Salom Dunyo! yoziladi va uni Birinchi htm qilib




Download 206,48 Kb.
bet7/26
Sana16.12.2023
Hajmi206,48 Kb.
#120822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
Bob elektron darslik yaratishning nazariy-fayllar.org

namoyish qilish 

7-modul. 

Ichki qism dasturga o’tish 

moduli 

10-modul.

Sozlash moduli 

21
taqdimotda animatsiyalar shaklida berilishi o‘tilayotgan mavzuni tushunishni 


yengillashtiradi va ko‘rgazmalilikni oshiradi. Namoyish slaydlarini o‘quvchilarga
tarqatma material sifatida ham berish mumkin. 
Slaydlarga nisbatan o‘quvchilar o‘zlarining fikrlarini yozadi va bu orqali
ular axborotlar bilan ishlashning quyidagi malakalariga ega bo‘ladilar: 

grafik axborotlarni matn shakliga keltirish yoki teskarisi; 


muhokama etilayotgan mavzu bo‘yicha xulosalar va savollarni 


shakllantirish;



o‘zining o‘quv-bilish faoliyatini rejalashtirish.


Bunday metodika o‘qituvchiga yangi axborotlarni ko‘paytirib borish, 
o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi o‘zgarishi bilan ma'lum bir mavzuga
mo‘ljallangan slaydlarni takomillashtirib borish imkoniyatini beradi. 
Metodik jihatdan o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro muloqoti ikki turdagi
ta'sirdan iborat. Birinchisi — o‘qitishning ma'lum bosqichida o‘quvchiga shu 
bosqichdagi masalani tushunishga yordam beruvchi yo‘naltiruvchi savollar.
Ikkinchisi — masalani aniqlashtiruvchi fikrlar va harakatlar usulini ko‘rsatish. 
Savollar va ko‘rsatmalar soni nazariy va amaliy materiallarning o‘quvchi
tomonidan o‘zlashtirilishi hamda malakaning shakllanishiga bog‘liq ravishda 
beriladi.
Amaliy tahlillar ta'lim jarayonida katta samaraga ega bo‘lishi uchun o‘quv 
jarayonida interfaol didaktik o‘yinlar va mashq qildirgichlardan foydalanishni
taqozo etadi. Ular o‘quvchilarning jamoa bo‘lib yoki individual faoliyatini, kasbiy 
malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Interfaol o‘yinlar
ma'lum bir kasbiy sifatlarga va malakaga ega bo‘lajak o‘qituvchi shaxsini 
shakllantirish maqsadida kelajakda kasbiy faoliyati bilan bog‘liq vaziyatlarni
modellashtirish imkoniyatini beradi. Aynan didaktik o‘yinlar va mashq 
qildirgichlarni yaratish elektron o‘quv-metodik majmualar yaratishda katta
qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu qiyinchilik dasturiy-texnik va metodik qiyinchiliklar 
bilan bog‘liq.

22
Elektron darslik – kompyuter texnologiyalariga asoslangan ta'lim 


metodlaridan foydalanishga mo‘ljallangan o‘qitish vositasi bo‘lib, undan mustaqil
ta'lim olishda va o‘quv materiallarini har tomonlama samarali o‘zlashtirishda 
foydalanish mumkin. Elektron darslikda fanning o‘quv materiallari o‘quvchiga
interfaol usullar bilan, psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot 
texnologiyalari,
audio

va video animatsiyalar imkoniyatlaridan o‘rinli


foydalaniladi. 
Elektron darsliklarni loyihalashtirish, ishlab chiqish va o‘quv jarayonida
keng foydalanish dolzarb masalaga aylanmoqda, chunki ulardan ommaviy ravishda 
ta'lim sohasida qo‘llanila boshlandi. Oxirgi vaqtlarda elektron o‘quv nashrlarning
turli xillari yaratilib, ular o‘z tarkibiga oddiy gipermatn darslikdan tortib masofaviy 
o‘qitishning kompleks tizimlarigacha qamrab olmoqda.
Elektron darsliklarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: 

matnning elektron versiyasi; 


kitobning gipermatnli elektron versiyasi; 



grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik; 


animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik; 



animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasm, gipermatnli va test tizimlari mavjud 

darsliklar.


Ushbu sohaning yangiligi va o‘quv-uslubiy ta'minotning yo‘qligi ishlab 
chiqilayottan elektron darsliklarning sifat darajasiga jiddiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
Bundan tashqari, darsliklarni yaratishning yagona standartlari majud emasligi va 
dasturiy vositalarining turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilishi elektron
darsliklarni o‘quv jarayonida samarali qo‘llashga to‘sqinlik qilyapti deyish 
mumkin.
Shuning uchun ham yaratilayotgan elektron darsliklarni baholash 
mezonlarini belgilab olish lozim. Avvalambor, elektron darsliklar o‘tilayotgan
darslar sifatini yuksaltirishiga qanday ta'sir ko‘rsatishini bilish kerak. Elektron 
darsliklarning an'anaviy usullarga nisbatan quyidagi afzalliklarini keltirish
mumkin:

23
1. O‘quv axborotlarining taqdim etilish shakli. 


2. Kerakli axborotlarni qidirish imkoniyati.
3. Olingan bilimlar darajasini nazorat qilish usullarining mavjudligi. 
4. O‘qituvchi bilan teskari aloqaning mavjudligi.
Shulardan kelib chiqib, elektron darsliklarni yaratishning quyidagi 
tamoyillarini keltirish mumkin:

multimedia ma'lumotlari (matn, grafik, audio, video, animatsiya) asosida 

axborotlarni taqdim etish;



qidirish va yo‘llash imkoniyatlarini kiritish;



olingan bilimlar darajasini nazorat qilishning ob'yektiv tizimini kiritish; 


tarmoq texnologiyalari asosida o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro interaktiv 


va teskari aloqasining yo‘lga qo‘yilishi.
Elektron darsliklardan o‘quv jarayonida keng foydalanishning asosiy 
muammosi — bu kompyuter ekranidan katta hajmdagi axborotlarni o‘qishdir.
Ushbu muammoni hal qilish uchun elektron darsliklarni matn va ovoz shaklida 
taqdim etish mumkin. Bu ikki usul bitta o‘quv materialini turli shaklda taqdim
etishi bilan farqlanadi, xolos. 



Download 206,48 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Download 206,48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Salom Dunyo! yoziladi va uni Birinchi htm qilib

Download 206,48 Kb.