I. BOB. ELEKTRON DARSLIK YARATISHNING NAZARIY
ASOSLARI
1.1. Elektron darsliklar haqida tushuncha.
Bundan yigirma yil oldin elektron darsliklar haqida tasavvurga ham ega
emasdik. Bugun esa axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining taraqqiyoti bois
elektron darsliklardan foydalanish imkoniyatiga egamiz. O‘z navbatida, u bilan
bog‘liq muammolarni ham yechishga harakat qilyapmiz.
Elektron taqdimotlardan darsda namoyish va ko‘rgazmali material sifatida
foydalanish pedagogga katta yordam beradi. O‘quv materialining elektron
taqdimotda animatsiyalar shaklida berilishi o‘tilayotgan mavzuni tushunishni
yengillashtiradi va ko‘rgazmalilikni oshiradi. Namoyish slaydlarini o‘quvchilarga
tarqatma material sifatida ham berish mumkin.
Slaydlarga nisbatan o‘quvchilar o‘zlarining fikrlarini yozadi va bu orqali
ular axborotlar bilan ishlashning quyidagi malakalariga ega bo‘ladilar:
•grafik axborotlarni matn shakliga keltirish yoki teskarisi;
•muhokama etilayotgan mavzu bo‘yicha xulosalar va savollarni
shakllantirish;
•o‘zining o‘quv-bilish faoliyatini rejalashtirish.
Bunday metodika o‘qituvchiga yangi axborotlarni ko‘paytirib borish,
o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi o‘zgarishi bilan ma'lum bir mavzuga
mo‘ljallangan slaydlarni takomillashtirib borish imkoniyatini beradi.
Metodik jihatdan o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro muloqoti ikki turdagi
ta'sirdan iborat. Birinchisi — o‘qitishning ma'lum bosqichida o‘quvchiga shu
bosqichdagi masalani tushunishga yordam beruvchi yo‘naltiruvchi savollar.
Ikkinchisi — masalani aniqlashtiruvchi fikrlar va harakatlar usulini ko‘rsatish.
Savollar va ko‘rsatmalar soni nazariy va amaliy materiallarning o‘quvchi
tomonidan o‘zlashtirilishi hamda malakaning shakllanishiga bog‘liq ravishda
beriladi.
12
Amaliy tahlillar ta'lim jarayonida katta samaraga ega bo‘lishi uchun o‘quv
jarayonida interfaol didaktik o‘yinlar va mashq qildirgichlardan foydalanishni
taqozo etadi. Ular o‘quvchilarning jamoa bo‘lib yoki individual faoliyatini, kasbiy
malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Interfaol o‘yinlar
ma'lum bir kasbiy sifatlarga va malakaga ega bo‘lajak o‘qituvchi shaxsini
shakllantirish maqsadida kelajakda kasbiy faoliyati bilan bog‘liq vaziyatlarni
modellashtirish imkoniyatini beradi. Aynan didaktik o‘yinlar va mashq
qildirgichlarni yaratish elektron o‘quv-metodik majmualar yaratishda katta
qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu qiyinchilik dasturiy-texnik va metodik qiyinchiliklar
bilan bog‘liq.
Elektron darslik – kompyuter texnologiyalariga asoslangan ta'lim
metodlaridan foydalanishga mo‘ljallangan o‘qitish vositasi bo‘lib, undan mustaqil
ta'lim olishda va o‘quv materiallarini har tomonlama samarali o‘zlashtirishda
foydalanish mumkin. Elektron darslikda fanning o‘quv materiallari o‘quvchiga
interfaol usullar bilan, psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot
texnologiyalari, audio va video animatsiyalar imkoniyatlaridan o‘rinli
foydalaniladi.
Elektron darsliklarni loyihalashtirish, ishlab chiqish va o‘quv jarayonida
keng foydalanish dolzarb masalaga aylanmoqda, chunki ulardan ommaviy ravishda
ta'lim sohasida qo‘llanila boshlandi. Oxirgi vaqtlarda elektron o‘quv nashrlarning
turli xillari yaratilib, ular o‘z tarkibiga oddiy gipermatn darslikdan tortib masofaviy
o‘qitishning kompleks tizimlarigacha qamrab olmoqda.
