• «Kapillyar xodisalar» Mavzusida Mustaqil ta`lim ishi
  • Farg’ona filiali “Axborot texnologiyalari” kafedrasi




    Download 246.36 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana16.04.2024
    Hajmi246.36 Kb.
    #197327
    Bog'liq
    Kapillyar hodisalar
    Bolalarning maktabga psixologik tayyorgarligi, Zokirov Dasturlash xx, Роль компьютера в жизни современного человека, Шахсий компютернинг асосий компонентларилот, Kompyuterni tashkil etilishining mantiqiy asoslari, 40 IELTS Listening Tests - Section 3 (with answers), Murodali, 4-deadline, Deadline 3(21-30), Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya, 1 амалий машгулотга топширик, 2 амалий машгулотга топширик, 1-mavzu Qattiq jismlarda diffuziya xodisasi, round-up-0, 5G security


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
    TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
     RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
     FARG’ONA FILIALI 
    “Axborot texnologiyalari” kafedrasi 
    “Bioinformatika va Biomehanika” fanidan 
    «Kapillyar xodisalar»
     
    Mavzusida Mustaqil ta`lim ishi 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    Qabul qildi Mamadaliyev.N 
    Topshirdi Tirkashev X.D 


    Kapillyar hodisalar – birbiriga aralashmaydigan jismlar (mas, qattiq jism bilan 
    suyuqlik)ning tegishib turgan chegara sirtida molekulyar kuchlar taʼsirida yuzaga 
    keladigan fizik hodisalar. Masalan, suyuqlik bilan idishning oʻzaro taʼsirida 
    suyuqlik sirti botiq yoki qavariq shaklni oladi. Jumladan, kapillyar (ingichka) 
    naydagi hoʻllaydigan suyuqlik sirti botiq, hoʻllamaydigan suyuklik sirti qavariq 
    boʻladi. Suyuqlik sirtining egrilanishi tufayli hosil boʻladigan kapillyar bosim 
    natijasida idish (mas, kapillyar nay)dagi suyuqlik maʼlum balandlik h ga 
    koʻtariladi yoki pasayadi. Bunda -£- = pgh formula oʻrinli. o —suyuqlikning sirt 
    taranglik koeffitsiyenta, r — suyuqlik zichligi, g — erkin tushish tezlanishi. 
    Balandlik h ni aniqlash uchun suyuqlik sirtining egrilik radiusini kapillyar radiusi g 
    ga almashtiriladi:bunda: g — kapillyar radiusi, 9 — chegaraviy burchak, demak, 
    h=2a/prg. Suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyenta qancha katta, kapillyar nayning 
    radiusi bilan suyuqlik zichligi qancha kichik boʻlsa, kapillyar nayda suyuqlik 
    shuncha baland koʻtariladi. K. h. tabiatda, kundalik turmushda, texnikada katta rol 
    oʻynaydi. Oʻsimliklarning oziqlanishi, organizmda moddalar almashinuvi, tuproq 
    va yer osti suvlarining koʻchishi, gʻovak moddalarning suv shimishi, texnikada 
    keng tatbiq qilinadigan flotatsiya (mas, foydali qazilmalarni boyitish) jarayoni K. 
    h.ga bogʻliq. K.h.ni birinchi boʻlib Leonardo da Vinchi (16-asr), soʻngra B. Paskal 
    (17-asr) va J. Jyuren (18-asr) kapillyar naychalar bilan tajribalar oʻtkazayetganda 
    kashf etishgan. K. h. nazariyasini T. Yung (1805), P.Laplas (1806), J. U. Gibbs 
    (1875) va I. S. Gromeka (1879, 1886) ilmiy ishlarida rivojlantirganlar. 
    Kapilyarlik xodisalarni faqat sifatiy qarab chiqish lozim.Tajribalarda 
    quyidagi faktlar-kapilyar naychalarda xo`llovchi suyuqliklarning 
    ko`tarilishi(xo`llovchi suyuqliklarning pastga tushishi) va ko`tarilish 
    (tushish)balandligining naycha kanali radiusiga bog`liqligi aniqlanadi.Chetki 
    burchak hosil bo`lish holidagi singari, kapilyar ko`tarilishni, sirt taranglik 
    tushunchasidan foydalanmay turib tushuntirish mumkin emas. Ho`llash tufayli suv 
    naycha bo`ylab ko`tarilashinigina aytish mumkin, kapilyar ko`tarilishni cheklovchi 
    sababesa suyuqlik ustidagi ta`sir etayotgan og`irlik 
    kuchi deb aytish mumkin. Shuning 
    uchun, qancha tor bo`lsa, suyuqlik unda shuncha baland ko`tariladi. Ho`llamaydiga
    n suyuqlikning pastga tushishini namoyish qilishda simob o`rniga suv- parafindan 
    foydalanish mumkin. Bunday namoyish uchun ishlatiladigan asbob ikki uchi ochiq 
    ingichka 
    kanallar ochilgan paraffin 
     
    plastinkadan iborat bo`ladi. Shuningdek, paraffin bilan qoplangan 
    shisha naychalaridan ham foydalanish mumkin. (Bunda shisha naycha erigan 
    parafinga botirib olinadi.)Ularga yopishgan parafin yoki stearin qatlami ancha 
    yupqa,shaffof bo`lishi kerak, chunki ular ekranga proeksiyalanadi. Tabiatda va 
    kundalik hayotda ho`llash va kapilyarlik hodisasi kuzatiladigan ko`psina misollar 
    o`quvchilar uchun `iziqarli bo`ladi.kitobdan ma`lum bo`lgan
    misollarga (qog`ozning siyox bilan ho`llanishi, suyuqlikning pero, pilik, 


