ahamiyat berish kerak.
    • Kimyoviy texnologiyada turli jinsli sistemalarni ajratish uchun quyidagi gidromexanik usullardan foydalaniladi:
    • 1) cho’ktirish, 2) filtrlash, 3) tsentrifugalash, 4) suyuqlik yordamida ajratish.
    • Og’irlik kuchi, inertsiya kuchlari yoki elektrostatik kuchlar yordamida suyuqlik va gazsimon turli jinsli sistemalar tarkibidagi qattiq yoki suyuq zarrachalarni ajratish cho’ktirish deb ataladi.
    • Agar cho’ktirish og’irlik kuchi ta‘sirida borilsa, bu jarayon tindirish deb yuritiladi. Tindirish asosan turli jinsli sistemalarni birlamchi ajratish uchun ishlatiladi.
    • Filtrlash - suyuq va gazsimon aralashmalarni g’ovaksimon to’siq filtr yordamida ajratishdan iborat. Filtrlash bosim yoki markazdan qochma kuch ta‘sirida olib boriladi va asosan suspenziya hamda changlarni to’la tozalash uchun ishlatiladi.
    • Tsentrifugalash - suspenziya va emulsiyalarni markazdan qochma kuchlar ta‘sirida yaxlit yoki g’ovaksimon to’siqlar yordamida ajratish jarayonidir.
    • Suyuqlik yordamida ajratish usuli deb gaz tarkibida bo’lgan qattiq zarrachalarni biror suyuqlik ishtirokida ushlab qolish jarayoniga aytiladi. Bu jarayon og’irlik yoki inertsiya kuchlari ta‘sirida olib boriladi va gazlarni tozalash uchun ishlatiladi.

