|
Mavzu 5. O‘qotar qurollar va tankka qarshi qo‘l granatomyotlar
(6-soat)
|
bet | 17/74 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #133527 |
Bog'liq Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti o`t ochish Mavzu 5. O‘qotar qurollar va tankka qarshi qo‘l granatomyotlar
(6-soat).
Mashg‘ulot 1(2-soat, ma’ruza). O‘qotar qurollar va tanka qarshi qo‘l granatalarning (PM pistolet, AK-74 avtomati, RPK-74 va PKM pulemetlari, SVD mergan miltig‘i, RPG-7 tanka qarshi qo‘l granatamyoti) vazifalari, jangovar xususiyatlari.
Namunaviy nishonlarni yo‘q qilish imkoniyatlari.
Mashg‘ulot 2 (2/2-soat, amaliy). PM pistolet, AK-74 avtomati, RPK-74 va PKM pulemetlari, SVD mergan miltig‘i, RPG-7 tanka qarshi qo‘l granatamyoti noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish.
O‘qotar qurollar ko‘rigi turlari va o‘tkazish tartibi. Ularni saqlash, tozalash va moylash.
Granatomyotga xizmat ko‘rsatish, uni saqlash va asrash. Tozalash va moylash
Granatomyot doimo to‘laligicha soz va qo‘llanishga shay holatda bo‘lmog‘i lozim. Bunday holatga granato-myotni, o‘z vaqtida mohirona tozalash, moylash, to‘g‘ri saklash va nosozliklarni o‘z vaqgida bartaraf etish bilan erishiladi.
Bo‘linmadagi granatomyot quyidagi hollarda tozalanadi:
otishmadan so‘ng - otuv maydonida darhol: zatvor va stvol kanali tozalanib, moylanadi, so‘ngra granatomyot otishmadan qaytgach, so‘nggi uch-to‘rt kun davomida, har kuni; o‘t ochilmay, otuv maydonidagi mashqlardan so‘ng - mashqlardan qaytgach;
jangovar vaziyatda va davomiy mashqlarda - har kuni jang yoki mashg‘ulotlar orasidagi tanaffuslarda; agar granatomyot qo‘llanilmay turganda - bir aftada bir marotabadan kam bo‘lmagan tarzda.
Granatomyot tozalanib bo‘lganidan so‘ng moylanadi. Moy faqat yaxshi tozalangan, quruq metallning yuza-sita, namlik metallga ta’sir o‘tkazmay turib, darhol surtiladi.
Granatomyotni tozalash va moylash seksiya koman-dirining bevosita boshqaruvida amalga oshiriladi. Seksiya komandiri, qismlarga ajratish tozalash va moylashning zaruriy darajasini belgilab berishga; tozalash vositalarining sozligi va sifatini tekshi-rishga, moylab, yig‘ishga ruxsat berishga; moylash va granatomyotni yig‘ish ishlarini tekshirib ko‘rishga maj-burdir.
Ofitserlar vaqt-vaqgi bilan granatomyotni toza-lash mobaynida hozir bo‘lib turishga va uni to‘g‘ri o‘tka-zilayotganini tekshirib ko‘rishga majburdirlar.
YOtoqxona yoki dala sharoitlarida joylashganda gra-natomyot, maxsus belgilangan joylarda va shu maqsad-da jihozlangan taxtalar ustida, jangovar yoki safar vaziyatlarda esa - toza tagliklar, taxtalar va hokazo-lar ustida tozalanadi.
Granatomyotni tozalash va moylash uchun quyidagilar qo‘llaniladi:
- suyuq qurol moyi
- granatomyotni otishmadan so‘ng tozalash va uning qism va mexanizmlarini, havo
harorati Q 5 dan - 50°S gacha bo‘lganida moylash uchun;
- qurol moyi;
- granatomyotning stvol kanali qism va mexanizshgarini, ular tozalanib bo‘lingach, moylash uchun; bu moy havo harorati Q5°Sdan yuqori bo‘lganda
qo‘llaniladi.
GOI- 54- P moyi - elektr otuvchi mexanizmning, yopish va burish mexanizmlarining, stanok va mexanik mo‘ljalga olish moslamasi (mo‘ljallagich)ning tashqi yuzalarini moylash uchun;
RCHS eritmasi (stvollarni tozalash eritmasi)-porox gazlari ta’sir o‘tkazgan stvol kanali va granatomyotning o‘zga qismlarini tozalash uchun qo‘llaniladibunda stvol kanalidagi kuyundi yo‘q qilinadi;
granatomyotni RCHS eritmasi bilan tozalash, havo harorati Q50°S dan -10°S gacha bo‘lganida amalga oshirish mumkin.
