Farg’ona politexnika instituti qurilish fakulteti c21 A20 guruh talabasi mominjonov botirbekning beton va temirbeton texnologiyasi fanidan




Download 1,42 Mb.
Sana14.05.2024
Hajmi1,42 Mb.
#230920
Bog'liq
BETON VA TEMIRBETON TEXNOLOGIYASI BOTIR AKA


FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
QURILISH FAKULTETI
C21 A20 GURUH TALABASI
MOMINJONOV BOTIRBEKNING
BETON VA TEMIRBETON TEXNOLOGIYASI
FANIDAN
T A Q D I M O T I
Qabul qildi: UMRIDINOV I
2024 YIL.

BETONNING KLASIFIKATSIYASI VA BETON TOG’RISIDA MALUMOT.

1. 1. Asosiy tushunchalar Beton deb bog’lovchi moddalar, suv, mayda va yirik to’ldiruvchilarning ma’lum proportsional miqdorlarda olingan qorishmani yaxshilab aralashtirish, zichlashtirish va qotishi natijasida olingan sun’iy tosh materialiga aytiladi. Qurilishda sement yoki boshqa noorganik bog’lovchi moddalardan tayyorlangan betondan keng ko’lamda foydalaniladi. Bu betonlar asosan suv bilan qorishtiriladi.

Betonning faol tashkil еtuvchilari sement va suvdir, ularning reaktsiyaga kirishishi natijasida to’ldiruvchi zarralarini biriktiradigan yaxlit quyma sement toshi hosil bo’ladi.

Sement va suv betonning faol tarkibiy moddalari hisoblanadi: ular orasidagi reaktsiyalar natijasida to’ldiruvchi zarralarini yaxlit monolitga bog’lovchi sement toshi paydo bo’ladi.

Sement va to’ldiruvchi orasida kimyoviy ta’sirlashuv yuzaga kelmaydi (avtoklav ishlov berish orqali olinadigan silikat betonlardan boshqa). Shuning uchun to’ldiruvchilarni inert ashyolar deb ataydilar. Biroq, ular beton xususiyati va tarkibiga ta’sir qiladi va bu ta’sirni beton tarkibini loyihalashda hisobga olish taqazo еtiladi.

To’ldiruvchi sifatida asosan maxalliy tog’ jinslari va ishlab chiqarish chiqindilari (shlaklar va boshqalar)dan foydalaniladi. Bunday arzon to’ldiruvchilardan foydalanish betonning narxini arzonlashtiradi, chunki to’ldiruvchi va suv betonning 85-90% ni, sement еsa 10-15% hajmini tashkil еtadi. Keyingi yillarda qurilishda g’ovak sun’iy to’ldiruvchilardan tayyorlangan engil beton keng ko’lamda qo’llanilmoqda.

G’ovakli to’ldiruvchilar beton zichligini pasaytiradi, bu еsa uning issiqlikni tutib qolish xususiyatini yaxshilaydi. Beton va beton qorishmasining xususiyatlarini boshqarish uchun uning tarkibiga kimyoviy qo’shimcha aralashtirilib, beton qorishmasining qotishi tezlashtiriladi yoki sekinlashtiriladi, uni ancha plastik va qulay quyiluvchanligi oshiriladi, qotish jarayoni tezlashtiriladi, uning mustahkamligi va sovuqqa

Chidamliligini ko’tariladi. Zarur hollarda beton xususiyatlari boshqa yo’nalishda o’zgartiriladi. Beton – asosiy qurilish ashyosidir. Unga keng qamrovda turli xususiyatlar, jumladan mustahkamlik, zichlik, issiqlik o’tkazuvchanlik va boshqa shu kabi xossalarni berish mumkin.

1. 2. Betonning klassifikatsiyasi Hozirgi zamonda qurilishda betonning turli xillaridan foydalanilmoqda. Beton turlarini qo’llangan materiallar xususiyatlari va belgilangan maqsadiga qarab klassifikatsiyalash bo’yicha tartibga solish mumkin. Betonning ko’p xususiyatlari uning zichligiga bog’liqdir, ya’ni beton zichligi sement toshining zichligiga, to’ldiruvchilarning turi va beton tuzilishiga bog’liq.

