OTISH QOIDALARI, ULARNING VAZIFASI VA MOHIYATI




Download 1,23 Mb.
bet15/74
Sana09.01.2024
Hajmi1,23 Mb.
#133527
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74
Bog'liq
Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti o`t ochish

OTISH QOIDALARI, ULARNING VAZIFASI VA MOHIYATI
Nishongacha bo‘lgan masofani aniqlash usullari.
Mingdan bir o‘lchov formulasi va uning amalda ko‘llanilishi.
Nishonni birinchi o‘q bilan urish uchun nishongacha bo‘lgan masofani bilish kerak. Bu yonlama shamol, havo harorati, atmosfera bosimiga qarab kiritiladigan tuzatishlarni to‘g‘ri aniqlash va eng muhimi, mo‘ljallagichni to‘g‘ri o‘rnatish va mo‘ljalga olish nuqtasini to‘g‘ri tanlash uchun zarur.
Harakatsiz va harakatlanayotgan, shuningdek paydo bo‘layotgan nishonlargacha bo‘lgan masofani tez va to‘g‘ri aniqlash muvaffaqiyatli o‘q uzishning asosiy shartlaridan biri.
YAqin masofalarni aniklash uchun quyidagi eng sodda usullardan foydalanish mumkin:
Ko‘z bilan chamalab aniqlash usuli — har qanday jang sharoitlarida qo‘llaniladigan asosiy, eng sodda va qulay usul. Ammo, nishongacha bo‘lgan masofani ko‘z bilan chamalab to‘g‘ri aniqlash ko‘nikmasini shakllantirish uchun turli joy sharoitlarida, yilning turli fasllarida va kunning turli vaqtida surunkali mashq qilish lozim.
Nishongacha bo‘lgan masofani ko‘z bilan chamalab to‘g‘ri aniqlash ko‘nikmasini shakllantirish uchun shuningdek masofalarni ko‘z bilan chamalab aniqlashni ko‘p mashq qilish, olingan natijalarni qadam bilan o‘lchab va xaritaga solishtirib yoki biron-bir boshqa usulda tekshirish shart.
Avvalambor, etalon deb olingan bir nechta masofalarni fikran tasavvur qilib, har qanday joyda aniq farqlay olishni o‘rganish zarur. Mashqlarni qisqa masofalar (10, 50, 100 m)dan boshlash kerak. Mazkur masofalarni yaxshi o‘zlashtirib olgach, asta-sekin katta masofalar (200, 400, 800 m)ga o‘tish va o‘qotar quroldan ta’sirli o‘q uzishning eng katta uzoqligiga etish lozim. YUqorida zikr etilgan etalonlarni o‘rganib, ularni ko‘rish xotirangizga mustaxkam joylashtirib olsangiz, boshqa masofalarni ularga taqqoslashingiz va baholashingiz oson kechadi.
Bunday mashq qilish jarayonida masofalarni ko‘z bilan chamalab aniqlash usulining aniqligiga ta’sir ko‘rsatadigan quyidagi qo‘shimcha hodisalarga e’tibor berish zarur:
1.Nisbatan yirik predmetlar xuddi shu masofada joylashgan kichkina predmetlardan yaqin bo‘lib tuyuladi.
2.Aniq ko‘rinib turgan predmetlar nisbatan yaqinda joylashgandek bo‘lib tuyuladi, shuning uchun:
-yorqin (oq, sariq, qizil) rangli predmetlar qora (jigarrang, ko‘k) rangli predmetlardan yaqinda joylashgandek bo‘lib tuyuladi;
-yaxshi yoritilgan predmetlar xuddi shu masofada joylashgan yaxshi yoritilmagan predmetlardan yaqinda joylashgandek bo‘lib tuyuladi;
-tuman va yomg‘ir paytida, shom qorong‘isida, bulutli kunlarda, chang-to‘zon paytida kuzatilayotgan predmetlar havo ochiq kunlardagadan uzoqda joylashgandek bo‘lib tuyuladi;
-predmetlarning rangi va fonidagi tafovut qanchalik katta bo‘lsa, ulargacha bo‘lgan masofa shuncha kamaygandek bo‘lib tuyuladi; masalan, qishda qor bosgan dala unda joylashgan barcha nisbatan qora predmetlarni go‘yoki yaqinlashtiradi.
3. Ko‘z va kuzatilayotgan predmet o‘rtasida oraliq predmetlar qancha kam bo‘lsa, mazkur predmet shuncha yaqin bo‘lib tuyuladi, shu jumladan:
-tekis joydagi predmetlar yaqin bo‘lib tuyuladi; usti ochiq keng suv havzalari maydoni orqali aniqla nadigan masofalar ayniqsa qisqargandek bo‘lib tuyuladi, chunonchi, qarama-qarshi qirg‘oq hamisha amaldagidan yaqin bo‘lib tuyuladi;
-o‘lchanayotgan chiziqdan kesib o‘tuvchi o‘nqir-cho‘nqir joylar (jarlar, daralar) masofani go‘yo kamaytiradi.
4. Pastdan tepaga, tog‘ ostonasidan cho‘qqiga qarab kuzatganda predmetlar yaqindek bo‘lib tuyuladi, tepadan pastga qarab kuzatganda esa predmetlar uzoqda joylashgandek bo‘lib tuyuladi.
Masofalarni ko‘z bilan chamalab aniqlashni quyidagi usullar yordamida engillashtirish va nazorat qilish mumkin:
a) masofalarni o‘lchash uchun bir-biridan mustaqil bo‘lgan bir nechta odamdan foydalanish yo‘li bilan; olingan barcha natijalarning o‘rtacha miqdori eng aniq natija hisoblanadi;
b) o‘lchanayotgan masofani joyda belgilangan, kattaligi ma’lum bo‘lgan boshqa masofaga taqqoslash yo‘li bilan (masalan, o‘lchanayotgan uchastka yaqinidan simyog‘ochlari o‘rtasidagi masofa ma’lum bo‘lgan aloqa yoki elektr uzatish tarmog‘i o‘tgan bo‘lishi mumkin) (545-
rasm).
Masofalarga teran baho berish uchun quyidagi jadvalda keltirilgan taxminiy ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin.
Ko‘z bilan chamalab aniqlash mahorati askarning ko‘nikmasiga, aniqlanayotgan masofalarning uzoqligiga va kuzatish sharoitlariga bog‘liq. Tajribali askar 1000 m gacha masofada yo‘l qo‘yadigan xato odatda 10—15% dan oshmaydi. Nisbatan katta masofalarda yo‘l qo‘yiladigan xatolar alohida hollarda 50% gacha etishi mumkin.
Tashqi ballistika masalalarini o‘rganishdan oldin o‘quvchilar mingdan bir o‘lchov formulasi bilan tanishtirilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.



Download 1,23 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74




Download 1,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



OTISH QOIDALARI, ULARNING VAZIFASI VA MOHIYATI

Download 1,23 Mb.