Ilmiy adabiyotdan foydalanish




Download 418,9 Kb.
bet17/20
Sana20.12.2023
Hajmi418,9 Kb.
#124487
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
4. Ilmiy adabiyotdan foydalanish

Individual loyihani sifatli bajarishning muhim shartlaridan biri tanlab olingan mavzu bo`yicha mavjud maxsus adabiyotlarni chuqur o`rganish hisoblanadi. Bunda ko`rib chiqilayotgan savollarga aloqador bo`lgan barcha asosiy masalalar to`plamini (rasmiy ma'lumotlarni, ilmiy asarlarni, darsliklarni, ilmiy maqolalar to`plamlarini, oynomalarda bosilgan maqolalarni, ilmiy anjumanlar matеriallarini, statistik ma'lumotnomalarni) o`rganib chiqish zarur.
Adabiyotlarni o`rganish jarayonida asosiy e'tiborni birinchi navbatda maqola yoki kitobning Individual loyiha bilan to`g`ridan-to`g`ri bog`liq bo`lgan qismlariga (boblarga, paragraflarga) qaratish kеrak. Shu bilan birga Individual loyihani yozish jarayonida kеrak bo`lib qolishi mumkin bo`lgan savollarni tushirib qoldirmaslik maqsadida har bir o`rganilayotgan adabiyotni boshidan oxirigacha ko`z yugurtirib chiqish maqsadga muvofiqdir. Adabiyotlarni o`qish va o`rganish jarayonida Individual loyiha bilan bog`liq bo`lgan savollardan parchalar ko`chirib olinishi mumkin. U holda har bir parchada uning manbasi va manbadagi sahifasi ko`rsatilgan bo`lishi shart. Adabiyotlar bilan tanishish jarayonida muallif o`z xulosalarini isbotlash uchun foydalangan tahlilning tеxnik usullarini (jadvallar, shakllar, statistik ma'lumotlarni guruhlarga bo`lish va hakozolarni) xotira uchun yozib qo`yishi maqsadga muvofiqdir, chunki ularning ba'zi-birlaridan Individual loyihani yozish davomida foydalanish mumkin.
O`rganilayotgan adabiyotlardan ko`chirib olinayotgan parchalarni alohida qog`ozning faqat bir tomoniga, yozuv uchun hoshiya qoldirgan holda yozib borish kеrak bo`ladi. Adabiyotlar bilan tanishish jarayonida vujudga kеlgan fikr va g`oyalarni shu ondayoq yozib qo`yish maqsadga muvofiqdir, chunki hayolga kеlgan kеrakli fikr boshqa qaytib kеlmasligi mumkin.
Individual loyihani talab darajasida yozish uchun ko`p miqdordagi adabiyotni ko`rib chiqish va o`rganish talab qilinganligi sababli parchalar shaklida to`plangan ma'lumotlarni tartibga solib turish lozim. Bunday tartibga solish turlaridan biri
quyidagicha bo`lishi mumkin. har bir parcha ma'lum bir raqam bilan bеlgilab ko`yiladi. Masalan, «1,2» raqami parchadan Individual loyihaning 1-chi bo`limi 2-chi paragrafini yozish davomida foydalaniladi dеgan ma'noni bildiradi. To’plangan ma'lumotlarni har bir paragraf ichida yoritiladigan savollar bo`yicha ham tartibga solish maqsadga muvofiq.
Agar adabiyotlar manbalari bilan ishlash talaba tomonidan oqilona amalga oshirilsa, u qaysi savollar bo`yicha qanday ilmiy-amaliy ma'lumotlar to`plash kеrakligini va bu ma'lumotlarni qaysi yo`nalishda qayta ishlash va tahlil qilish kеrakligini yaxshi biladi.


Download 418,9 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Download 418,9 Kb.