    tuproq, o`simlik tanasi va bandi bo`ylab ko`tarilashi) boshqalarni ham qo`shimcha 
    qilish mumkin (savol ko`rinishida ta`riflaymiz).
    Kristallar tashqi ko’rinishning muntazam ekanligini o’quvchilar osh tuzi, giposulfit 
    , bo’r achchiqtosh kabi turli modda kristallarni oddiy ko’z bilan yoki
    lupa yordamida ko’rishlari mumkin. Biroq maktab sharoitida yoqlar orasidagi
    burchakni aniq o’lchash qiyin. Burchaklarning doimiyligini kristallarning modeli 
    yoki rasimlarida tasvirlash mumkin.
    Kristallar simmetriyasi. Kristallar tashqi ko’rinishning muntazamligini bayon
    qilishdan bunday muntazamlikni ular tuzilishining muntazamligi, simmetiriyasi
    orqali tushuntirishga o’tish tabiydir. «kristallar o’zlarining simmetriyasi tufayli
    jozibalidir» deb yozadi E. S. Ferdorov. Simmetriyaning o’rta elementi mavjudligi
    geometriyadan ma’lumdir: bular simmetriya o’qi, tekisligi, 
    markazi va simmetriya 
     
    ko’zga buralish o’qi. Simmetriya elementlarining mumkin bo’lgan 32
    kombinatsiyasiga mos keluvch jami 32 simmetriyasi mavjuddir. Bu simmetriya
    klasslari 7 sistemaga birlashgan bo’lib, tiriklik, rombik, trigonal, geksogonal,
    tetragonal va kub simmetriya deb ataladi. Shunisi ajablanarliki, barcha mavjud
    simmetriya klasslari va gruppalariga haqiyqiy kristallar mos keladi. Biroq
    kristallarniing simmetriya gruppalari bo’yicha ajiratish masalasini o’rta maktabda
    o’rganishga imkon yo’q.
    Kristallarning simmetriyasi kristallda zarralarning davriy takrorlangan
    holda muntazam joylashishi bilan bog’liqdir. Fazoda zarralarning (atomlar, ional
    va molekulalar) ayni bir hil guruppalari ko’p marta davriy takrorlanadi. Fazoviy
    panjara tushunchasi ana shundan kelb chiqadi.
    Maktabda faqat atom kristallar panjarasining esa sodda kubik va
    geksagonal turlari qaraladi. Kubik panjaralarning o’z navbatida ikki: a) atomlari 
    kubning uchlarida va uning hajimlari markazlarida joylashgan – 
    hajmiy 
     
    markazlashgan va b) atomlari kubning uchlarida va yoqlari markazida joylashgan
    yoq markazlashgan turi bo’ladi. Shuningdek , odatda darisliklarda keltiriladigan,
    olmos va grafit panjaralari ham qiziqarlidir; olmos va grafitning o’ziga hos
    hususiyatlari bu panjaralarning tuzilishi bilan harakterlanadi. Himiyaviy
    birikmalar kristallarining tuzilishi juda ham turli – tumandir, shuning uchun ba’zi
    panjaralarnigina misol qilib (modellarda, diopozitivlarda, rasimlarda) ko’rsatish
    yetarli.
    Kapillyarlik – bu tortishish kuchiga qarshi ham quvurli teshiklar yoki g'ovakli 
    yuzalar bo'ylab harakatlanishiga imkon beradigan suyuqliklarning xususiyati. 
    Buning uchun suyuqlik molekulalari bilan bog'liq ikkita kuchning muvozanati va 
    muvofiqlashtirilishi bo'lishi kerak: birlashish va yopishish; bu ikkalasi sirt 
    tarangligi deb nomlangan jismoniy aks ettirishga ega. 
    Suyuq naychaning ichki devorlarini yoki u o'tadigan materialning teshiklarini 
    namlashi kerak. Bu yopishqoqlik kuchi (suyuq-kapillyar naycha devori) 
    molekulalararo birikish kuchidan kattaroq bo'lganda paydo bo'ladi. Binobarin, 
    suyuqlik molekulalari material atomlari (shisha, qog'oz va boshqalar) bilan bir-
    biriga qaraganda kuchli ta'sir o'tkazadi. 
    Gazlarda elektr toki.
    Barcha gazlar normal sharoitda yaxshi izolyator bo‘ladi. Buning sababi ularda erki


