• Tok qiymati o‘zgarmas bo‘lganda zaryadlash
  • 1.1-rasm. Akkumulyator batareyalarini tok qiymati o‘zgarmas bo‘lganda zaryad qilish: a) ulanish sxemasi; b) xarakteristikasi.
  • 1-laboratoriya ishi Akkumulyator quvvatlash qurilmasini tadqiq qilish Ishning maqsadi




    Download 0.69 Mb.
    Sana02.04.2024
    Hajmi0.69 Mb.
    #185273
    Bog'liq
    1-laboratoriya ishi
    Umbarova Mutaxassislik (texnologiya) mustaqil ish., Texnologiya fani.maqola, the-black-obelisk-a-novel, 2-amaliy, Makroiqtisodiyot fanidan yakuniy test savollari, SATTOROVA ANORA XURSANTOVNA, fizika 9-sinf formulalar, Programming with JavaScript, file, Reja Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining umumiy-fayllar.org, Transformatorlar, rasmmm, G\'arb mutafakkirlarining pedagogik qarashlar, 1-topshiriq 2 (3), 1-topshiriq 2 (4)

    1-laboratoriya ishi
    Akkumulyator quvvatlash qurilmasini tadqiq qilish
    Ishning maqsadi: Akkumulyator quvvatlash qurilmasini tadqiq qilishni organish
    Nazariy ma’lumotlar
    Akkumulyatorlarni zaryad qilish uchun odatda, maxsus o‘zgarmas tok manbalaridan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda zaryadlashning asosan ikki usuli qo‘llaniladi:
    - zaryadlash tokining kiymati o‘zgarmas bo‘lganda;
    - zaryadlash kuchlanishi o‘zgarmas bo‘lganda.
    Tok qiymati o‘zgarmas bo‘lganda zaryadlash
    Bu usulda zaryad qilinganda, akkumulyator batareyalari o‘zgarmas tok manbaiga ketma-ket ulanadi (1.1a-rasm). Zaryadlash mobaynida, tok o‘zgarmas holda saqlanadi va uning qiymati quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:

    bunda 𝑈Z – akkumulyator qisqichlaridagi kuchlanish, V; 𝐸B – zaryadlanayotgan batareyaning EYuK, V; 𝑅B – akkumulyator batareyasining ichki qarshiligi, Om.
    Zaryadlash davomida tok qiymatini o‘zgarmas holda saqlash va uni nazorat qilish uchun, akkumulyatorlarga ketma-ket reostat R va ampermetr ulanadi.
    Zaryadlash jarayoni bir yoki ikki bosqichda amalga oshirilishi mumkin. Bir bosqichli jarayonning boshidan oxirigacha zaryadlash tokining qiymati o‘zgarmaydi va u 0,05𝐶20 ga teng bo‘ladi (𝐶20 – akkumulyatorning nominal sig‘imi). Ikki bosqichli jarayonda, elektrolitda gaz ajralib chiqish boshlanguncha, akkumulyator qiymati 0,15𝐶20 ga teng tok bilan zaryadlanadi.
    (1-bosqich). Bunda akkumulyatorning xar bir bankasidagi kuchlanish 2,4 V gacha ortadi (8.1b-rasm). Shundan keyin, zaryadlash toki 2-3 marta kamaytiriladi va jarayon 0,15𝐶20 ga teng tok bilan tugallanadi (2-bosqich).

    1.1-rasm. Akkumulyator batareyalarini tok qiymati o‘zgarmas bo‘lganda zaryad qilish: a) ulanish sxemasi; b) xarakteristikasi.
    1.1a-rasmdagi:
    - R3-R7 rezistorlaridagi quvvat sxemada ko‘rsatilgan qiymatdan kam bo‘lmasligi kerak, ko‘proq bo‘lishi afzal hisoblanadi;
    - mikrosxemani sovutish radiatoriga o‘rnatilgan bo‘lishi kerak, u issiqlik rejimi xarakteristikalarini yaxshilaydi;
    - R3 rezistori chiqish kuchlanishini 14-15 V ga rostlashga xizmat qiladi;
    - transformatorning ikkinchi cho‘lg‘amidagi kuchlanish 15-16 V ni tashkil qiladi.
    Ikki bosqichli zaryadlash jarayonining afzallik tomoni shundan iboratki, birinchidan akkumulyatorlarni to‘la zaryadlash uchun ketadigan vaqt tejaladi 1-bosqichda zaryadlash tokining oshirilishi hisobiga), ikkinchidan zaryadlash oxirida elektrolit «qattiq» qaynab ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi (2-bosqichda zaryadlash tokini sezilarli darajada kamaytirish hisobiga) va natijada, plastinalardagi aktiv massa muddatidan oldin emirilishini oldi olinadi.
    Kuchlanishi 𝑈TM ga teng bo‘lgan o‘zgarmas tok manbaiga ketma-ket ulanishi mumkin bo‘lgan akkumulyator bankalarining soni (reostat qarshiligi 𝑅 = 0 bo‘lganda) qo‘yidagicha aniqlanadi:

    bunda 𝑈TM - o‘zgarmas tok manbaining kuchlanishi, V; 2,7 – zaryadlash oxirida har bir akkumulyator elementiga to‘g‘ri keladigan kuchlanish, V.
    Zaryadlashga qo‘yilayotgan akkumulyator batareyalarining sig‘imi bir xil yoki imkoni boricha bir-biriga yaqin bo‘lishi kerak, aks holda zaryadlash tokining qiymatini, sig‘imi eng kichik bo‘lgan batareya bo‘yicha belgilashga to‘g‘ri keladi va sig‘imi katta bo‘lgan batareyalar juda sekin zaryadlanadi.
    Tok qiymati o‘zgarmas bo‘lganda zaryadlash, hozirgi vaqtda akkumulyatorlarni zaryad qilishning asosiy usuli hisoblanadi. Bu usul yordamida akkumulyatorlarni to‘la zaryadlashga erishish mumkin. Bundan tashqari, zaryadlash tokining qiymatini ma’lum chegarada tanlash, uni rostlab turish va nazorat qilish imkoniyatlari borligi, yangi akkumulyatorlarni birinchi bor zaryad qilishda, plastinalari sulfatlanib qolgan akkumulyatorlarni tiklashda juda qo‘l keladi.
    Akkumulyatorlarni zaryadlash uchun sarflanadigan vaqtning nisbatan ko‘pligi, zaryadlash davomida tok qiymatini doimo nazorat qilish va rostlab turish zarurati – bu usulning asosiy kamchiliklaridir.
    Download 0.69 Mb.




    Download 0.69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-laboratoriya ishi Akkumulyator quvvatlash qurilmasini tadqiq qilish Ishning maqsadi

    Download 0.69 Mb.