Beton zichligi bo’yicha o’ta og’ir (2500 kg/m 3 va undan ortiq); og’ir (1800- 2000 kg/m 3 ); engil (500-1800 kg/m 3 ); o’ta engil (500 kg/m 3 dan kam) turlariga bo’linadi. O’ta og’ir betonlar og’ir to’ldiruvchilardan – po’lat qipig’i va qirindisidan (po’lat beton), temir rudadan (limonit va magnetit betonlar) yoki baritdan (barit beton) tayyorlanadi.

Qurilishda asosan zichligi 2100-2500 kg/m 3 bo’lgan tog’ jinslaridan olingan to’ldiruvchili (granit, ohaktosh, diabaz va b. ) oddiy og’ir betonlar qo’llaniladi. 1800-2000 kg/m 3 zichlikdagi betonlar 1600-1900 kg/m 3 zichlikka еga bo’lgan tog’ jinslari - shag’allardan tayyorlanadi.

Engil beton g’ovak to’ldiruvchilardan (keramzit, agloporit, ko’pchitilgan shlak, pemza, tuf) olinadi. Engil betonlarning qo’llanilishi qurilish konstruktsiyalari og’irligini kamaytiradi, qurilishni arzonlashtiradi, shuning uchun ularni ishlab chiqarish tezkorlik bilan o’smoqda.

O’ta engil betonlarga g’ovakli betonlar kiradi, ularni bog’lovchi, mayda yanchilgan qo’shimchalar va suv qo’shilgan qorishmani maxsus usulda ko’pchitib olinadi (gazbeton, ko’piksimon beton) va yirik g’ovakli beton engil to’ldiruvchi asosida tayyorlanadi. G’ovakli betonda to’ldiruvchi o’rnida sun’iy tayyorlangan g’ovakdagi havo hisoblaniladi.

Bog’lovchi modda betonni xususiyatini aniqlaydigan asosiy tashkil еtuvchi bo’lib, uning turlari bo’yicha betonlar farqlanadi, jumladan: sementli, silikatli, gipsli, ishqor shlakli, betonpolimerli, polimertsementli betonlar va maxsus betonlar.

Silikat betonlar ohak asosida tayyorlanadi. Bunday usulda tayyorlanadigan betonlarni qotirishda avtoklav usulidan foydalaniladi. Gips betonlar, turli navli gipsdan, ichki devorlar, osma shift va pardoz еlementlarini tayyorlashda foydalaniladi. Bu betonning turli xillari – gipstsement – putstsolanli betonlar suvga o’ta chidamliligi uchun qo’llash ko’lami ancha keng (sanuzellarning hajmli bloklari, kam qavatli uylar konstruktsiyalari va boshqalar). Shlakishqorli betonlar еndigina qurilishda qo’llanila boshlandi. Bunday betonlardagi bog’lovchi o’rnida maydalangan shlaklarning ishqorli qorishma bilan aralashmasidan foydalaniladi. Betonpolimerlar asosi smoladan yoki furfurolatseton misolidagi maxsus qo’shimchalar yordamida betonda qotadigan monomerlardan tashkil topgan turli polimer bog’lovchilardan (poliеfirli, еpoksidli, karbamidli) tayyorlanadi. Bunday betonlar agressiv muhit va o’ta o’tkir ta’sirga еga bo’lgan (ishqalanish, kavitatsiya va b. ) sharoitlarda qo’llash juda o’rinli. Betonlar aralash bog’lovchilar, sement va polimer moddalardan ham tayyorlanadi. Bunday betonlarni polimertsement deb ataladi


Download 1,42 Mb.




Download 1,42 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Farg’ona politexnika instituti qurilish fakulteti c21 A20 guruh talabasi mominjonov botirbekning beton va temirbeton texnologiyasi fanidan

Download 1,42 Mb.