    n harakatlanuvchi elektr zaryadlarining yo‘qligidir. Biroq biror sababga ko‘ra, 
    gazda erkin zaryadlar paydo bo‘lsa 
    u o‘tkazgich bo‘lib qoladi. Gaz orqali elektr toki o‘tish hodisasi gaz razryadi deb at
    aladi. Odatdagi sharoitlarda gazlar neytral atom va molekulalardan iborat bo‘ladi. 
    Isitish yoki nurlanish ta’siri natijasida bir qism atomlar ionlashadi — neytral 
    atomlar musbat ion va elektronga ajraladi. Bu jarayon ionlashish deb, 
    ionlashishni yuzaga keltiruvchi tashqi ta’sir esa ionlagich deb ataladi. Ionlagichlar 
    ta’sirida gazlar oson ionlashadi. Temperatura qanchalik yuqori bo‘lsa, ionlar 
    shuncha ko‘p hosil bo‘ladi. Ionlashish natijasida atomdan ajralib chiqqan elektron 
    biror muddat erkin qoladi yoki darhol gazning neytral molekulalaridan biri bilan 
    birlashib, bu molekulani manfiy ionga aylantiradi. Binobarin, ionlashgan gazda 
    musbat va manfiy ionlar hamda elektronlar bo‘ladi. Shunday qilib, 
    gazlarda metallarda bo‘ladigan electron o‘tkazuvchanlik bilan elektrolitlarda 
    bo‘ladigan ionli o‘tkazuvchanlik birga qo‘shiladi. Demak, gazlar electron-
    ionli o‘tkazuvchanlikka ega. Molekula yoki atomdan bitta elektronni ajratib chiqari
    sh uchun ionlagich ma’lum ish bajarishi kerak, bu ish ionlashish ishi deb ataladi. K
    o‘pchilik gazlar uchun uning qiymati 5 dan 25 eV gacha yetadi. Ionlagichning 
    ta’siri to‘xtaganda gaz ionlarining konsentrasiyasi darhol nolgacha kamayadi va 
    tok to‘xtaydi. Gazlarda tok mavjud bo‘lishi uchun ionlagich zarur 
    bo‘lgan razryad nomustaqil gaz razryadi deb
    ataladi. Kuchli elektr maydonda gazda o‘z-o‘zidan ionlashish boshlanadi, buning 
    natijasida 
    ionlagich bo‘lmaganda ham gazlarda tok mavjud bo‘lishi mumkin. Bunday turdagi 
    razryad mustaqil gaz razryadi deb ataladi. Elektrodlar orasidagi kuchlanish 
    ortib 
    borsa
    , tok kuchi ham ortib boradi, elektronlar va ionlarning energiyasi ham ortib 
    bpradi. Ular neytral molekulalarga urilib boshqa elektron va ionlarni hosil qiladi. 
    Bu hodisa to‘xtovsiz davom etaveradi. Gazning bunday o‘z-o‘zidan (tashqi 
    ionlagichsiz) ionlashishi zarb bilan ionlashish deyiladi. Elektronlar kuchsizroq 
    maydon bo‘lganida ham ionlarga nisbatan gaz molekulalarini zarb bilan 
    ionlashtirish mumkin. Bunday farq bo‘lishiga asosiy sabab — elektronlarning 
    gazdagi erkin yugurish yo‘li uzunligining ionlarnikidan katta bo‘lishidadir. 
    Shuning uchun elektronlar zarb bilan ionlashtirish uchun zarur bo‘lgan kinetik 
    energiyaga 
    ionlarga qaraganda kichikroq maydon kuchlanganligida ega bo‘ladi. Elektronlarnin
    g navbatdagi to‘qnashish oldidagi kinetik energiyasi maydon kuchlanganligiga va 
    elektronning erkin yugurish yo‘li uzunligiga proporsional bo‘ladi: Gаzlаr normаl 
    shаroitdа, neytrаl аtom vа molekulаlаrdаn tаshkil topgаn bo‘lib, elektr tokini 
    o‘tkаzmаydi. Gаzlаrdа elektr tokini hosil qilish uchun uning аtom vа 
    molekulаlаrining bir qismini ionlаshtirish, yaoni ulаrni musbаt zаryadli ion vа 
    mаnfiy zаryadli elektronlаrgа pаrchаlаb yuborish lozim. Bu jаrаyondа hosil 
    bo‘lgаn elektronlаrning bir qismi neytrаl аtomlаrgа qo‘shilib mаnfiy ionlаrni hаm 
    hosil qilishi mumkin. Аtom vа molekulаlаr musbаt vа mаnfiy zаryadlаngаn 
    zаrrаchаlаrning muvozаnаtdаgi mustаxkаm sistemаsidir. Ulаrni ionlаshtirish 
    uchun mаolum miqdordа ish bаjаrish kerаk. Bаjаrilаdigаn ishning miqdori аtom vа 
    molekulаlаrning kimyoviy tаbiаtigа, ulаr tаrkibidаgi elektronlаrning energetik 


    holаtigа bog‘liq. Аtomlаrning, boshqа elktronlаrigа nisbаtаn, uning tаshqi 
    qobig‘idа joylаshgаn vаlent elektronlаri kuchsiz bog‘lаngаn bo‘lаdi. Shuning 
    uchun ulаrni аjrаtib olish uchun eng kаm ish bаjаrilаdi. Bu ishni аtomning 
    ionlаnish potentsiаli bilаn bog‘lаsh mumkin: A = ej 
    Аtom vа molekulаlаrni turli tаshqi tа’sirlаr vositаsidа ionlаsh mumkin: qizdirish, 
    rentgen yoki gаmmа nurlаri bilаn nurlаntirish, kаttа tezlikdа hаrаkаtlаnаyotgаn 
    elektronlаr, ionlаr vа boshqа zаrrаchаlаr bilаn bombаrdimon qilish vа hokаzo. 
    Gаzlаrni zаrrаchаlаr vositаsidа ionlаshtirish zаrbаli ionlаshish deyilаdi. Fаrаz 
    qilаylik, bizgа bir аtomli gаz berilgаn. Ungа zаrrаchаlаr oqimini yo‘nаltirsаk, 
    zаrrаchаlаr gаzning neytrаl аtomlаri bilаn to‘qnаshаdi. Zаrrаchаlаrning kinetik 
    energiyasi аtomlаrning ionlаnish ishidаn kаm bo‘lmаsа to‘qnаshuv noelаstik 
    bo‘lаdi vа gаzning аtomi ionlаshаdi, ya’ni elektron vа musbаt zаryadli ion hosil 
    bo‘lаdi. Elektronlаr o‘z nаvbаtidа ionlаr bilаn birlаshib ulаrni neytrаl holgа 
    keltirshi mumkin. Bu xodisаni rekombinаtsiya hodisаsi deyilаdi.Ionlаshgаn gаzdаn 
    tok o‘tishigа elektr rаzryadi yoki gаz rаzryadi deyilаdi. Gаzning elektr 
    o‘tkаzuvchаnligi doimiy tаshqi tа’sir hisobigа sodir bo‘lsа, bundаy rаzryadni 
    nomustаqil rаzryad deyilаdi vа u tаshqi tа’sir to‘xtаtilgаn zаxoti so‘nаdi. 
    Nomustаqil rаzryad hodisаsini quyidаgi qurilmа yordаmidа o‘rgаnish mumkin Bir 
    аtomli gаz to‘ldirilgаn hаmdа K-kаtod vа А-аnod elektrodlаr kаvshаrlаngаn N-
    shishа nаy intensivligi o‘zgаrmаs Rengen nurlаri bilаn nurlаntirilsа nаydаgi gаz 
    ionlаshаdi. K vа А elektrodlаr orаsidа P potentsiometr yordаmidа potentsiаllаr 
    fаrqi hosil qilinsа gаzdаn tok o‘tаdi. G gаlvonometr vositаsidа o‘lchаngаn I 
    tokning V voltmetr bilаn o‘lchаngаn U kuchlаnishgа bog‘lаnishini (VАX) Volt-
    Аmper xаrаkteristikа deyilаdi. Tаjribаdаn olingаn nаtijа 7.8-rаsmdа ko‘rsаtilgаn. 
    Tok tаshuvchilаr vаzifаsini elektron vа bir vаlentli musbаt ionlаr bаjаrаdi. 
    Ulаrning soni, zаryadi miqdorаn teng, ishorаlаri esа qаrаmа-qаrshi. 
    Kuchlаnishning unchа kаttа bo‘lmаgаn qiymаtlаridа tok kuchlаnishgа to‘g‘ri 
    proportsionаl bo‘lаdi (1 sohа). Tok zichligi esа j = (en-m-+q+n+m+)E=en0(m-
    +m+)E bundа n0=n-=n+, m- vа m+ mos rаvishdа elektron vа ionning 
    kontsentrаtsiyalаri vа hаrkаtchаnliklаridir. Ionlаshtiruvchi rengen nurlаrining 
    intensivligi doimiy o‘lgаni uchun kuchlаnish ortishi bilаn аnod vа kаtodgа birlik 
    vаqt ichidа etib borаyotgаn tok tаshuvchilаrning soni kаmаya borаdi vа Om 
    qonunidаn chetlаshish kuzаtilаdi. Kuchlаnishning yanаdа ortishi nаtijаsidа gаzdа 
    birlik vаqt ichidа qаnchа elektron vа ion hosil bo‘lsа, ulаrning bаrchаsi аynаn shu 
    vаqt ichidа mos rаvishdа аnod vа kаtodgа etib kelishаdi. Ya’ni, аnod vа kаtodgа 
    kelib tushyotgаn zаryadli zаrrаchаlаr soni o‘zgаrmаs bo‘lib qolаdi. Nаtijаdа tok 
    hаm o‘zgаrmаydi. Tokning bu qiymаtini to‘yinish 
    toki I deyilаdi vа u I
    t= en 
    bo‘lаdi. Bundаgi n- gаzning birlik hаjmidа 1 sekunddа hosil bo‘lаyotgаn 
    elektronlаr vа ionlаr soni. Kuchlаnish yanаdа ortirilgаndа tokning keskin ortib 
    ketish sаbаblаri bilаn quyidа tаnishаmiz. Mustаqil gаz rаzryadi deb tаshqi 
    ionizаtorning tа’siri to‘xtаtilgаndа hаm dаvom etаdigаn gаz rаzryadigа 
    deyilаdi. Buning uchun rаzryadining o‘zi, quyidа bаyon qilingаn jаrаyonlаr tufаyli, 
    gаzdа uzliksiz tok tаshuvchilаrni hosil qilish imkoniyatigа egа bo‘lish kerаk. Ulаr 
    gаz molekulаlаrini zаrbаli ionlаshishi tufаyli pаydo bo‘lаdilаr. 1. Аniqlik uchun 
    ko‘rsаtilgаn nаy ichidаgi gаz molekulаlаrdаn tаshkil topgаn bo‘lsin. U holdа elektr 