Elektron
darsliklarni
quyidagi
turlarga
ajratish
mumkin:
• matnning elektron versiyasi;
• kitobning gipermatnli elektron versiyasi;
•grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik;
•animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik;
•animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasm, gipermatnli va test tizimlari mavjud
darsliklar.
13
Ushbu sohaning yangiligi va o‘quv-uslubiy ta'minotning yo‘qligi ishlab
chiqilayottan elektron darsliklarning sifat darajasiga jiddiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
Bundan tashqari, darsliklarni yaratishning yagona standartlari majud emasligi va
dasturiy vositalarining turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilishi elektron
darsliklarni o‘quv jarayonida samarali qo‘llashga to‘sqinlik qilyapti deyish
mumkin.
Shuning uchun ham yaratilayotgan elektron darsliklarni baholash
mezonlarini belgilab olish lozim. Avvalambor, elektron darsliklar o‘tilayotgan
darslar sifatini yuksaltirishiga qanday ta'sir ko‘rsatishini bilish kerak. Elektron
darsliklarning an'anaviy usullarga nisbatan quyidagi afzalliklarini keltirish
mumkin:
1. O‘quv axborotlarining taqdim etilish shakli.
2. Kerakli axborotlarni qidirish imkoniyati.
3. Olingan bilimlar darajasini nazorat qilish usullarining mavjudligi.
4. O‘qituvchi bilan teskari aloqaning mavjudligi.
Shulardan kelib chiqib, elektron darsliklarni yaratishning quyidagi
tamoyillarini keltirish mumkin:
• multimedia ma'lumotlari (matn, grafik, audio, video, animatsiya) asosida
axborotlarni taqdim etish;
• qidirish va yo‘llash imkoniyatlarini kiritish;
• olingan bilimlar darajasini nazorat qilishning ob'yektiv tizimini kiritish;
• tarmoq texnologiyalari asosida o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro
interaktiv va teskari aloqasining yo‘lga qo‘yilishi.
Elektron darsliklardan o‘quv jarayonida keng foydalanishning asosiy
muammosi — bu kompyuter ekranidan katta hajmdagi axborotlarni o‘qishdir.
Ushbu muammoni hal qilish uchun elektron darsliklarni matn va ovoz shaklida
taqdim etish mumkin. Bu ikki usul bitta o‘quv materialini turli shaklda taqdim
etishi bilan farqlanadi, xolos. Elektron darslikning matn usulida material,
gipermatn ko‘rinishida taqdim etilib, unda rpafik, chizma, diagramma, fotografiya,
animatsiya va video qo‘llaniladi. Elektron darslik materiali o‘qituvchiga diktor
14
ovozi bilan yetkazilib, slayd-shou ko‘rinishdagi material bilan birga beriladi.
Audio va videoaxborotlarning o‘zaro birgalikda qo‘llanishi o‘qitish
samaradorligini keskin yuksaltiradi. Elektron darslikni yaratishda kelajakda ayrim
muammolarni yechish lozimligi ayon bo‘ldi. Shulardan asosiysi, bu — o‘zbek
kirill alifbosidagi «Q», «F», «O‘», «H» harflarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri matnga
kiritishdir. Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, elektron darslikni oldin biror bir
nashriyotda chop etilgan darslik asosida yaratish lozim, chunki foydalanilayotgan
materiallarni tahrir qilish talab etilmaydi va ulardan skaner orqali foydalanish
mumkin bo‘ladi. Bozor munosabatlari axborot mahsulotlarining yangiligi,
ishonchliligi va to‘liqligi darajalariga yuqori talablar qo‘ymoqda. Chunki busiz
samarali marketing, moliya-kredit va investitsiya faoliyatini yuritish mumkin
emas.
Axborot mahsulotlarining respublikamiz hayotida tutgan o‘rni va roli ijobiy
tomonga o‘zgarib
bormoqda. Mamlakatimizda
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari bozori industriyasini tarkib toptirish jamiyatimizda chuqur ijtimoiy
o‘zgarishlarga olib kelib, uni «industrialdan axborot lashgan jamiyatga»
aylantirishiga ishonchimiz komil.
|