Oraliqlar, kesmalar va tuynuklarni tozalash qulay bo‘lishi uchun yog‘och tayoqchalardan foydalanishga ruxsat beriladi. Kontakt uchun tuynuklar artkich-cho‘tka bilan tozalanadi.
Otishmadan so‘ng stvol kanalini tozalash uchun ban-nik chyotkasiga tola o‘rab, RCHS eritmasi yoki suyuq qurol moyi bilan namlanadi va bannik, stvol kanaliga uch qismidan kirgizilib, bir necha bor yurgiziladi. SHun-dan so‘ng bannik astoydil artib tozalamadi va unga toza quruq latga(kanop losi) o‘rab stvol kanalida tak-ror yurgiziladi. Bannikni stvol kanalidan chiqarib, endi unga quruq toza latta o‘raladi va stvol kanali ichida yana bir bor yurgiziladi. Latga ko‘riqdan o‘tkazi-lib, agar unda kuyindi, zang yoki iflosliklar ko‘rin-sa, latta toza bo‘lib chiqmaguniga qadar jarayon tak-rorlanaveradi.
Kengaytirilgan kamorani tozalash tadbirlari ham stvol kanalini tozalash kabi ZIP da mavjud cho‘tka bilan o‘tkaziladi: kamora stvolning ortki qirqimi tomonidan tozalanadi (zatvorning ochiq turgan holatda).
YOpish, uloqtirish mexanizmlarining detallari va chiqish quvuri RCHS yoki suyuq qurol moyida namlangan latta bilan, so‘ngra quruq latta bilan tozalanib, as-toydil artiladi.
Stanok hamda maxsus g‘ildirakli arava kuchli if-loslanganda yog‘och qirg‘ichlar bilan tozalanib, suv bilan yuviladi va quruq qilib artiladi. Yo‘naltirish mexanizmlari iflosliklardan tozalanib, quruq artiladi.
Zararlangan joyidagi zangni tozalash uchun u erga suyuq qurol moyi qalin surtilib, bir necha soatdan so‘ng latga bilan artib tashlanadi. Agar zang bu usulda tozalanmasa, AUP yoki AGM moyi bilan aralashtirilgan yog‘och ko‘mir kukunidan foydalanishga ruxsat beriladi.
Mo‘ljalga olish moslamasi (mo‘ljallagich) quruq latta bilan artiladi. Tashqi shishalar toza flanel bilan markazdan boshlab, doirasimon harakatlar bi-lan, ehtiyotkorona artiladi. SHishalarga barmoq tek-kizish va moylash man etiladi. Tozalab chiqilgan mo‘ljalga olish moslamasi (mo‘ljallagich) o‘z qutisiga joylanadi.
Kontaktli va halqalashtirish qurilmalarining detallari, raschet tarkibi tomonidan, artilleriya ta’miri ustaxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda, granatomyot bo‘linmaga qabul qilinayotganvda, o‘t ochish va taktik mashg‘ulotlardan so‘ng, har 2-3 oyda tozalanadi.
Granatomyot tozalangach, moylanadi. Moy faqat, metallning sifatli tozalangan, quruq yuzasiga, tozalanib bo‘lishi bilan, namlik o‘z ta’sirini o‘tkazmay turib, yuritiladi.
Stvol kanalini moylash uchun bannik chyotkasiga moy bilan namlangan, toza ingichka latta o‘raladi va stvol kanalida 4-5 marotaba yurgiziladi. Xuddi shu yo‘sinda kengaytirilgan kamora chyotka bilan moylanadi.
Granatomyotni moylashda, moy, sanchqili inga, halqalashtirish va kontakt qurilmasi g‘ilofining, shu-ningdek, halqalashtirish qurilmasi kontaktlari va turtkichlarning ichiga tushib qolmasligini kuzatib borish lozim.
Granatomyotlarni, nishonga olish moslamalarini va o‘qlarni bo‘linmalarda saqlash mas’uliyati, bo‘linma komandiri zimmasiga yuklanadi. Raschyot tarkibi gra-natomyot va mo‘ljalga olish moslamasi (mo‘ljallagich) ni toza va to‘la soz holatda tutishga majbur.
YOtoqxona va dala sharoitlarida granatomyotlar yopiq xonalarda yoki ayvonlarda saqpanadi.