    mаydoni tа’siridа tezlаnish olgаn (а=eE/m) elektronlаr erkin yugurish yo‘li oxiridа 
    etаrli energiya to‘plаb neytrаl molekulаlаrni ionlаshtirib ikkilаmchi elektronlаrni 
    vа ionlаrni xosil qilishi mumkin. Ikkilаmchi elektronlаr esа o‘z nаvbаtidа boshqа 
    neytrаl molekulаlаr bilаn to‘qnаshib yangi elektron vа ionlаrni hosil qilishаdi vа 
    xokаzo. Nаtijаdа elektronlаrning soni, аnodgа yaqinlаshgаn sаri, quyunsimon 
    ortаdi. 
    2. Gаzdаgi musbаt zаryadlаngаn ionlаr hаm elektr mаydoni tа’siridа tezlаshib, o‘z 
    yo‘lidа uchrаgаn neytrаl molekulаlаrni ionlаshtirishi yoki qo‘zg‘аlgаn xolаtgа 
    o‘tkаzishi mumkin. Qo‘zg‘аlgаn xolаtdаgi molekulаlаr o‘rtаchа 10-8 sekund 
    dаvomidа, elektromаgnit to‘lqinlаr(fotonlаr)ni nurlаntirib, o‘zlаrining аsosiy 
    holаtlаrigа o‘tаdilаr. 
    3. Fotonlаr o‘z nаvbаtidа neytrаl molekulаlаrni ionlаshtirishi vа kotod bilаn 
    to‘qnаshgаndа uning sirtidаn elektronlаrni urib chiqаrishi mumkin. 
    4. Gаz tаrkibidаgi musbаt ionlаr hаm elektr mаydon tаhsiridа tezlаshib kаtodgа 
    urilgаndа undаn elektronlаrni urib chiqаrishi mumkin. 
    5. Nihoyat kаtod vа аnod orаsidаgi kuchlаnishning аnchа kаttа qiymаtlаridа gаz 
    tаrkibidаgi musbаt ionlаr uning neytrаl molekulаlаrini ionlаshtirishgа qodir bo‘lib 
    qolishlаri nаtijаsidа ulаrning soni kаtod tomongа borgаn sаri quyunsimon ko‘pаyib 
    ketishi mumkin. Mаzkur kаtod sirtidаn musbаt ionlаr urib chiqаrаyotgаn 
    qo‘shimchа elektronlаr o‘z nаvbаtidа kаtod vа аnod orаsidа shundаy 
    tezlаshаdilаrki, o‘z yo‘lidа uchrаgаn neytrаl molekulаlаrni ionlаshtirа boshlаydi, 
    nаtijаdа gаzdа qo‘shimchа ionlаr hosil bo‘lаdi, shu pаytdаn boshlаb rаzryad 
    mustаqil bo‘lib qolаdi. 
    Miltillаmа rаzryad -miltillаmа rаzryad pаst bosimlаrdа kuzаtilаdi. Uni kuzаtish 
    uchun yassi elektrodlаr kаvshаrlаngаn, ichidа hаvosi bor 30-50 sm uzunlikdаgi nаy 
    olаmiz. Uning elektrodlаrigа bir nechа yuz volt o‘zgаrmаs kuchlаnish qo‘yib 
    hаvoni nаsos yordаmidа so‘rib olа boshlаymiz. 
    Bosim 5-7 kPа gаchа kаmаytirilgаndа nаydа qizg‘ish ingichki ilon izigа uxshаsh 
    ipsimon rаzryad hosil bo‘lаdi. Bosim yanаdа kаmаyib 13 Pа gа etgаndа rаzryad 
    аstа sekin yo‘g‘onlаshib 7.9,а- rаsmdа ko‘rsаtilgаn ko‘rinishni olаdi. K vа А 
    orаsidаgi potentsiаl tаqsimoti hаm rаsmdа ko‘rsаtilgаn (7.9,b-rаsm). Rаzryad 
    sohаsi аsosаn 6 qismdаn iborаt . 1- sohа -аtom qorong‘iligi deyilаdi. U kаtodgа 
    judа yopishgаn bo‘lаdi. Qаlinligi millimetrning ulushlаrigа teng. Bu sohаdа 
    elektronlаr gаz molekulаlаrini qo‘zg‘аtishgа etаrli energiyagа egа bo‘lmаydi. 2 
    yupqа yorug‘ sohа - kаtod (qаtlаmi) chаqnаshi deyilаdi. Bu sohаgа etib borgаn 
    elektronlаr energiyasi gаz molekulаlаrini qo‘zg‘аtishgа etаrli lekin ionlаy olmаydi. 
    Uyg‘ongаn ionlаr nur chiqаrib o‘zlаrining аsosiy holаtlаrigа qаytаdilаr. 3 kаtod 
    qorong‘iligi sohаsigа etib kelgаn elektronlаr molekulаlаrni ionlаshtirish uchun 
    etаrli energiyagа egа bo‘lаdilаr. Nаtijаdа molekulаlаrning ionlаshishi tufаyli 
    elektron quyuni hosil bo‘lаdi, molekulаlаrning qo‘zg‘аlgаn holаtgа o‘tish 
    ehtimolligini kаmаygаni uchun gаzning yorug‘lik chiqаrishi susаyib ketаdi. Nаydа 
    mustаqil rаzryad hosil bo‘lishi uchun 3- qorong‘i sohа hаl qiluvchi аhаmiyatigа 
    egа, chunki shu sohаdа pаydo bo‘lgаn musbаt ionlаr kаtodgа etib kelib 
    urilgаnlаridа undаn etаrlichа miqdordа elektronlаrni urib chiqаrilishini 
    tаominlаydilаr. Kаtod qorong‘iligi sohаsi keskin 4- mаnfiy miltillаmа rаzryad 


