• Dori vositalarini saqlash xonalariga qo‘yiladigan talablar
  • Xidli va bo‘yovchidori vositalari saqlash
  • Dori vositalarini saqlashda o‘ziga xos xususiyatlari




    Download 30,24 Kb.
    bet6/11
    Sana06.02.2024
    Hajmi30,24 Kb.
    #152101
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word (2)

    Dori vositalarini saqlashda o‘ziga xos xususiyatlari 
    Dori vositalarini saqlash maxsulot xarakatining barcha bosqichlarida, ya‘ni 
    ishlab chiqaruvchilardan iste‘molchilarga etib borgunga qadar amaldagi me‘yoriy 
    xujjatlar talablari asosida olib borilishi kerak.
    Mazkur talablarga rioya etmaslik, dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini 
    buzilishiga va natijada bemorlarning sog‗lig‗iga salbiy ta‘sir etqazilishiga olib 
    kelishi mumkin. Tovarlarni saqlash talablariga rioya etmaslik litsenziya talablari va 
    shartlarini ko‗pol ravishda buzilishi deb baxolanadi. 
    Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saklashni tashkil etishda kuyidagilarni 
    ta‘minlash kerak: 
    - tegishli binolar, uskunalar mavjudligi. 
    - etarli saqlash sharoitini yaratish; 
    -tovarlarni guruxlar bo‗yicha joylashtirish (tizimlashtirish) 

    Dori vositalarini saqlash xonalariga qo‘yiladigan talablar 
    Dori vositalari va tibbiy buyumlarni saklash xonalari ularning xavfsizligini 
    ta‘minlashi kerak. Xonalar devorlarining ustki qismi, xona shiftlari silliq bo‗lishi 
    va nam latta bilan tozalash ishlarini olib borish imkoniyatini ta‘minlashi kerak. 
    Dori vositalarini saqlash xonalarida xavoning ma‘lum bir xaroratni va namlikni 
    saqlash imkoniyati mavjud bo‗lishi kerak, bu dori-vositalarini birlamchi va 
    ikkilamchi (iste‘molchi) qadoqlariga joylashtirilgan yo‗riqnomalar asosida ishlab 
    chiqaruvchilar talablariga muvofiq saqlash imkonini beradi. Omborxonada xavo 
    xarorati va namlik xar kuni maxsus elektron dasturda yoki sahifalari 
    raqamlangan, tikilgan va muhrlangan (agar muhr mavjud bo‗lsa) jurnalda qayd 
    etilishi lozim. 

    Xidli va bo‘yovchidori vositalari saqlash 
    Xidli dori vositalari guruxiga uchuvchan xamda uchuvchan bo‗lmagan lekin 
    o‗ta xidli dori vositalari kiradi. Ularni germetik yopiq idishlarda bir biridan aloxida 
    xolda nomi bo‗yicha saqlanadi. 
    Bo‗yovchi xususiyatli dori vositalariga-idishlarda, jihozlarda va rangli iz 
    qoldiruvchi oddiy sanitar-gigenik ishlovda yuvilmaydigan dori vositalari kiradi 
    (brilliant yashili, metelen ko‗ki, indigokarmin va xokazolar).
    Bo‗yovchi dori moddalari aloxida maxsus zich yopiluvchi shkaflarda 
    saqlanadi (nomi bo‗yicha). Bo‗yovchi moddalarni ishlatishda ularning xar biri 
    uchun aloxida torozilar, xovonchalar, shpatellar va boshqa inventarlar ajratiladi. 
    Dorivor o‗simliklar xom ashyosi va yig‗malarni saqlashda quyidagilar talab 
    etiladi: 
    A) yaxshi yopiladigan idish; 
    B) quruq yaxshi ventilyasiyalanuvchi xavo almashinuvi ta‘minlangan xona. 
    Idishning turi xom ashyosi saqlash joyiga bog‗liq. 
    Omborxonada dorivor o‗simliylar xom ashyosi so‗kchaklarda saqlanadi 
    buning uchun yopiq yashiklar, qoplar (kesilgan xom ashyo) ikki qavatli qoplar, 
    karton o‗ramlari (poroshoklar) bo‗lishi kerak. 

    O‗z tarkibida efir moylarini saqlovchi (masalan: shalfey o‗ti), ayrim 


    gigroskopik o‗tlar, barglar, mevalar (masalan:angishvonagul)bargi, dalachoy va 
    boshqalar) aloxida yaxshi yopiladigan idishda saqlanadi. 


    Download 30,24 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 30,24 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dori vositalarini saqlashda o‘ziga xos xususiyatlari

    Download 30,24 Kb.