|
Fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
|
bet | 1/5 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #240920 |
Bog'liq DasturlashBu sahifa navigatsiya:
- REJA
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
KASB TA’LIM FAKULTETI 620-23 - GURUH TALABASINING
“ DASTURLASH 2”
FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Visual C++ muhitida dasturlash. Komponenta tushunchasi va xususiyatlari. Standart, Additional, System komponentalari. Visual C++ muhitida muloqot oynalari va ularni sozlash, boshqarish elementlari. Visual C++ ning grafik imkoniyatlari (grafik holat,tasvirlarni va funksiya grafiklarini qurish). Chart komponentalari
Bajardi: BOLTAYEVA SAFARGUL
Qabul qildi: MIRZAYEVA GULMIRA
REJA: 1.Visual C++ muhitida dasturlash. 2. MessageBox funksiyasi
1. Visual C++ muhiti va unda dasturlash.
Hozirda ko‘plab dasturlash tillari mavjud bo‘lib, ular qo‘llanilish sohasiga qarab turlicha bo‘ladi, ya'ni har bir soha uchun mo‘ljallangan dasturlash tillari mavjud. Ularning bir nechtasini sanab o‘tish mumkin. Masalan, C#, C++, Visual Basic, JavaScript, Delphi va boshqalar.
Quyida ushbu dasturlash tillari bilan tanishib chiqamiz:
Visual Basic .NET - Microsoft Visual Studio 2016 tarkibidagi samaradorligi katta dasturlash tillardan biri bo‘lib, bu dasturlash tilini to‘liq obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tili deb aytishimiz mumkin. Visual Basic .NET dasturlash tili ordamida Windows ilovalarini va Web ilovalarni yaratish mumkin.
Visual C# .NET - Microsoft korporasiyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, bu dasturlash tili aynan .NET platformasi uchun ishlab chiqilgan. Visual C# .NET dasturlash tili imkoniyatlari boshqa obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari (C, C++, Java va Delphi)dan ancha keng bo‘lib, bu dasturlash tilida Visual Basic NET kabi Windows ilovalarini va Web ilovalarni yaratish mumkin.
|
| |