    sohаsigа o‘tаdi. Bu nurlаnish sohаsi kаtod tomondа qаtoiy chegаrаlаngаn. U 
    аsosаn elektron vа musbаt ionlаrning rekombinаtsiyalаnishi oqibаtidа gаzgа 
    kelаdi. Аnod tomongа borgаn sаri miltillаmа nurlаnish rаvshаnligi susаyib borаdi 
    vа elektron qorong‘ining eng tez elektronlаri hаm etib kelа olmаydigаn, 5- Fаrаdey 
    qorong‘iligi sohаsigа tutаshib ketаdi. Yuqoridа tаvsiflаngаn rаzryad sohаsidа 
    mustаqil rаzryadni ushlаb turish uchun kerаk bo‘lgаn bаrchа jаrаyonlаr sodir 
    bo‘lаdi, shuning uchun 1-5 sohаni rаzryadning kаtod qismi deyilаdi. Fаrаdey 
    qorong‘iligidаn keyin musbаt nurlаnish deb аtаlgаn 6 sohа boshlаnib аnodgаchа 
    bo‘lgаn orаliqni to‘lа egаllаydi. Bu sohаdа elektron vа musbаt ionlаrning 
    kontsentrаtsiyasi vа umumаn ionlаshish yuqori bo‘lаdi. Sohа kаttа elektr 
    o‘tkаzuvchаnligigа egа. Musbаt sohа аsosаn elektron vа musbаt ionlаrning 
    rekombinаtsiyalаnishi tufаyli hosil bo‘lаdi. Nаydаgi gаzning turigа qаrаb turli 
    rаngdаgi rаzryad xosil bo‘lаdi. Mаsаlаn neon gаzi rаvshаn qizil, аrgon-ko‘k 
    yorug‘lik chiqаrаdi vа boshqаlаr. Shuning uchun miltillаmа rаzryad kunduzgi 
    yorug‘lik lаmpаlаridа qo‘llаnilаdi.Elektr zaryadi materiyaning fizik xossasi boʻlib, 
    zaryadlangan moddaning elektromagnit maydonga qoʻyilganda kuchga ega 
    boʻlishiga olib keladi. Elektr zaryadi musbat yoki manfiy boʻlishi mumkin 
    (odatda protonlar va elektronlar tomonidan tashiladi). Bir xil ishorali zaryadlar bir-
    birini itaradi va turli ishorali zaryadlar bir-birini tortadi. Aniq zaryadsiz 
    jism neytral deb ataladi. Zaryadlangan moddalarning oʻzaro taʼsiri haqidagi 
    dastlabki bilimlar klassik elektrodinamika deb ataladi va kvant taʼsirini hisobga 
    olishni talab qilmaydigan muammolar uchun hali ham toʻgʻri. Elektr 
    zaryadi saqlanadigan kattalik; izolyatsiya 
    qilingan tizimning sof zaryadi
    , musbat 
    zaryad miqdori va manfiy zaryad miqdori yigʻindisi oʻzgarmaydi. Elektr zaryadini 
    subatomik zarralar olib yuradi. Oddiy moddada manfiy zaryadni elektronlarda
    musbat zaryadni esa atom yadrolaridagi protonlarda saqlanadi. Agar moddada 
    elektronlar protondan koʻp boʻlsa, u manfiy zaryadga ega boʻladi, kamroq 
    boʻlsa — musbat zaryadga ega boʻladi, agar ularning soni teng boʻlsa, bu modda 
    neytral boʻladi. Zaryad kvantlangan boʻlib; uni e=1.602× 10-19 C elementar 
    zaryad deb ataladigan birlikka karrali qiymatni qabul qiladi. e erkin mavjud 
    boʻlishi mumkin boʻlgan eng kichik zaryad (kvarklar deb ataladigan zarralar 
    kichikroq zaryadga ega -1/3e yoki 2/3e lekin ular faqat kombinatsiyada topiladi va 
    har doim e ning butun soni boʻlgan zaryadga ega boʻlgan zarrachalarni hosil qilish 
    uchun birlashadilar). Protonning zaryad miqdorii +e, elektroniki esa -e. Elektr 
    zaryadi elektr maydonlarini hosil qiladi. Harakatlanuvchi zaryad esa 
    qoʻshimcha magnit maydon ham hosil qiladi. Elektr zaryadlarining elektromagnit 
    maydon bilan oʻzaro taʼsiri (elektr va magnit maydonlarning 
    kombinatsiyasi) elektromagnit (yoki Lorents) 
    kuchining manbai fizikadagi toʻrtta asosiy kuchlardan biridir. Zaryadlangan 
    zarralar orasidagi foton vositachiligidagi oʻzaro taʼsirlarni oʻrganish kvant 
    elektrodinamika deb ataladi. SI tomonidan olingan elektr zaryad birligi fransuz 
    fizigi Sharl-Agustin de Kulon sharafiga kulon (C) deb 
    nomlangan. Elektrotexnikada zaryad birligini amper-soatda (A
    ⋅h) foydalanish ham 
    keng tarqalgan. Fizika va kimyoda esa asosan elementar zaryaddan (e) birlik 
    sifatida foydalaniladi. Kimyoda bir mol elementar zaryadning zaryadi 


