|
XARID QILISH UCHUN MAQSADI
|
bet | 4/5 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 20,59 Kb. | | #132686 |
Bog'liq Fanning nomi Akademik yozuv mustaqil ish mavzu taqriz, annotat-fayllar.orgXARID QILISH UCHUN MAQSADI
Bu erda juda qisqa, lekin juda keng ro'yxati juda yaxshi ishlaydi, chunki dunyodagi hamma narsa sizning ixtiyoringizda. Maqolaning yakuniy qismining asosiy vazifasi - mijozni ishonchli tarzda ishonchli qilib ko'rsatish, barcha shubhalarni ochiq-oydin dalillarga aylantirish va to'g'ri tanlovga yo'l ochishdir. Variant sifatida - asosiy maqolaning asosiy g'oyasini takrorlab, reklama maqolasini klassik ravishda to'ldirib, takror-takror ishlatish.
Kitob inson uchun barcha boyliklar ichida eng bebaho xazinadir. Bilim manbai hisoblanmish kitoblar ichida eng qimmatbaho kitob esa bu lug‘atlardir. Lug‘atlar ilm va fan sohasida barcha yaratilgan bilimlar eshiklarining kaliti bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining «Unicon.uz» davlat unitar korxonasi atamashunoslik va lug‘atlar xizmati jamoasi uchta ixtisoslashtirilgan lug‘at ustida olib borgan ishini yakunladi. Lug‘atlar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining «Fan» nashriyotida chop etildi.
Axborot texnologiyalarining operatsion tizimlariga doir atamalarning rus-ingliz-o‘zbek tillaridagi izohli lug‘ati nashr etildi. Lug‘at tarkibiga axborot texnologiyalarining turli sohalariga oid 2000 ta atamalar kiritilgan bo‘lib, u keng doiradagi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan.
Lug‘atni yaratishda O‘zbekistonda foydalanuvchilar soni o‘sishi, shuningdek, mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Mazkur lug‘at tizimdan foydalanuvchilar, o‘qituvchilar, tarjimonlar, shuningdek, tizim ma’murlari uchun bebaho qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
U operatsion tizimlar va muhitlar, foydalanuvchining grafik interfeysi, tarmoqlar va Internetning texnik vositalari hamda namunaviy dasturiy ta’minoti, ma’lumotlar bazasi hamda ma’lumot bazalarini boshqarish subyekti, dasturlash tillari va muhitlari, multimediya-texnologiyalar kabi bo‘limlarni qamrab olgan.
«Unicon.uz» markazi mutaxassislarining ta’kidlashicha, atamashunoslik lug‘atini yaratishdan maqsad — davlat tilini turli operatsion tizimlar o‘rnatilgan kompyuterlarda qo‘llashdir.
Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tezkor va jadal sur’atlarda rivojlanib borayotganligi bois, nafaqat atamalarning o‘zbek tilidagi to‘g‘ri va aniq muqobilini topish, balki ularni bir ma’noda izohlash zaruriyati tug‘ilmoqda.
Lug‘at O‘zbekistonda foydalanuvchilar sonining o‘sishiga hamda mamlakatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taraqqiyotiga xizmat qiladi. Qo‘llanma barcha tizim foydalanuvchilari, o‘qituvchilar, tarjimonlar, o‘rganuvchi dasturchilar hamda tizim administratorlari uchun foydali bo‘ladi.
Mazkur lug‘at tеxnika fanlari doktori M.Muhitdinov umumiy tahriri ostida nashr etilgan. Tuzuvchilar: YO. Axmеdov, R. Sayfullin, A. Mirazizov, A. Obidov, A. Gafurov. Tarjimon va muharrir M. Xojiyеva, G. Stibman, B. Saidovlardir. Adadi — 500 nusxadan iborat.
Bugungi kunda axborotni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish, noaniq axborotning tarqalishi, axborot tizimlari me’yoriy faoliyatining ular tarkibiga «kompyuter viruslari» kiritilishi sababli buzilishi muammolari, ayniqsa, dolzarb ahamiyatga ega. Ularni hal etishga nashr etilgan ikkinchi, axborot xavfsizligiga doir atamalarning ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati yordam beradi.
Ushbu ilmiy ish axborot xavfsizligi sohasida mavjud bo‘lgan atamalarni birlashtirishdagi ilk qadamdir. Lug‘at «Unicon.uz» atamashunoslik hamda lug‘atlar xizmati hamda Ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazining izlanishlari mahsulidir. U alifbo tartibida joylashtirilgan 1400 terminni o‘z ichiga olgan. Lug‘atda atamalar va tu-shunchalar rus va o‘zbek tillarida izohlab berilgan, mazkur atamalarning ingliz tilidagi muqobili aks ettirilgan.
Lug‘at axborot xavfsizligini ta’minlash sohasi mutaxassislari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari, talabalar va aspirantlar hamda axborot xavfsizligi muammolari bilan qiziquvchilar, shuningdek keng kitobxonlar ommasi uchun foydali qo‘llanmadir.
Lug‘at UNICON.UZ markazi dirеktor o‘rinbosari Z. G‘iyosovning umumiy tahriri ostida nashr etilgan. Tuzuvchi — S. Abramova. Tarjimon va muharrirlar: YO. Axmеdov va Sh. To‘laganov. Ekspеrt — O. Axmеdova. Adadi — 500 nusxadan iborat.
Uchinchi kitob telekommunikatsiya uskunalari elektr ta’minotiga oid atamalarning ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘atidir. U sohaga oid darslik va o‘quv qo‘llanmalarining mualliflari hamda telekommunikatsiya tizimlarini energiya bilan ta’minlash bo‘yicha mutaxassislar, shuningdek, mazkur sohaga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Lug‘atning nashr etilishida bir qator mutaxassislarning xizmatlari bor. Lug‘at tеxnika fanlari doktori M. Muhit-dinov umumiy tahriri ostida nashr etilgan. Taqrizchi tеxnika fanlari doktori A. Xalikov. Tuzuvchilar: X. Sapayеv, A. Alayеv. Tarjimon va muharrirlar: YO. Axmеdova, Sh. To‘laganov, M. Xojiyеva. Adadi — 500 nusxadan iborat.
Mazkur yangi lug‘atlarning chop etilishi tеlеkommunikatsiya va aloqa sohasida faoliyat yurutuvchi mutaxassislar tomonidan hozirning o‘zidayoq katta qiziqishga sazovor bo‘lmoqda.
|
| |