Granatomyotlar qadoqpovchi qutilarda yoki jangovar holatda bo‘lgan paytda sumkalari kiydirilgan tarzda saqlanadi.
Kundalik foydalanishda bo‘lgan granatomyotlar «qo‘shinlarda artilleriya aslahalari va o‘q-dorilarni saqlash va asrash bo‘yicha qo‘llanma» da ko‘rsatilgan ta-lablarga binoan jihozlangan ochiq parklarda saqlash-ga yo‘l qo‘yiladi. Parqda moddiy vositalar shunday o‘rnatilishi lozimki, toki granatomyotlar yaqinida ishlash, ularni parqsan olib chiqish yoki olib kirish imkoni bo‘lsin. Tungi vaqglarda park hududi yoritil-gan bo‘lmog‘i lozim.
PGOK-9 va PGN-9 nishonga olish moslamalari o‘z qutilarida, isitiladigan xonalarda eshik va isi-tish vositalaridan narida saqlanadi.
Anjomlar tarkibiga quyidagilar kiradi: shompol, artkich, artkich cho‘tka, otvyortka, chiqargich, penal, moydon, oboymalar va o‘tkazgich.
SHompol - stvol kanalini, shuningdek, avtomat (pulemyot) qismlaridagi kanallar va bo‘shliqparni tozalash va moylash uchun qo‘llaniladi. U chiqargich kiri-tilishi uchun teshikli boshcha va artkich yoki artkich-cho‘tkani burab biriktirish uchun rezbaga ega.
Artkich - stvol kanalini, avtomat (pulemyot) qismlaridagi kanal va bo‘shlikdarni tozalash va moylash uchun ishlatiladi.
U shompolga burab biriktirilishi uchun ichki rezbaga va latta yoxud kanop losini o‘rash uchun kesmaga ega.
Artkich cho‘tka - stvol kanalini RCHS (stvollarni tozalash eritmasi) bilan tozalash uchun qo‘llani-ladi.
Otvyortka va chiqargich - avtomatni (pulemyotni) qismlarga ajratish va yig‘ish davomida ishlatiladi.
Otvyortka uchidagi kesma nilni qotirish va bo‘shatish uchun, yon tomonidagi kesma esa artkichni shompolga qotirish uchun mo‘ljallangan.
Otvyortkadan qulay foydalanish uchun u penalning yon boshidagi darchaga o‘rnatiladi.
Stvol kanalini tozalash mobaynida otvyortka penal ichiga shompol boshchasi uzra solinadi.
Penal artkichni, artkich-cho‘tkani, otvyortkani va chiqargichni saqlash uchun mo‘ljallangan. U qopqoq bilan yopiladi.
Penal, nilni qotirish va bo‘shatish mobaynida buragich uchun dasta sifatida va gaz trubkasi qotirgichi-ni burash uchun, shuningdek, shompolga dasta sifatida ishlatiladi.
Penal teshiklarga ega bo‘lib, ularga avtomatni (pulemyotni) tozalash mobaynida shompol suqiladi, shuningdek, buragich o‘rnatilishi uchun tuxumsimon darchaga va avtomatni (pulemyotni) qismlarga ajratish va yig‘ish mobaynida gaz trubkasining biriktirgichini burash uchun to‘g‘ri burchakli tuynukka ega.
Bir bo‘g‘izli moydon - moy saqpash uchun xizmat qilib, magazinlar sumkasining cho‘ntagida olib yuriladi.
Oboyma - patronlarni olib yurish va magazinni patronlar bilan to‘latish jarayonini tezlatish uchui xizmat qiladi.
Oboymaga 15 dona patron joylashadi.
U ikkita bo‘ylama kesmaga va patronlarni tushish ketishidan asraydigan yassi prujinaga ega.
Bundan tashqari yassi prujina oboymani o‘tkazgich bilan ishonchli birikishini ta’minlaydi.
O‘tkazgich - magazinni patronlar bilan to‘latishdm oboymani magazin bilan biriktirish uchun xizmat qi-ladi.
U quyidagilarga ega: quyi qismida (keng joyi) - magazin bo‘g‘zidagi tegishli kesmalarga kiruvchi ikki bo‘rtiqqa; yuqori qismida - oboyma uchun ikkita bo‘ylama kesmalar, oboyma prujinasi uchun darcha va oboymm o‘tkazgichga o‘rnatilishi uning siljishini cheklab turish uchun tayanchga.
|
| |