Fargʻona politexnika instituti Yest fakulteti 91-21-guruh talabasi Moʻminova Maftunaning materiallar qarshligi fanidan mustaqil ishi




Download 187.77 Kb.
Sana08.06.2023
Hajmi187.77 Kb.
#71237
Bog'liq
24-mavzu, 24-mavzu, Отсканированные документы, Photo to PDF 2023-12-18 10-33-39

Fargʻona politexnika instituti YeST fakulteti 91-21-guruh talabasi Soyibjonov Yosinbekning materiallar qarshligi fanidan mustaqil ishi

CHO‘ZILISH VA SIQILISH


Agar tashqi kuchlar ta’sirida sterjen ko‘ndalang kesim yuzasida
faqat ichki bo‘ylama kuch N hosil bo‘lsa, cho‘zilish va siqilish
deformatsiyasi paydo bo‘ladi.
Cho‘zilish va siqilish deformatsiyasi ramali konstruksiyalar
elementlarida, kolonnalarda, fundamentlarda va fermalar elementlarida
yuz berishi mumkin. Faqat cho‘zilishga ishlaydigan, ya’ni cho‘zuvchi
kuchlarni qabul qiluvchi o‘ziga xos konstruksiyalarga troslar, zanjirlar,
elektr uzatish simlari va boshqalar kiradi.
Ular umumiy holda egiluvchi
iplar deb ataladi.
Cho‘zilishda sterjenning bo‘ylama o‘lchamlari uzayib, siqilishda
esa u qisqaradi. Bu hodisani kuzatish uchun oson deformatsiyalanuvchi
materialdan tayyorlangan sterjenga uni o‘qi bo‘ylab qo‘yilgan
cho‘zuvchi P kuch ta’sir etgan holatni ko‘ramiz (4.1-rasm).
Buning uchun (kuch ta’sir etguncha) sterjen sirtiga o‘zaro tik
chiziqlardan to‘r yasaymiz (4.1-rasm).
Sterjenning deformatsiyalanishgacha bo‘lgan holati 4.1a-rasmda,
deformatsiyadan keyingi holati 4.1b-rasmda ko‘rsatilgan. Ko‘rinib
turibdiki, o‘tkazilgan ko‘ndalang chiziqlar deformatsiyadan keyin ham
to‘g‘riligi va sterjen o‘qiga tikligini saqlab qolgan. Sterjenning
mahkamlangan joyiga yaqin qismi va tashqi P kuch qo‘yilgan nuqta
atroflari bundan mustasno, ya’ni 4.1b-rasmdagi 1- va 2-qismlar.
Ushbu qismlarning o‘lchamlari sterjen uzunligiga nisbatan juda
kichik bo‘lganligi sababli, ularni sterjen ko‘ndalang kesimi
o‘lchamlariga yaqin deb qarash mumkin.
Qism o‘lchamlarini aniqlab
beruvchi ushbu qoida Sen – Venan prinsipi deb ataladi. Sterjenga
chizilgan to‘rdagi keskin o‘zgarishlar asosan sterjendagi teshiklar
atrofida, sterjen ko‘ndalang kesimlarining o‘zgargan joylarida hosil
bo‘lishi mumkin. Hisoblash ishlarida bu qismlar e’tiborga olinmaydi.
Sterjenning bo‘ylama o‘qiga tik o‘tkazilgan to‘g‘ri chiziqlar,
ko‘ndalang kesimning ko‘chish izlari hisoblanib (4.1b-rasm) ular
deformatsiyadan keyin ham (2.7-rasmdagi kabi) to‘g‘ri chiziqli holatini
saqlab qoladi.
Sterjenning deformatsiyagacha tekis bo‘lgan ko‘ndalang kesimlari
deformatsiyadan keyin ham tekisligini saqlab qolishi rasmdan ko‘rinib
turibdi. Bu holat Bernulli tomonidan qabul qilingan gipotezani o‘zida
aks ettiradi. Ushbu gipotezaning qo‘llanilishi ko‘ndalang kesimda hosil
bo‘ladigan kuchlanishlarning taqsimlanishini tekshirishni osonlashtiradi.
Ya’ni, sterjenning ko‘ndalang kesimida hosil bo‘luvchi normal
kuchlanishlar ko‘ndalang kesim yuzasi bo‘ylab tekis taqsimlangan, ya’ni
σ=const deb olinishiga imkoniyat yaratadi (4.2-rasm).
Cho‘zilish va siqilishda ichki kuch omili vazifasini bo‘ylama kuch
N, ko‘ndalang kesimning geometrik xarakteristikasini esa – kesim
yuzasi F bajaradi.
Cho‘zilish va siqilishga
ishlayotgan sterjenlarning
mustahkamligini ta’minlash uchun sterjen ko‘ndalang kesimlarida paydo
bo‘ladigan normal kuchlanish σ ruxsat etilgan normal kuchlanish [σ] ga
teng yoki undan kichik bo‘lishi kerak
Ushbu shart (4.2) cho‘zilish va siqilishda mustahkamlik sharti deb
ataladi.
Kuchlanishlarning eng katta qiymati paydo bo‘ladigan ko‘ndalang
kesim xavfli kesim deyiladi. Ko‘ndalang kesimlari o‘zgarmas bo‘lgan
sterjenlardagi xavfli kesimni ichki kuchlar, ya’ni N ning epyurasidan
aniqlash mumkin. Chunki bu holda ichki kuchlarning eng katta
qiymatiga erishgan kesim xavfli kesim bilan ustma-ust tushadi.
O‘zgaruvchan kesimli, masalan pog‘onasimon sterjenlarda ichki kuchlar
N epyurasidan xavfli kesimni topib bo‘lmaydi. Buning uchun sterjen
uzunligi bo‘yiga normal kuchlanish σ ning epyurasini qurish kerak.
Download 187.77 Kb.




Download 187.77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fargʻona politexnika instituti Yest fakulteti 91-21-guruh talabasi Moʻminova Maftunaning materiallar qarshligi fanidan mustaqil ishi

Download 187.77 Kb.