    boʻlgan Faraday doimiysi ham qoʻllaniladi. Kichik q belgisi koʻpincha zaryad 
    miqdorini bildiradi. Elektron, manfiy zaryadlangan zarracha atrofida maydon 
    chiziqlari va ekvipotensial sirtlar koʻrsatilgan diagramma. Elektr 
    neytral atomda elektronlar soni protonlar soniga (musbat zaryadlangan) teng 
    boʻlib, umumiy zaryad nolga teng boʻladi. Zaryad — moddaning boshqa 
    zaryadlangan materiya bilan elektrostatik tortishish yoki itarilishini koʻrsatadigan 
    asosiy xususiyatidir. Elektr zaryadi koʻplab subatomik zarralarning xarakterli 
    xususiyatidir. Erkin turgan zarrachalarning zaryadlari e elementar zaryadga karrali 
    boʻladi; shuning uchun biz elektr zaryadi e ni kvantlangan deymiz. Maykl 
    Faraday oʻzining elektroliz tajribalarida birinchi boʻlib elektr zaryadining diskret 
    tabiatini qayd etdi. Robert Millikanning neft tomchilari tajribasi bu haqiqatni 
    toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatdi va elementar zaryadni oʻlchadi. Makroskopik obyektlar 
    shakllanishi jarayonida tarkibiy atomlar va ionlar odatda neytral atomlarga elektr 
    bilan bogʻlangan neytral ionli birikmalardan tashkil topgan tuzilmalarni hosil qilish 
    uchun birlashadi. Shunday qilib, makroskopik ob’ektlar umuman neytral boʻlishga 
    intiladi, ammo makroskopik ob’ektlar kamdan-kam hollardagina mutloq neytral 
    boʻladi.Baʼzan makroskopik obyektlarda material boʻylab tarqalgan, oʻz joyida 
    qattiq bogʻlangan ionlar mavjud boʻlib, ob’ektga umumiy aniq musbat yoki manfiy 
    zaryad beradi. Shuningdek, oʻtaoʻtkazuvchi elementlardan yasalgan makroskopik 
    obyektlar kamroq yoki osonlik bilan (elementga qarab) elektronlarni qabul qilishi 
    yoki berishi, soʻngra aniq manfiy yoki musbat zaryadni saqlashi mumkin. Agar 
    obyektning aniq elektr zaryadi nolga teng boʻlmasa va harakatsiz boʻlsa, bu 
    hodisa statik elektrlanganlik deb nomlanadi. Buni ikkita oʻxshash boʻlmagan 
    materialni bir-biriga ishqalash, masalan, ani moʻynaga yoki shisha bilan ipak bilan 
    ishqalash orqali osongina zaryad hosil qilish mumkin. Shu tarzda, elektr 
    oʻtkazmaydigan materiallar sezilarli darajada musbat yoki manfiyy zaryadlanishi 
    mumkin. Bir materialdan olingan zaryad boshqa materialga oʻtkaziladi va ikkinchi 
    jism birinchi jism 
    bilan bir xil kattalikdagi
    , ammo qarama-qarshi ishora bilan 
    zaryadlanib qoladi. Zaryadning saqlanish qonuni har doim amal qiladi, musbat 
    zaryadlangan obyektga bir xil kattalikdagi manfiy zaryad berishi kerak, yoki 
    aksincha. 
    Birlik SI tomonidan olingan elektr zaryad miqdorining birligi kulondir (belgi: C). 
    Kulon, bir soniya davomida bir amperga ega boʻlgan elektr 
    oʻtkazgichning kesimidan oʻtadigan zaryad miqdori sifatida aniqlanadi. Bu birlik 
    1946-yilda taklif qilingan va 1948-yilda ratifikatsiya qilingan. Elektr zaryad 
    miqdorini koʻrsatish uchun odatda q belgisi ishlatiladi. Elektr zaryadining miqdori 
    toʻgʻridan-toʻgʻri elektrometr bilan yoki bilvosita ballistik galvanometr bilan 
    oʻlchanishi mumkin. Elementar zaryad (protonning elektr zaryadi) SI birliklar 
    tizimida asosiy kattalik sifatida ishlatiladi. Elementar zaryadning qiymati, SI birlik 
    sistemasida aynan 1.602176634×10-19 C ga teng Tarix[tahrir | manbasini 
    tahrirlash] 
    Kulon burilish balansi 
    Qadim zamonlardan beri odamlar toʻrt turdagi hodisalar bilan tanish boʻlgan, 
    bugungi kunda hammasi elektr zaryadi tushunchasi yordamida tushuntiriladi: 
    (a) chaqmoq, (b) torpedo baliqlari (yoki elektr nurlari), (c) Avliyo Elmo olovi va 


