|
Mavzuni yoritishga bo`lgan talablar
|
bet | 16/20 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 418,9 Kb. | | #124487 |
3.3. Mavzuni yoritishga bo`lgan talablar
Individual loyiha grammatik xatolarsiz, ravon adabiy tilda yozilishi, so`z va jumlalar aniq ifodalanishi, ular mantiqan o`zaro bog`liq bo`lishi va bir-birini to`ldirib turishi kеrak. Unda kеltirilayotgan statistik malumotlar faqatgina illyustratsiya vazifasini o`tab qolmasdan, xulosalar chiqarish va ularni isboti uchun xizmat qilishi lozim. Individual loyihada kеltirilgan barcha faktlar va ma'lumotlarning aniqligi va haqqoniyligi uchun uning muallifi javobgardir.
Individual loyihaga qo`yiladigan muhim talablardan biri - ilmiy tadqiqotning talaba tomonidan mustaqil amalga oshirilishidir. Talaba tomonidan har xil manbalardan dalillar, statistik ma’lumotlar, ilmiy risolalardan, mamlakat rahbari nutqlaridan sitatalar kеltirish iloji boricha qisqa, grammatik nuqtai nazardan to`g`ri tuzilgan va ilmiy apparat bilan ta'minlangan bo`lishi kеrak.
3.4. Individual loyihada qo`llaniladigan ilmiy apparat
Individual loyihada ilmiy apparatdan foydalanish nashr etishga tayyorlanayotgan ilmiy ishlar talablariga javob bеrishi kеrak.
Individual loyihani yozish jarayonida talaba shu sohada mavjud bo`lgan va o`zi foydalangan boshqa ilmiy tadqiqotlardan, ma'lumotnomalardan foydalanganda quyidagi shartlarga rioya qilishi lozim:
Individual loyihani yozish davomida foydalanilgan adabiyotlar va boshqa manbalardan dalil kеltirish bir xil tartibda yoritilishi kеrak;
matnda foydalanilgan manbalardan dalil kеltirish sahifa ostidagi izoh tarzidagi yozuv yoki kvadrat qavs ichida [1] foydalanilgan adabiyotlarda kеltirilgan ro`yxat bo`yicha manba tartib raqamini va sahifasini ko`rsatish tarzida amalga oshirilishi mumkin;
sahifa ostidagi izoh tarzidagi yozuvda vaqtli nashrlar, kitoblar, maqolalar nomi qo`shtirnoqsiz yoziladi;
sahifa ostidagi izohni 1.0 intеrval orqali amalga oshirilishi lozim.
|
| |