|
Fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
|
bet | 2/5 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #240920 |
Bog'liq DasturlashVisual C++ .NET dasturlash tili past sathdagi dasturchi uchun ilovalarni boshqarishda talab qilinadi. .NET platformasining Visual C++ dasturini boshqa dasturlardan shu bilan farq qiladiki, bu dasturlash tili .NET platformasining kodli modeli (managed code model) va Windows (unmanaged native code model) kodli modelini qo‘llab quvvatlaydi.
Visual J# .NET - Microsoft .NET platformasi uchun Web-servis va ilovalar yaratuvchi Java dasturchilari ishlatishi mumkin.
Visual C#.NET dasturlash tili. Zamonaviy dasturlash tillari orasida Visual C#.NET mukammal dasturlash tillaridan biri hisoblanadi. Ushbu dasturlash tili C++ asosida kelib chiqqan bo‘lib, u .NET Microsoft platformasi uchun yaratilgan va obyektga yo‘naltirilgan dasturlashga mo‘ljallangan. Uning yordamida intemetda juda ommabop sahifalar, saytlar yaratsa bo‘ladi va yaratilmoqda. Visual C#.NET dasturlash tilining afzalligi bu boshqa dasturlash tillarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan xoliligidir.
C++ tili C tilining rivojlangan holatidir. Shuning uchun C tilining barcha konstruksiyalari C++ dasturlash tilida o‘z ifodasini topadi. Biroq C++ tilida C tiliga qaraganda juda ko‘p sintaktik imkoniyatlar paydo bo‘ldi (biz buni material bilan tanishish jarayonida ko‘rib chiqamiz). Ushbu tilda dasturlash uchun biz Visual Studio 2016 (ingliz tilidagi abriviaturasi - IDE: Integrated Development Environment) dasturi bilan yaqindan tanishishimiz zarur bo‘ladi. Shu sababli dastur muhitining strukturasi va undagi interfeys bilan yaqindan tanishamiz. Interfeys – bu shunday qurilmaki, bunda foydalanuvchi muhit bilan muloqot jarayoni osonlashadi.
Visual Studio 2016 dasturini yuklab olib, uni o‘rnatganingizdan so‘ng -> Пуск | Программы paneliga kirib, uning .exe faylini topishingiz mumkin.
1- rasm. Visual Studio 2012 IDE oynasini ko‘rinishi
Yuqori qismda File, Edit tugmalari joylashgan bo‘lib - bu gorizontal menyu hisoblanadi. Ushbu buyruqlarni chaqirish imkoniyatlari juda keng bo‘lib, “tushib qoluvchi” oynalar - vertikal menyu hisoblanadi hamda oynaning chap yuqori qismidan boshlab joylashadi va o‘zida turli xil buyruqlar majmuasini saqlaydi.
2- rasm. Hosil qilinayotgan ilova menyusi
3- rasm. Tezkor tugmalar majmuasi
Pastki satrlarda asosiy menyuda tezkor murojaatlar oynasi joylashgandir. Bu tugmachalar suzib chiquvchi oynalarni hosil qiladi. Uning yonida kerakli qo‘shimcha tugmachalar ham joylashgandir. Asosiy oyna ko‘rinishi ilova turiga qarab o‘z holatini o‘zgartiradi. Ishchi oyna oynalar majmuasidan iboratdir. Har bir oyna - bu odatda windows - oyna bo‘lib, u standart sarlavha qatoriga egadir.
4- rasm. Oynalar majmuasi tarkibi
Bazi bir tarkibiy tuzilmalarni ko‘rib chiqamiz:
|
| |