40
multiplikatsiya vositalaridan foydalanib, yangi mavzuni tez va tushunarli tushunib
berish mumkin.
3) Masofaviy ukitishga moslangan eletron darslik.
Bunday darsliklarni Internet tarmog’i orqali o’qish mumkin buladi. Bu darsliklarni
HTML ko’rinishida rasmiylashtiriladi. Bunday darsliklarni
yaratishda axborot
ko’rinishlarining barcha turlaridan foydalaniladi.
Elektron darsliklarga qo’yiladigan talablar:
1. Barcha foydalanuvchilar uchun muljallangan tushunarli
darslik yaratish.
2. Darslik ko’rgazmali materiallarga boy bo’lib, bu orqali ko’prok bilim olish.
3. Darslikda mustaqil ishlash uchun etarli ma’lumotlar
bo’lishi kerak.
4. Bilim va o’zlashtirish darajasini tekshirish uchun
ma’lumotlar bo’lishi kerak.
Xozirgi kunda respublikamizda ham masofadan o’qitish uslubiy materiallari
ayrim fanlarni o’qitishda foydalanilmoqda va yaxshi natijalar bermoqda. Elektron
kutubxonalar, elektron darsliklar, on-layn darslklar rasmga kirmoqda. Misol
sifatida «Zamonaviy informatsion texnologiyalar » elektron darsligi bilan tanishib
chiqish mumkin.
Ya’ni Sizga qulay bo’lgan paytda bu kursni o’rganib chiqishingiz mumkin.
Multimedia darslik o’zida ko’pgina ma’lumotlarni mujassamlash bilan birga,
bu ma’lumotlarni
ekranda namoyish etadi, hamda ovoz yordamida izoxlaydi.
Multimedia darslikning xususiyati u voqea va ma’lumotlarni yakkol aks ettiradi.
Ya’ni multimedia voqea va ma’lumotlarni xayotiylashtiradi. Bu matn, videotasvir,
multiplikatsiya, ovoz va musiqa yordamida amalga oshiriladi.
Internetning ikkita asosiy funktsiyasi bor. Buning birinchisi informatsion
funktsiya bulsa, ikkinchisi esa kommunikatsion funktsiyadir.
Internetning
informatsion
funktsiyasi
birinchi
navbatda
tarmoq
foydalanuvchilariga talab etilayotgan axborotlarni tezkorlik bilan etkazib berish
bo’lsa, ikkinchidan u axborotlarni keng ommaga, jaxon miqyosidagi nixoyatda tez
41
sur’atda e’lon kilish ( nashr kilish ) imkoniyati mavjudligi bilan ifodalanadi.
Internetning yuqori sifatlar bilan rivojlanishi ommaviy axborot faoliyatida va
nashrchiligida keng imkoniyatlar ochib berdi. Masalan, internet yordamida N’yu
Yorkdagi yoki Frantsiyadagi eng sunggi xabarlarni
Toshkentga etkazib berish,
gazeta va o’quv darsliklarni tayyorlash, nashr qilish, hamda ularni keng
o’quvchilar
ommasiga tarqatish, xozirgi mavjud usullardan bir necha un barobar
arzon, tez va samaradorliroq bo’ladi.
Internetning kommunikatsion funktsiyasi foydalanuvchilarning masofadan
turib o’zaro muloqat qilish imkoniyatini yaratib berilishi bilan ifodalanadi. Bunga
misol tariqasida internet elektron pochtasi, internet-telefon va real vaqt oraligidagi
bevosita xabar almashish, Chat - konferentsiya yordamida
amalga oshirilayotgan
muloqatlarni keltirishimiz mumkin . Bundan tashqari internetning kommunikatsion
funktsiyasi uning foydalanuvchilariga videomuloqat qilish, videokonferentsiyalar
uyushtirish, bir shahardan turib ikkinchi shahar ko’chalarini ( masofadagi Web -
kameralar yordamida) tamosha qilish va muzeylarga tashrif buyurish, hamda tabiat
manzaralaridan roxatlanish imkoniyatlarini beradi.