|
Farg’ona politexnika instituti S21A-20 guruhi talabasi Yandashev Mansurning “Isssiqlik texnikasi va issiqlik texnikasi uskunalari” fanidan mustaqil ishi
|
bet | 2/3 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 290,78 Kb. | | #230924 |
Bog'liq BETON VA TEMIRBETON TEXNOLOGIYASI KAMOLIDDINMineral (anorganik) bog‘lovchi moddalar. Qadim zamonlarda parchalangan va butun toshlarni bir-biriga zich joylashtirib yoki band, qavs bilan qisib inshootlar qurishgan. Biroq bunday usulda katta inshootlar qurish qiyin edi, shuning uchun odamlar toshni bir-biriga biriktirishning boshqa yo‘llarini izlay bosh-ladilar. Ular dastlab gildan foydalanishgan, birok gil qurigan vaqtda kichrayadi, bu esa ravshanki, yoriqlar xosil bo‘lishiga olib keladi. Bundan qutilish maqsadida qumtuprokdan foydalana boshladilar, mustaxkamligini oshirish uchun esa turli xil tolasimon moddalar qushdilar, eramizdan taxminai 3-4 ming yil avval quydirish yo‘li bilan olinadigan bog‘lovchi moddalar paydo buldi. Ulardan eng birinchisi gips edi. Gips uncha yuqori bo‘lmagan xaroratda.ya’ni I40- 190°C da gips tarkibli jinsni kuydirib olingan. So‘ngra ohakdan xam foydalanila boshlandi. Gips va ohakning bunchalik erta ishlatilishiga tabiatda gipstosh va ohaktoshning kup tarkalganligi va ularni qayta ishlash osonligi sabab buldi. Gips va ohak quydirilganda o‘zgarish xosil bulishi ulardan bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarishda foydalanish mumkin, degan fikrni yuzaga keltirgan bo‘lsa ajab emas. Rivojlanayotgan shaxar xo‘jaligiga va yo‘l qurilishiga suvga chidamli, mustaxkamligi yuqori bo‘lgan bog‘lovchi moddalar kerak edi. SHuning uchun barcha mamlakatlarda ohakdan keng foydalanildi, barcha 'ilmiy ishlar esa tarkibi ohakli xom-ashyoning sifatini yaxshilash va bu xom-ashyo asosida qurilish moddalari olish texnologiyasini takomillashtirishga qaratilgan. Jumladan, Rossiyada, xamda qadimgi rus shaxarlari Kiev, Novgorod, Pskov, Rostov va Moskva shaxar devorlarini, ibodatxona va minoralarini qurishda ohakli xom-ashyodan foydalanilgan. Angliyada Disan Smitontarkibidagiqushimchalari bor kuydirilgan ohak maxsulotini tatbiq etdi. Bu bog‘lovchi modda gidravlik xossaga ega edi, shuning uchun uni gidravlik ohak deb ataldi. So‘ngra esa putssolon va ohak aralashmasidan iborat maxsulot olindi va u romansement deb ataldi. 1825 yilda E.G.CHelievning kitobi nashrdan chiqdi. U o‘z kitobida sun’iy xom-ashyo aralishmasidan iborat bog‘lovchi moddani ishlab chi-qarish texnologiyasi xaqida batafsil yozgan edi. Sun’iy xom-ashyo esa ohaktoshni quydirish natijasida xosil bo‘lgan bir qism ohakdan va bir qism gildan iborat.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Farg’ona politexnika instituti S21A-20 guruhi talabasi Yandashev Mansurning “Isssiqlik texnikasi va issiqlik texnikasi uskunalari” fanidan mustaqil ishi
|