• MUNDARIJA KIRISH
  • III. BOB. “KOMPYUTER ARXITEKTURASI” FANIDAN ELEKTRON DARSLIKNI LOYIHALASH VA UNDAN FOYDALANISH .
  • MEHNAT MUHOFAZASI
  • Salom Dunyo! yoziladi va uni Birinchi htm qilib




    Download 206,48 Kb.
    bet3/26
    Sana16.12.2023
    Hajmi206,48 Kb.
    #120822
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    Bob elektron darslik yaratishning nazariy-fayllar.org

    MUNDARIJA 

    KIRISH…………………………………………………………………………….5

    I. 

    BOB. ELEKTRON DARSLIK YARATISHNING NAZARIY 

    ASOSLARI 
    1.1. Elektron darslik haqida tushuncha……………………………………8 
    1.2. Elektron darsliklar tuzilmasi………………………………………...11
    1.3. Elektron darsliklarning afzalligi va kamchiliklari…………………...17 
    1.4. Elektron darsliklar yaratish texnologiyasi…………………………...20

    II. 

    BOB. ELEKTRON DARSLIK YARATISH BOSQICHLARI VA 

    TALABLARI 
    2.1. Elektron darsliklar yaratuvchi dasturlar xarakteristikalari……..……25 
    2.2. WEB dasturlash tili asoslari…………………………………..……..31
    2.3. Elektron darsliklar yaratilishi………………………………….…….36 


    III. 

    BOB. “KOMPYUTER ARXITEKTURASI” FANIDAN ELEKTRON 

    DARSLIKNI LOYIHALASH VA UNDAN FOYDALANISH


    3.1. Yoshlar tarbiyasida elektron darsliklarning o’rni……………………57 
    3.2. Bitiruv malakaviy ishidagi dasturning ishlatishi……….……………58

    MEHNAT MUHOFAZASI…………………………………………….…….….61

    XULOSA……………………………………………………………….…..…….75

    FAYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………….………..77

    8

    KIRISH 


    O’zbekiston Respublikasining birinchi Prеzidеnt I.A.Karimovning “Butun 


    jahon inqirozi va uning ta’sirlarini O’zbеkistonda bartaraf etish” nomli dasturida
    ta’kidlanganidеk, hayotimizning har bir nuqtasi, jumladan ta’lim tizimi ham isloh 
    qilinib, bilimli, yеtuk, kashfiyotchi kadrlar yеtishtirish ko’zda tutilgan.
    Bugungi kunda axborot tеxnologiyalari kirib bormagan biror bir sohani 
    ko’rsatib o’tish juda mushkul. Ayni vaqtda ilm-fan, tеxnika taraqqiyotini
    innovatsion tеxnologiyalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Ayni paytda ushbu 
    tеxnologiyalarning ta’lim va ta’limning turli yo’nalishlariga, tibbiyot,
    bioinformatika va boshqa sohalarga kirib kelishi sеzilarli yutuqlarni vujudga 
    kеltirdi. Bu esa o’z-o’zidan ham ma’naviy, ham moddiy yutuqlarga asos bo’ladi.
    “Axborot asri” - har daqiqada o’sib borayotgan va rivojlanish cho’qqisiga 
    chiqayotgan davr silsilasidir. Bir qarashda jo’ndek ko’ringan bu soha har bir
    faoliyatning qoniga, uning yuragiga aylanmoqda. Negaki axborotsiz inson bir 
    daqiqa ham yashashi mumkin emas. Uning tug’ulishi ham bir axborotni vujudga
    keltiradi, yani u yashash mobaynida turli darajali axborotga duch keladi. 
    Ko’zlarimizni ko’rishi, ranglarni ajratishi inson miyasidagi behisob jaroyonlar
    axborotni mavjudligidan dalolatdir. Darhaqiqat insoniyat turmush tarzining 
    rivojlanishi yangi-yangi kashfiyotlarning yaratilishiga sabab bo`lmoqda. Inson
    yangilik yaratish jarayonida har xil to`siqlarga duch keladi va shu to`siqlarni 
    yengib o`tish mobaynida yana yangi ixtirolar vujudga kelaveradi. Lekin hayot
    tajribalaridan ma`lumki, ko`pincha yangi kashfiyot ma`lum bir muammoni hal 
    qilish jarayonida yuzaga keladi.
    O’tkazilgan tadqiqotlar natijasida shular ayon bo’ldiki elektron 
    darsliklardan darsda foydalanish pedagogga katta yordam beradi. O‘quv
    materialining elektron taqdimotda animatsiyalar shaklida berilishi o‘tilayotgan 
    mavzuni tushunishni yengillashtiradi va ko‘rgazmalilikni oshiradi. Namoyish
    slaydlarini o‘quvchilarga tarqatma material sifatida ham berish mumkin. 

