|
Faoliyatini tashkillashtirish
|
bet | 1/11 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 30,24 Kb. | | #152101 |
Bog'liq Документ Microsoft Word (2)
13- mavzu farmatsevtika bozorida ulgurji savdo faoliyatini tashkillashtirish
13- mavzu FARMATSEVTIKA BOZORIDA ULGURJI SAVDO
FAOLIYATINI TASHKILLASHTIRISH
REJA:
1. Ulgurji farmatsevtik tashkilotlarining turlari,
vazifalari va funksiyalari
2. Ulgurji savdo shakllari.
3. Farmatsevtik omborxonasining tuzilishi.
4. Ulgurji omborxonadagi asosiy jarayonlar.
5.Dori vositalarini saqlashda o‗ziga xos xususiyatlari.
6. Dori vositalarrini saqlash xonalariga qo‗yiladigan talablar
7. Dori vositalarini tashish, safdan chiqarish tartibi.
Ulgurji farmatsevtik tashkilotlarining turlari, vazifalari va funksiyalari
Tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste‘molchiga etkazib berishda tadbirkorlik
faoliyati maksadida tovarlar yoki xizmatlarni sotish va olib sotish maksadida
ulgurji vositachi (tashkilotlar va aloxida shaxslar)ning o‗rni katta.
Ulgurji vositachilarni asosiy vazifasi - ishlab chiqaruvchilar va chakana
sotuvchilar (dorixonalar bilan) o‗rtasidagi uzilishni yo‗qotib, muntazam aloqalarni
va markazlashtirishni ta‘minlashdir.
Farmatsevtik tovarlar harakati tizimining zarur sharti - ulgurji vositachi
(dorixona ombori) aloqalari orqali iste‘molchilarga etkazish hisoblanadi.
Ulgurji savdo – moddiy rusurslardan o‗z o‗rnida foydalanish uchun muhim
mexanizm
bo‗lib, tovar aylanmasi jarayonining barcha bosqichlarida
farmatsevtika maxsulotlarini ortiqcha Zaxiralarini kamaytirishga va mahsulot
tanqisligini bartaraf etishga yordam beradi va farmatsevtika sanoati bozorini
shakllantirishda ishtirok etadi.
Ulgurji vositachilar funksiyalari
Farmatsevtika bozorida ulgurji vositachilar kuyidagi funksiyalarni bajaradi:
-
Marketing – bozorni kompleks taxlili, tovar siyosati va narx siyosati va
boshkalarni amalga oshirish;
-
Axborotli – kerakli axborot bilan ta‘minotchilarni va chakana
tashkilotlarni ta‘minlash;
-
Tovarlarni qabul qilish, saqlash va tovar zaxiralarini boshqarish;
-
Tovarni tashish;
-
O‗z haridorlarini kreditlash - tovarlarni iste‘molchilarga kreditga berish;
-
Rejalashtirilmagan harajatlar xavf-xatarini qayta taqsimlash;
-
Tovarga egalik huquqini olgan holda ulgurji vositachilar, tovarlarning
buzilishi, o‗g‗irlanishi, unga ko‗yilgan narxlarning pasayishi bilan bog‗liq bo‗lgan
ma‘lum xavf-xatardan ishlab chiqarishni xalos etadilar.
|
| |