    (d) moʻyna bilan ishqalangan qahrabo kichik, yengil narsalarni oʻziga tortishi[6]. 
    Qahrabo haqida birinchi maʼlumot koʻpincha qadimgi yunon matematigi Miletlik 
    Talesga tegishli boʻlib, u miloddan avvalgi (624-546) davrlarda yashagan. Ammo 
    Thales biron bir yozuv qoldirganmi yoki yoʻqmi degan shubhalar mavjud; chunki 
    uning qahrabo haqidagi yozuvlari 200-yillarning boshidagi manbalardan maʼlum. 
    Miloddan avvalgi 600-yillarda Thales bu hodisani jonsiz narsalarning ruhi 
    borligining isboti sifatida tushuntirdi[8]. Boshqacha qilib aytadigan boʻlsak, elektr 
    zaryadi haqida hech qanday tushuncha yoʻq edi. Umuman olganda, qadimgi 
    yunonlar ushbu toʻrt turdagi hodisalar oʻrtasidagi bogʻliqlikni tushunishmagan. 
    Elektrostatikada zaryadning roli[tahrir | manbasini tahrirlash] Elektrostatika 
    deganda obyektning elektr zaryadi va muvozanat holatida boʻlmagan ikkita obyekt 
    birlashtirilganda tegishli elektrostatik zaryad tushuniladi. Elektrostatik razryadda 
    esa ikki obyektning har birining zaryadida oʻzgarish hosil boʻladi. Ishqalanish 
    orqali elektrlashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash] Shisha boʻlagi va moʻyna 
    parchasi (birortasi ham elektr xususiyatiga ega boʻlmagan) bir-biriga ishqalansa va 
    ishqalangan yuzalar bir biriga tegib tursa ular elektr xususiyatlarini koʻrsatmaydi. 
    Biroq, bir-biridan ajralganda ular bir-birlarini oʻziga tortadilar. Ikkinchi shisha 
    boʻlagini boshqa qatron bilan ishqalab, soʻng ularni birinchi shisha va qatron 
    boʻlaklari yoniga osilsa, quyidagi hodisalarni keltirib chiqaradi: Ikki shisha 
    boʻlaklari bir-birini itaradi. Har bir shisha boʻlagi har bir qatron boʻlagini oʻziga 
    tortadi. Ikki boʻlak qatronlar bir-birini itaradi. Bu tortishish va itarilish elektr 
    hodisasidir va ularni koʻrsatadigan jismlar elektrlangan yoki elektr 
    zaryadlangan deb ataladi. Jismlar boshqa koʻplab 
    usullar bilan
    , shuningdek 
    ishqalanish orqali ham elektrlanii mumkin. Ikki shisha boʻlakning elektr 
    xususiyatlari (zaryad ishorasi) bir xil va qatronnikiga qarama-qarshidir: Shisha 
    qatron itaradigan narsani oʻziga tortadi va qatron tortadigan narsani itaradi. Elektr 
    tokida zaryadning roli[tahrir | manbasini tahrirlash] Elektr toki — bu jismdan 
    elektr zaryadining oqishidir. Asosiy zaryad tashuvchilar rolini musbat 
    zaryadlangan proton va manfiy zaryadlangan elektronlar oʻynaydi. Ushbu 
    zaryadlangan zarralarning har qaysisining harakati elektr tokini vujudga keltiradi. 
    Koʻpgina hollarda, elektr toki yoʻnalishi boʻyicha harakatlanadigan musbat 
    zaryadlar yoki teskari yoʻnalishda harakatlanadigan manfiy zaryadlar tomonidan 
    olib borilishidan qatʼi nazar, elektr toki haqida gapirish kifoya. Ushbu 
    makroskopik nuqtai nazar elektromagnit tushunchalar va hisoblarni 
    soddalashtiradigan taxminiy koʻrinishdir. Mikroskopik nuqtai nazarda, elektr 
    tokini oʻtkazishning koʻplab usullari borligini koʻrish mumkin, jumladan: 
    elektronlar oqimi; musbat zarralar kabi harakat qiladigan elektron kovaklar oqimi; 
    va elektrolitik eritmada yoki plazmada qarama-qarshi yoʻnalishda oqadigan musbat 
    va manfiy zarralar (ionlar yoki boshqa zaryadlangan zarralar) oqimi. Eʼtiborli 
    boʻlish kerak boʻlgan joyi shundaki, metall simlarning umumiy va muhim holatida 
    elektr toki yoʻnalishi haqiqiy zaryad tashuvchilarning (yaʼni elektronlar) siljish 
    tezligiga qarama-qarshidir. Bu esa fizikani yangi oʻrganuvchilar uchun chalkashlik 
    boʻlishi mumkin. Elektr zaryadining saqlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash] 
    Izolyatsiyalangan sistemaning umumiy elektr zaryadi sistema ichidagi 
    oʻzgarishlardan qatʼi nazar, oʻzgarmas boʻlib qoladi. Ushbu qonun fizikaga 


