Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti o`t ochish tayyorgarligi fanidan konspekt




Download 1,23 Mb.
bet16/74
Sana09.01.2024
Hajmi1,23 Mb.
#133527
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74
Bog'liq
Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti o`t ochish

2-O‘quv savol– 20 daqiqa
BURCHAKLARNI O‘LCHASH, “MINGDAN BIR ULUSH” O‘LCHOV BIRLIGI, UNING MOHIYATI VA AHAMIYATI, YOZILISHI VA AYTILISHI, BOSHQA BIRLIKLAR BILAN NISBATI. “MINGDAN BIR ULUSH” FORMULASI, UNING AMALIY AHAMIYATI
Mingliklar o‘lchov formulasini o‘rganishni uning otish amaliyotida burchaklarni o‘lchash birligi sifatidagi amaliy ahamiyatini tushuntirishdan boshlash lozim. Darajalar, minutlar va sekundlarda ifodalangan burchaklarni qo‘shish yoki ayirish misolida otish amaliyotida mazkur birliklardan foydalanishning noqulay jihatlarini ko‘rsatib berish kerak. SHuning uchun ham burchak kattaliklarini o‘lchashda amalda burchak o‘lchagichning bo‘limi yoki mingdan bir o‘lchovdan foydalaniladi. Burchak o‘lchovi bo‘lagining mazmunini chizmada (546- rasm), doskada ko‘rsatib, quyidagi nisbatni o‘rnatish lozim:

Burchak o‘lchovining bo‘lagi va uzoqlik o‘rtasida asosiy bog‘liqlik mavjudligi haqida xulosa chiqarish zarur: uzoqlik burchak o‘lchovining bo‘limidan 1000 marta katta va aksincha, burchak o‘lchovining bo‘lagi uzoklikdan 1000 marta kichkina.


Agar U masofasi va ostida nishon ko‘rinib turgan burchak kattaligi aniqlanayotgan predmetning kuzatiluvchi chiziqli kattaligi (balandligi, kengligi yoki uzunligi) ma’lum bo‘lsa, nishongacha bo‘lgan masofani burchak o‘lchovi bilan aniqlash mumkin. Aniqlash usuli ostida mazkur predmet ko‘rinib turgan burchakni mingdan bir o‘lchovda o‘lchashni nazarda tutadi.
D q B (K) x 1000
Bu
Bu erda: D — nishongacha bo‘lgan masofa (metrda)
B(K) — nishon balandligi (kengligi) (metrda)
1000 — o‘zgarmas kattalik
U — nishon ko‘rinib turgan burchak (mingliklar o‘lchovida)
Mazkur kattaliklardan ikkitasini bilgan holda, yuqorida ko‘rsatilgan formula yordamida uchinchi kattalikni topish mumkin.
Durbin to‘rida gorizontal va vertikal burchaklarni o‘lchashga mo‘ljallangan ikkita o‘zaro perpendikulyar burchak o‘lchagich shkalalari aks ettirilgan (547-rasm). Bir katta bo‘limning kattaligi (qiymati) 0—10 ga, kichik bo‘limning kattaligi (qiymati) esa — 0— 0,5 ga teng. Ikki yo‘nalish o‘rtasidagi burchakni o‘lchash uchun, durbindan kuzatib, burchak o‘lchagichning biron-birG’G’
shtrixini mazkur yo‘nalishlardan biri bilan tutashtirish va ikkinchi yo‘nalishgacha bo‘lgan
bo‘laklar sonini hisoblash lozim. So‘ng hosil bo‘lgan sonni bo‘lak qiymatiga bo‘lsak, o‘lchanayotgan burchakning kattaligini (mingdan bir o‘lchovda) olamiz. Masalan, 546- rasmda dushman pulemyoti mo‘ljal (daraxt)dan o‘ngroqda 0,55 burchak ostida joylashgan.
Burchakni chizg‘ich yordamida o‘lchash uchun o‘z qarshisida 548- rasmda ko‘rsatilganidek, ko‘zdan 50 sm uzoqlikda ushlash zarur, shunda uning bir bo‘limi (1 mm) 0—0,2 ga teng bo‘ladi.
Burchaklarni mazkur usulda o‘lchashning aniqligi chizg‘ichni ko‘zdan 50 sm uzoqlikda ushlash ko‘nikmasiga bog‘liq. Mazkur ko‘nikmani uzunligi 50 sm bo‘lgan arqon (ip) yordamida mashq qilish (549- rasm) yo‘li bilan juda tez shakllantirish mumkin.
Burchaklarni mavjud predmetlar bilan o‘lchash uchun barmoq, kaftdan yoki o‘lchamlari mm da, binobarin, ming-liklar o‘lchovida ma’lum bo‘l-gan mavjud kichkina predmet (gugurt qutisi, qalam)dan foydalanish mumkin (550-rasm). Burchakni o‘lchash uchun bunday o‘lchash predmeti ham ko‘zdan 50 sm uzoqlikda ushlanadi va unga qarab solishtirish yo‘li bilan burchakning kattaligi aniqlanadi.
Ko‘zdan 50 sm uzoqlashtirilgan qo‘l mushti va barmoqlarining burchak o‘lchovchi kattaliklari (551- rasmga qarang) o‘rtacha kattaliklar hisoblanadi, shuning uchun ham har bir serjant va askar ularni aniqlab olishi va eslab qolishi lozim.
Burchak o‘lchash ko‘nikmalarini shakllantirgach, predmetlarning o‘lchangan burchak kattaliklari bo‘yicha masofalarni bevosita aniqlashga o‘tish zarur.
Predmetlarning burchak kattaliklari bo‘yicha masofalarni aniqlash kuzatilayotgan predmetlarning amaldagi kattaliklari yaxshi ma’lum bo‘lgan taqdirdagina aniq natijalar beradi. SHuning uchun ham burchaklar o‘lchash asboblari yordamida juda puxta o‘lchanadi.

Download 1,23 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74




Download 1,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti o`t ochish tayyorgarligi fanidan konspekt

Download 1,23 Mb.