    Fazalarning fizik holatiga ko`ra turli jinsli sistemalar quyidagi guruhlarga bo`linadi:
    Suspenziya – suyuq va qattiq modda zarrachalaridan tashkil topgan aralashmalar.
    Emulsiya – ikki xil o`zaro aralashtirilgan suyuqliklardan iborat bo`lib, bunda birinchi suyuqlikning ichida ikkinchi suyuqlikning tomchilari tarqalgan bo`ladi.
    Ko`piklar – o`z tarkibida gaz pufakchalari tutgan sistemalar.
    Changlar – o‘z tarkibida qattiq moddaning mayda zarrachalarini (3...70 mkm) tutgan gaz sistemalar.
    Tutunlar – tarkibida o‘lcham 0,3…5 mkm ga tеng bo`lgan qattiq modda zarrachalarini tutgan sistеmalar.
    Tumanlar – suyuq va gaz fazalaridan tashkil topgan sistеmalar. Chang, tutun va tumanlar aerodispеrs sistеmalar (yoki aerozollar) dеyiladi.
    Har xil fazalardan tashkil topgan aralashmalar turli jinsli sistemalar deb ataladi. Har qanday turli jinsli sistemalar ikki yoki undan ko`p fazalardan tashkil topgan bo`ladi. Zarrachalari juda maydalangan holatdagi faza dispers yoki ichki faza deyiladi. Dispers faza zarrachalarini o`rab olgan faza esa dispersion yoki tashqi faza deyiladi.
    Filtrlash – suyuq va gazsimon aralashmalarni g`ovaksimon to`siq filtr yordamida ajratish. Filtrlash bosim yoki markazdan qochma kuch ta'sirida olib boriladi va asosan suspеnziya hamda changlarni to`la tozalash uchun ishlatiladi.
    Sеntrifugalash – suspenziya va emulsiyalarni markazdan qochma kuchlar ta'sirida yaxlit yoki g`ovaksimon to`siqlar yordamida ajratish. Sеntrifugalash jarayonida cho‘kma va suyuqlik fazalari (fugat) hosil bo`ladi.
    Suyuqlik yordamida ajratish – qattiq zarrachalarni biror suyuqlik ishtirokida ushlab qolish jarayoni. Bu jarayon og`irlik yoki inеrsiya kuchlari ta'sirida olib boriladi va gazlarni tozalash uchun ishlatiladi. Ayrim hollarda bu usuldan suspеnziyalarni ajratishda ham foydalanish mumkin.
    Kimyoviy tеxnologiyada turli jinsli sistеmalarni ajratish uchun quyidagi gidromеxanik usullardan foydalaniladi:
    1. Cho`ktirish.
    2. Filtrlash.
    3. Sеntrifugalash.
    4. Suyuqlik yordamida ajratish.
    Cho`ktirish – og`irlik kuchi, inеrsiya kuchlari (jumladan, markazdan qochma kuch) yoki elеktrostatik kuchlar yordamida suyuqlik va gazsimon turli jinsli sistеmalar tarkibidagi qattiq yoki suyuq zarrachalarni ajratish. Agar cho`ktirish og`irlik kuchi ta'sirida olib borilsa, bu jarayon tindirish dеyiladi.
    Cho`ktirish usuli suspеnziya, emulsiya va changli gazlarni ajratish uchun ishlatiladi. Cho`ktirish tеzligi kichik bo`lgani uchun bu usul asosan turli jinsli sistеmalarni birlamchi ajratish uchun qo`llaniladi.
    Cho`ktirish jarayoni changli gazlar, suspеnziya va emulsiyalar tarkibidagi mayda qattiq zarrachalarning og`irlik kuchi ta'sirida apparat tubiga cho`kishiga asoslangan. Cho`ktirish jarayonlari tindiruvchi apparatlarda olib boriladi.
    Cho‘ktirish tezligini aniqlash uchun alohida olingan sharsimon qattiq zarrachalarning suyuqlik muhitida erkin cho‘kishini ko‘ramiz. Bunda zarrachalarga og‘irlik kuchi G, ko‘tarish kuchi A va muhitning qarshilik kuchi R ta‘sir qiladi.
    Cho‘ktirgichning harakatlantiruvchi kuchi rolini og‘irlik va ko‘tarish kuchlari o‘rtasidagi farq, ya‘ni zarrachalarning suyuqlikdagi og‘irligi bajaradi:
    Muhitning qarshiligi R zarracha yo‘nalishiga qarama-qarshi bo‘lib, ishqalanish va inersiya kuchlaridan tarkib topgan. Laminar oqimda ishqalanish kuchlari inersiya kuchlariga nisbatan katta bo‘ladi. Stoks qonuniga ko‘ra, laminar rejimda sharsimon zarrachaning cho‘kishida muhitning qarshilik kuchi R quyidagi tenglama bilan topiladi:
    Cho‘kayotgan zarracha dastlab tezroq cho‘kadi, biroz vaqt o‘tgach muhitning qarshilik kuchi harakatlantiruvchi kuchga tenglashganda o‘zgarmas tezlik bilan bir xilda cho‘ka boshlaydi. Shu o‘zgarmas tezlik cho’kish tezligi deyiladi. Demak, zarracha o‘zgarmas tezlikka ega bo‘lganda P = R bo‘lib qoladi, ya‘ni
    Bu Stoks tenglamasi deb yuritiladi va Re<2 bo‘lganda ishlatiladi.
    Turbulent rejimida Re>500 bo‘lganda inersiya kuchlari ishqalanish kuchlaridan ustun turadi. Bunda qarshilik kuchi R Nyuton qonuniga ko‘ra topiladi:
    F – zarrachaning harakat yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lgan tekislikka tushirilgan proyeksiyasi.
    Turbulent rejim uchun quyidagi tenglamani yozish mumkin:
    Sharsimon bo‘lmagan zarrachalarning cho‘kish tezligi quyidagicha aniqlanadi:
    bu yerda: 0,77 – dumaloq zarrachalar uchun; 0,43–plastinkasimon zarrachalar uchun; 0,66 – uchburchak shakldagi zarrachalar uchun

    XULOSA

    • Tabiatda ko’pchilik moddalar toza xolatda bo’lmay balki aralashmalar xoli­da ham bo’ladi,shu bilan bir qatorda shunday moddalar barki ular turli jinsli sistemalar deb yuritiladi.Turli jinsli sistema deganda har hil fazalardan tashqil topgan aralashmalar tushiniladi.Ular tabiiy xolatda va texnologik jarayonlardan keyin hosil bo’ladi.Turli jinsli sistemalar bir nechta fazalardan tashqil topgan bo’lib,odatda bir faza ikkinchi faza ichida yotadi. Sanoatda chuktiruvchi qurilmalar keng kulamda qo’llanilib ularning ishlash printsiplari juda sodda,faqat ularda jarayonning borishi uzoq vaqt davom qilishi sababli keyingi yillarda ulardan kam foydalanila boshla­di.Bu qurilmalar hajm jihat idan juda katta maydonlarni egallashi mumkin.


    Download 1.64 Mb.
      1   2




    Download 1.64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fanidan mustaqil ishi fan o‘qituvchisi: Mavzu: Turli jinsli sistemalarni ajratish. Turli jinsli sistemalarni cho`ktirish

    Download 1.64 Mb.