    maʼlum boʻlgan barcha jarayonlarga xosdir va toʻlqin funksiyasining gauge 
    invariantligidan lokal shaklda olinishi mumkin. Zaryadning saqlanishi zaryad 
    oqimining uzluksizlik tenglamasiga olib keladi. 
    Aeroionoterapiya (aero... va yun. ion – 
    keluvchi
    , terapiya) – havo ionlari bilan 
    davolash usuli. Bunda maxsus asboblar – aeroionizatorlar ishlatiladi; ular 
    yordamida havoda koʻplab aeroionlar hosil qilinadi. Aeroionlar nafas yoʻllari va 
    oʻpka alveolalaridagi oʻz konsentratsiyasi va zaryadiga qarab, oʻpka 
    interoreseptorlari – sezuv nervi uchlarining qoʻzgʻaluvchanligini oʻzgartiradi. Bu 
    yerda hosil boʻlgan impulslar 
    bosh miya markazlariga boradi
    , soʻngra a’zolarga 
    tegishli signallar yetib keladi. Aeroionlar oʻpka alveolalari devoridan qonga oʻtib, 
    oʻz zaryadini qon oqsillari va hujayra elementlariga beradi. Natijada qon va boshqa 
    suyuqliklarda (mas, orqa miya suyuqligʻida) elektr zaryadlarining miqdori 
    oʻzgaradi, bu hol markaziy va vegetativ nerv sistemasining faoliyatiga, 
    pirovardida, organizm faoliyatiga foydali ta’sir etadi. Aeroionoterapiya ta’sirida 
    toʻqimalarda moddalar almashinuvi va oksidlanish qaytarilish 
    jarayonlari 
    tezlashadi
    , kislorod bilan ta’minlash kuchayadi. Aeroionoterapiya odatda boshqa 
    davo tadbirlari bilan birga qoʻllaniladi. Aeroionoterapiyadan bronxiol astma, 
    gipertoniya, uzoq vaqtgacha bitmaydigan yarachaqalarni va boshqa kasalliklarni 
    davolashda foydalaniladi. Aeroionoterapiya umumiy tarzda qoʻllanilishi 
    yoki havo 
    oqimi faqat jarohat
    , yaraga yoʻnaltirilishi mumkin. Aeroionoterapiyaning bir qadar 
    mukammal usuli–gidroaeroionoterapiya Toshkentdagi Salomatlikni tiklash va 
    fizioterapiya ilmiy tadqiqot institutida keng qoʻllaniladi.[1] 
    Jahon Sog`liqni saqlash tashkilotining epidemiologik ma`lumotlariga ko`ra, dunyo 
    aholisining 50 foizi allergik kasalliklar bilan og`riydi. Ammo raqamlar bundan 
    ham katta bo`lishi mumkin...Hammaga ma`lumki, immun tizimi bizni yot 
    ta`sirlardan himoya qiladi. Aslida organizmda himoya oqsillari — 
    immunoglobulinlar ishlab chiqiladi. Allergik kasalliklarda bevosita ishtirok 
    etadigan immunoglobulin E odatda me`yorida ishlab chiqiladi. 
    Insonlarda tashqi ta`sirlar (daraxt gullari changi, uy changi, 
    maishiy kimyo

    hayvonlar juni, o`simliklar changi, o`simlik oqsillari, zamburug`lar)ga nisbatan 
    qonda immunoglobulin E oshib ketadi. Bu 
    himoyaviy xarakterga ega
    , ya`ni 
    immunoglobulin E qonimizga tushgan “begona”ni yo`q qiladi. Ko`pchilik 
    kishilarda bu holat hech qanday belgilarsiz o`tib ketadi. 
    Ba`zi kishilarda immunoglobulin E miqdorining oshib ketishi qonimizdagi 
    gistamin va gistaminsimon moddalar me`yoridan ziyod bo`lishiga va allergik 
    reaksiyaning yuzaga chiqishiga sababchi bo`ladi.Kuzatishlarga ko`ra, allergiyaning 
    ko`payib ketishiga asosan ekologiyaning buzilishi, atmosferamizga ko`p miqdorda 
    zaharli gazlarning chiqarilishi, organizmimiz unchalik moslashmagan har xil 
    biologik qo`shimchalarning ko`p 
    miqdorda ishlatilishi
    , sintetik preparatlarning 
    doimiy qo`llanilishi singari holatlar sababchi bo`lmoqda 
    Allergiya rivojlanish ehtimollari sirasida irsiy moyillik asosiy rol o‘ynaydi. Ota-
    onadan biri allergiya bilan og‘risa bolada allergiya rivojlanishi 30-40, ham ota, 
    ham onada allergiya bo‘lsa, bolada kasallik rivojlanishi ehtimoli 70-75% ga qadar 
    ortadi. 


    Bolalarda allergiya rivojlanish ehtimollari 
    Allergiyaning kelib chiqish sabablaridan yana biri chaqaloq va yosh bolalarga 
    antibiotik dorilarni pala-partish qo`llashdir. Hatto bunday vaqtda bolada bronxial 
    astma kelib chiqishi kuzatiladi. 
    Eyiladigan ovqatimiz ham allergiyaning kelib chiqishiga sababchi 
    bo`layotganligini ko`rsatib o`tishimiz lozim. Yuz yil oldingiga qaraganda 
    eyiladigan ovqat tarkibi o`zgardi. Kerakli moddalar miqdori ikki marta qisqargan 
    bo`lsa, kaloriya miqdori oshdi. Harakatchanlik esa kamaydi. Bu narsa semirishga 
    olib kelmoqda. Natijada har xil kasalliklar soni ham oshib bormoqda. 
    Immun tizimi allergen (yot begona narsa) bilan uzviy aloqada bo`lganda uning 
    xususiyatlarini xotirasida saqlab qoladi. Keyin o`sha allergen bilan qayta 
    uchrashganda esa uni “tanib” qarshi hujumga o`tadi. Ushbu jarayon sensibilizasiya 
    jarayoni deyiladi. Bu turli kishilarda turlicha kechadi va bir necha kundan bir 
    necha yilgacha davom etishi mumkin. Har bir kishi allergiyaning turlari haqida 
    qisqacha ma`lumotga ega bo`lishi kerak. 

    Download 246.36 Kb.




    Download 246.36 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Farg’ona filiali “Axborot texnologiyalari” kafedrasi

    Download 246.36 Kb.
    Pdf ko'rish