|
Kanal va gruppalarga tarqatmang
|
bet | 2/7 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 3,44 Mb. | | #104728 |
Bog'liq Katta yanvar 3-hafta Men va mening tanamKanal va gruppalarga tarqatmang.
OMONATGA HIYONAT QILMANG.
Guruh: Katta guruhlar uchun
O y mavzusi: Bolalar bog’chasi
Hafta mavzusi: Men va mening tanam
Ta’limiy faoliyat maqsadlari
Ta’limiy: tarbiyalanuvchilarning tana a'zolari haqidagi bilimlarini mustahkamlash, gigiyenaning ahamiyati haqida tushuntirish;
Tarbiyaviy: ozodalik har qanday insonni chiroyiga chiroy qo'shishini tushuntirish, shaxsiy gigiyenaga qoidalariga amal qilishni anglatish;
Rivojlantiruvchi: tarbiyalanuvchilarni o'z fikrini erkin bayon etishga o'rgatish.
Kerakli jihozlar: АКТ, tana azolarining suratlari
Ta’limiy faoliyatning borishi
Tarbiyachi: - Assalomu alaykum, mening topqir tarbiyalanuvchilarim. Bugungi ta’limiy faoliyatimizni badantarbiya qilish bilan boshlaymiz.
(Tarbiyachi nazoratida bolalar badantarbiya mashqlarini bajaradilar.)
Tarbiyachi: - Bolalar, oldingi ta’limiy faoliyatlarimizda shaxsiy gigiyena haqida ko‘p suhbatlashganmiz. Qani, kim aytadi, shaxsiy gigiyenaga nima uchun amal qilish kerak?
1-bola:- Biz har kuni yuz-qo‘limizni, tishlarimizni yuvishimiz, sochlarimizni tarashimiz kerak. Shaxsiy gigiyenaga amal qilsak, sog‘lom bo‘lamiz.
2-bola:- Oyim, ozoda yurgan bolaga kasallik hujum qilmaydi, gigiyena qo‘llar- ni sovunlab yuvishdan boshlanadi, deb aytadilar.
|
| |