|
Farg‘ona davlat universiteti iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) fakulteti
|
bet | 1/5 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 50,35 Kb. | | #253429 |
Bog'liq 5-mavzu Iqtisodchilar uchun matematika
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT
(tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
FAKULTETI (sirtqi bo‘lim)
2-KURS 2M 22-60-GURUH TALABASI
SIDIKOV DONIYOR
MUSAJONOVICHNING
“Iqtisodchilar uchun Matematika”
fanidan
MUSTAQIL ISHI
Topshirdi:D.Sidikov
Qabul qildi: M.Abdumannobov
Sana:_____________
Mavzu: To‘la ehtimol va Bayyes
formulalari, Bernulli sxemasi
Reja:
1.To’la ehtimol
2. Bayyes formulalari
3. Bernulli sxemasi
To‘la ehtimol formulasi. Bayes formulalari
Biror A hodisa hodisalarning to‘la guruhini tashkil etadigan B1, B2, … Bn hodisalarning (ular gipotezalar deb ataladi) biri bilan ro‘y berishi mumkin bo‘lsin. Bu gipotezalarning ehtimollari ma’lum, ya’ni P(B1), P(B2), …P(Bn) berilgan. Bu gipotezalarning har biri amalga oshganida A hodi-saning ro‘y berish shartli ehtimollari ham ma’lum, ya’ni P(A/B1), P(A/B2), …P(A/Bn) ehtimollar berilgan. U holda A hodisaning ehtimoli tola ehtimol formulasi deb ataluvchi quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Birgalikda bolmagan, hodisalarning to‘la guruhini tashkil etadigan B1, B2, … Bn hodisalar bеrilgan va ularning P(B1),P(B2),…P(Bn) ehti-mollari ma’lum bo‘lsin. Tajriba o‘tkaziladi va uning natijasida A hodisa ro‘y bеradi deylik, bu hodisaning har bir gipotеza bo‘yicha shartli ehtimoli, ya’ni P(A/B1), P(A/B2),… P(A/Bn) ma’lum. A hodisa ro‘y bеrishi munosabati bilan gipotеzalarning ehtimollarini qayta baholash uchun, boshqacha aytganda, P(B1/A), P(B2/A), …P(Bn/A) shartli ehtimolini topish uchun
Bayеs formulalaridan foydalaniladi.
|
| |