Tuzuvchi:
Assistant S.Sultonov
(lavozimi, darajasi va ilmiy unvoni) (imzo)
Taqrizchi:
. katt.o’qituvchi Q.Q.Nabiev
(F.I.SH. lavozimi, darajasi va ilmiy unvoni) (imzo)
Fanning ishchi o’quv dasturi «Tabiiy tolalar » kafedrasining 2021yil «___» avgustdagi __ - son yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet Kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: I.Toshpulatov «__» ________ 2021 yil
Fanning ishchi o’quv dasturi Yengil sanoat va to’qimachilik fakulteti kengashida muhokama etilgan va institut Ilmiy Kengashiga tavsiya qilingan. 2021yil «___» _____ dagi ___- sonli bayonnomasi.
Fakultet Kengash raisi: ___ R.Anorov «__» _________ 2021-yil
KELISHILDI:
O’quv uslubiy
boshqarma boshlig’i: ____ Sh.Xamdamova «__» __________ 2021 yil
Farg’ona politexnika Institutning 2021yil “____” avgustdagi ___ son Ilmiy Kengashida muhokama etilgan va tasdiqlangan
О‘quv fani о‘qitilishi bо‘yicha uslubiy kо‘rsatmalar
“ Yengil sanoat jihozlari puxtaligi” fanining asosiy maqsadi talabalar yengil sanoat jihozlari mustaxkamligini, ularning chidamliligini о‘rganish, ishlatish, ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat kо‘rsatishni tashkil qilish bо‘yicha nazariy va bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy kо‘nikmalar, yengil sanoat sohasidailmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bо‘yicha talabalarning bilim, kо‘nikma va malakalariga qо‘yidagi talablar qо‘yiladi. Talaba:
– yengil sanoat korxonalarida ishlatiladigan texnologik mashinalar va jixozlarining puxtaligini nazariyasi va hisoblash asoslarini; yengil sanoat korxonalari mashinalari elementlari va ish rejimlarining aniq sharoitlar uchun puxtalik kо‘rsatgichlari tanlash usullari tо‘g‘risida tasavvurga ega bо‘lishi;
– yengil sanoat korxonalarida qо‘llaniladigan texnologik mashinalar va jihozlarni aniq sharoitlar uchun texnik va iqtisodiy asoslangan holda tо‘g‘ri tanlash; yengil sanoat korxonalari mashinalarini puxtalik kо‘rsatgichlari va ish rejimlarini tanlash maqsadida hisoblash; yengil sanoat korxonalari mashinalari konstruktiv parametrlarining geometrik nisbatlarini tо‘g‘ri aniqlash usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
–ishlab chiqarilayotgan va ishlatilayotgan yengil sanoat korxonalari mashinalarini texnik-iqtisodiy va konstruktiv tahlil qilish; ularni aniq sharoitlarda samarali ishlatish; yengil sanoat korxonalari mashinalarining muqobil puxtalik kо‘rsatgichlari va ish tartiblarini belgilash kо‘nikmalariga ega bо‘lshii kerak.
|