    9
    Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, analitik qism, loyiha qism, Tadbiq 


    qilishni tashkil qilish va loyiha samaradorligi va hayot faoliyati xavfsizligi
    bo’limlari, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar tashkil topgan. 
    Elektron darsliklarni loyihalashtirish ishlab chiqish va o’quv jarayonida
    keng foydalanish dolzarb masalaga aylanmoqda, chunki ulardan ommaviy ravishda 
    ta’lim sohasida qo’llanila boshlandi. Oxirgi vaqtlarda elektron nashrlarni turli
    xillari yaratilib, ular o’z tarkibiga masofaviy o’qitishning kompleks tizimigacha 
    qamrab olmoqda.
    Ushbu sohaning yangiligi va o‘quv-uslubiy ta'minotning yo‘qligi ishlab 
    chiqilayottan elektron darsliklarning sifat darajasiga jiddiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
    Bundan tashqari, darsliklarni yaratishning yagona standartlari majud emasligi va 
    dasturiy vositalarining turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilishi elektron
    darsliklarni o‘quv jarayonida samarali qo‘llashga to‘sqinlik qilyapti deyish 
    mumkin.
    Ishning maqsadi va vazifalari. Hozirgi kunda elektron darsliklar sanoati va 
    poligrafiya sanoati o’zaro raqobatga kirishgan va o’z navbatida ikkalasini ham
    ta’lim sohasida o’ziga xos o’rni va roli mavjud. Biz hozir ikkalasini bir-biridan 
    yaqqol ustun deya olmaymiz. Elektron darslik ham poligrafik darslik ham ta’lim
    sohasining ajralmas qismi hisoblanadi. Lekin shuni tan olish lozimki elektron 
    darsliklar tobora rivojlanib o’z o’rnini topib bormoqda. Buning natijasida esa
    yaratilayotgan elektron darsliklar sifati, qulayliklari, qo’shimcha imkoniyatlarini 
    tadbiq qilish hamda yaratilishdagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish
    masalasi yuzaga keladi. 
    Ushbu bitiruv malakaviy ishining ham asosiy maqsad va vazifasi elektron
    darslilar yaratish texnologiya fanini o’quv uslubiy majmuasini yaratish hamda 
    uning yaxlit information modelini yaratishdan iboratdir. Vaqt o’tishi bilan xar
    qanday sohada bo’lgani kabi elektron darsliklar yaratish texnologiyasida ham 
    keskin ravishda rivojlanish kuzatilmoqda. Umuman axborot texnologiyalari sohasi
    hozirgi kunda eng jadal rivojlanayotgan soha bo’lib qoldi. Bugun keng 

    10
    foydalanilayotgan texnologiya yoki dastur hech qancha vaqt o’tmasidan turib o’z 


    o’rnini yangi qulayroq texnologiyaga bo’shtib bermoqda.
    Elektron 
    darsliklar
    yaratish 
    texnologiyasi
    ham

    aynan
    axborot

    texnologiyalarining ajralmas bir bo’lagi hisoblanadi. Shu munosabat bilan elektron
    darsliklar yaratish texnologiyasini ma’lum bir modelini va o’quv uslubiy 
    majmuasini ishlab chiqish dolzarb masalaga aylangan.
    Ta’lim oluvchilarning bevosita elektron darsliklar yaratish fanidan o’quv 
    uslubiy majmuasi va unformatsion modelini ishlab chiqish hamda ularga ushbu
    fanni o’rganishlari uchun kerakli ma’lumotlarni yaratish hamda yuzaga keladigan 
    muammolarni bartaraf etish. Bu borada elektron darsliklar yaratishni zamоnaviy
    o’qitish texnоlоgiyalari asоsida samarali tashkil qilish yo’llari tavsiya qilindi 
    Bevоsita izlanish mоhiyatidan kelib chiqib, talabalarning mustaqil ta`lim
    оlish samaradоrligini оshirish uslublarini izlab tоpishga qaratildi. Mazkur 
    muammоni hal etish maqsadida fanning ishchi o’quv dasturini ishlab chiqildi.
    Ushbu bitiruv malakaviy ishini tayyorlash jarayonida hozirgi kunda elektron 
    darsliklarni ta’lim sohasida tutgan o’rni va ahamyati hamda ularni yaratilish
    jarayonida kerak bo’ladigan bilim va ko’nikmalarga alohida e’tibor berildi. 
    Elektron darsliklarga qo’yiladigan talablar hamda ularning ta’lim tizimiga
    chuqurroq tadbiq etish yo’llari ishlab chiqildi. Shuningdek elektron darsliklar 
    yaratishda zarur bo’ladigan dasturiy va texnik resurslar hamda sarflanadiga
    xarajatlar jamlanmasi ham o’rganildi. 

    11



    Download 206,48 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 206,48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Salom Dunyo! yoziladi va uni Birinchi htm qilib

    Download 206,48 Kb.