|
Farg‘ona davlat universiteti iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) fakulteti
|
bet | 4/5 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 50,35 Kb. | | #253429 |
Bog'liq 5-mavzu Iqtisodchilar uchun matematika113. Savdo do‘koniga kirgan 8 ta xaridordan har birining xarid qilish ehtimoli 0,7 ga teng. Xaridorlardan beshtasining xarid qilish ehtimolini toping.
114. Biror mergan uchun bitta o‘q uzishda nishonga tegish ehtimoli 0,8 ga teng va o‘q uzish tartibiga (nomeriga) bog‘liq emas. 5 marta o‘q uzilganda nishonga rosa 2 marta tegish ehtimolini toping.
115. Tanga 10 marta tashlanganda gerbli tomon:
4 tadan 6 martagacha tushish ehtimolini toping.
Hech bo‘lmaganda bir marta tushish ehtimolini toping.
116. Birorta qurilmaning 15 ta elementidan har biri sinab ko‘riladi. Elementlarning sinovga bardosh berish ehtimolli sonini toping.
117. Qaysi hodisaning ehtimoli katta?
Teng kuchli raqib bilan o‘ynab, to‘rtta partiyadan uchtasini yutib olishmi yoki sakkizta partiyadan beshtasini yutib olishmi?
To‘rtta partiyaning kamida uchtasini yutib olishmi yoki sakkizta partiyaning kamida beshtasini yutib olishmi?
118. Tanga tashlanadi. Tanga 11 marta tashlanganda gerbli tomon 3 marta tushish ehtimolini toping.
119. Qaysi birining ehtimoli kattaroq: tanga 4 marta tashlanganda “gerb”ning 2 marta tushishimi yoki 8 marta tashlanganda “gerb”ning 4 marta tushishimi?
120. Ishlab chiqarilgan buyumlarning 5% i yaroqsiz, tavakkaliga tanlangan 5 ta buyumdan ikkitasini yaroqsiz bo‘lish ehtimoli nimaga teng?
121. Tanga 5 marta tashlanadi. Tanganing 1 marta “gerb” tomoni bilan tushish ehtimolini toping.
122. Merganning nishonga urish ehtimoli 0,3 ga teng. Merganning 6 ta o‘qdan to‘rttasini nishonga urish ehtimolini toping.
123. Merganning nishonga urish ehtimoli 0,25 ga teng. Mergan nishonga qarata 8 ta o‘q uzadi. Quyidagi ehtimollarni toping:
Kamida 7 ta o‘q nishonga tegadi.
Kamida 1 ta o‘q nishonga tegadi.
124. Firma mahsulotlarining 5% i yaroqsiz. 5 ta mahsulot tanlanganda:
1 ta ham yaroqsiz mahsulot yo‘q bo‘lishi;
2 ta yaroqsiz mahsulot bo‘lish ehtimoli nimaga teng.
|
| |