|
Ulgurji isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berish namunaviy shartnomasi
|
bet | 1/2 | Sana | 08.08.2024 | Hajmi | 21,19 Kb. | | #269293 |
Bog'liq Elektr energiya shartnomasi (ulgurji isteʼmolchilar uchun)
Ulgurji isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berish
namunaviy shartnomasi
25.07.2024
|
56404348-son
|
Dostlik tumani
|
Isteʼmolchining shaxsiy hisob-raqami: 473728288
“Dostlik tumani HET korhonasi” nomli Dostlik city elektr taʼminoti korxonasida 26.07.2024da roʻyxatdan oʻtkazilgan PQ 31-05 asosida faoliyat yurituvchi rahbari Qudratov M. A(keyingi oʻrinlarda Taʼminotchi korxona deb ataladi) bir tomondan hamda ikkinchi tomondan Ulgurji isteʼmolchi (keyingi oʻrinlarda Isteʼmolchi deb ataladi) Turlibekov Otabek Abduraim o'g'li rahbari Turlibekov Otabek Abduraim o'g'li.si bilan Shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:
I. SHARTNOMA PREDMETI
1. Ushbu elektr energiyasi taʼminoti shartnomasiga (keyingi oʻrinlarda – Shartnoma deb ataladi) muvofiq, Taʼminotchi korxona Isteʼmolchiga elektr energiyasini ulangan tarmoq orqali yetkazib berish va Isteʼmolchi isteʼmol qilingan energiya uchun oʻz vaqtida haq toʻlash majburiyatini oladi.
II. YETKAZIB BERILGAN ELEKTR ENERGIYANI HISOBGA OLISH
2.1. Elektr energiyasi isteʼmolining yillik shartnomaviy hajmi:
aktiv energiyasi 20000 kVt*soat;
reaktiv energiyasi 16000 kVar*soat.
2.2. Yetkazib beriladigan elektr energiyaning shartnoma tuzilgan kunidagi narxi 1200 soʻmni, tarif boʻyicha 1100 soʻmni tashkil etadi. Tarif turlari Bir stavka
2.3. Isteʼmolchiga yetkazib beriladigan elektr energiyasining oylar kesimidagi yillik hajmi ushbu Shartnomaga 1-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
Taʼminotchi korxona tomonidan xizmatlarni toʻliq hajmda koʻrsatish uchun elektr taʼminotida tanqislik yuzaga kelgan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining
2008-yil 24-dekabrdagi 277-son qarorida qayd etilgan strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega isteʼmolchilarga zarur boʻlgan elektr energiyasining minimal hajmini, shu jumladan choraklar va oylar boʻyicha Isteʼmolchi bilan belgilangan va oldindan kelishilgan tartibda yetkazib berilishini taʼminlashi shart (7-ilova).
2.4. Isteʼmolchi tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasining haq toʻlanishi lozim boʻlgan hajmi ushbu Shartnomaga 2-ilovada nazarda tutilgan hisobga olish priborlarining koʻrsatkichlari asosida, hisobga olish priborlari ulangan tok va kuchlanish transformatorlarining transformatsiya koeffitsiyentlarini inobatga olgan holda aniqlanadi.
2.5. Isteʼmolchining (tadbirkorlik subyektlaridan tashqari) elektr energiyasini hisobga olish priborlari, shuningdek elektr energiyasini hisobga olishning boshqa vositalari isteʼmolchining mablagʻlari hisobiga sotib olinadi, davlat qiyoslovidan oʻtkaziladi, Taʼminotchi korxona tomonidan bepul oʻrnatiladi, plombalanadi va roʻyxatdan oʻtkaziladi.
|
| |