• 1.2. Elektron darslik tuzilmasi.
  • Elektron darslik tuzilmasi




    Download 206,48 Kb.
    bet5/26
    Sana16.12.2023
    Hajmi206,48 Kb.
    #120822
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    Bob elektron darslik yaratishning nazariy-fayllar.org

    1.2. Elektron darslik tuzilmasi. 
    O’zbekiston Respublikasi ”Ta'lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar 

    tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bu sohadagi qilinadigan ishlar


    ko’lamini va yo’nalishlarini belgilabgina qolmasdan, ta'lim sohasida o’ziga xos 
    inqilobiy burilish yasadi. Bu borada “O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta
    ta'limni tashkil etish to’g’risida»gi qarori muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda 
    milliy umumiy o’rta ta'limni halqaro darajaga olib chiqish, uni jahon andozalariga
    mos qilib, tubdan isloh qilish mamlakatimiz oldida to’rgan eng ustivor 
    vazifalardan biri sifatida belgilab qo’yildi. Hisoblash texnikasining hayotga kirib
    borishi, elektron darsliklarning, ya'ni o’qituvchisiz o’qitish texnologiyasini joriy 
    etish va ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat sohasini rivojlantirmoqda.

    15
    Oddiy (qog’ozli) darsliklarga qaraganda, elektron darslik ko’proq saloxiyatga ega, 


    chunki kompyuter o’qituvchi uchun qiyin bo’lgan ba'zi qirralarini bajaraoladi, o’z
    joyida va o’z vaqtida materialni ko’rsatish, bilim darajasini xaqqoniy aniqlash va 
    boshqalar. Elektron darslik ma'lum bir predmet bo’yicha to’liq materialni o’z
    ichiga olgan bo’lishi kerak. Elektron darslikning «intellektual jihati»ni olib 
    qaraydigan bo’lsak, uning kamchiliklarini (faqat kompyuterda qo’llash imkoniyati)
    qoplabgina qolmay, qog’ozli variantdan ustunlik jihatlari ham mavjud (kerakli 
    ma'lumotni tezda izlash, ixchamlik va h.k.).
    Har bir elektron darslik ma'lum bir me'yorlarga, ichki struktura va formatga 
    ega bo’lishi uni boshqa darsliklar bilan bog’lash va yagona bir yillik masofaviy
    o’qitish tizimini yaratish imkonini beradi. 
    Informatika va hisoblash texnikasi asoslari predmeti maktabda o’qitiladigan
    barcha fanlarni umumiy kompleksda integratsiyalashga tayanadi. Turli fanlardan 
    elektron darsliklar yaratilishi va IHTA predmetini o’qitish jarayonida ulardan
    foydalanish, fanlarni o’zaro bog’lash imkoniyatini yaratadi. Umuman olganda 
    fanlararo aloqa didaktikaning kompleks muammolaridan hisoblanadi. Ma'ruzadaa
    8-sinf Iqtisodiy bilim asoslari darsligi asosida elektron darslik yaratilishini ko’rib 
    chiqamiz. Keltirilgan darslikda asosan illyustratsiyalardan foydalanilgan va yana
    bir jihati bu erda darslik yaratishning avtomatlashtirilgan vositalaridan keng 
    foydalanilgan.
    Elektron darslik strukturasi. Darslikning ichki strukturasini, ya'ni 
    foydalanuvchi ko’rib turadigan elementlarini ko’rib chiqamiz. Darslikning qiymati
    uning mazmunidadir. Agar o’quvchi bu darslikdan foydalanib keyinchalik imtihon 
    topshiradigan bo’lsa, u holda material mazmunini 3ta ko’rinishda berishni taklif
    qilamiz: 
    1. Mant, rasm, jadval, grafik shaklida ( ya'ni kitobdagi shaklda, lekin bu erda
    kitob shakliga xos bo’lmagan animatsiya, video va ovoz elementlari, ma'lumotni 
    izlash imkoniyatlari ham bo’lishi mumkin).
    2. Sxema-kurs ko’rinishida, ya'ni darslik strukturasi tushunarli bo’lishi 
    uchun darslik mazmuni qisqartirilgan grafik-matn shaklda beriladi.

    16
    3. Test tizimi (o’z bilimini tekshirish) shaklida – tinglovchiga maxsus 


    interaktiv tizim vositasida, o’quv materialini savollar va javoblar shaklida berilishi.
    Test kompyuter bilan bellashuv, o’yin jixatlari bilan o’quvchilar uchun darslikning 
    eng qiziqarli qismi bo’lishi mumkin.
    Bitta materialning bunday uchta shaklda berilishi uni takrorlash va eslab 
    qolish imkonini yaratadi. Elektron darslikning strukturasiga to’htaladigan bo’lsak,
    u quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim: 

    muqova; 


    titul ekran; 



    mundarija; 


    annotatsiya; 



    o’quv materialining to’liq matni (sxema, jadval, illyustratsiya, grafik); 



    o’quv materialining qisqacha mundarijasi (sxemakurs shaklida); 



    qo’shimcha adabiyotlar; 



    o’z bilimini tekshirish tizimi; 



    cheklangan nazorat tizimi; 



    matn fragmentlarini izlash; 


    mualliflar ro’yxati; 



    tayanch iboralar; 



    darslikni boshqaruvchi elementlar bilan ishlash bo’yicha yo’riqnoma. 

    Elektron darslikka qo’yiladigan yana bir talabga e'tibor berish lozim: o’quv


    materiali va uning dasturiy ta'minoti o’z ishini avtomatik tarzda boshlaydigan bitta 
    lazer diskda joylanishi lozim. Qattiq diskda esa foydalanuvchi o’zi yaratgan
    ma'lumotlar joylanishi mumkin. 
    Muqova. Darslik muqovasi o’z ichiga grafik, animatsiya, video yoki
    xaraktlanuvchi darslik annotatsiyasidan iborat bo’lsa o’ziga jalb qiluvchi 
    xususiyatga ega bo’ladi.

    17
    Titul ekran. Titul ekranda darslik nomi, yuqori tashkilot haqida, mualliflik huquqi 


    haqida, darslikning attestatsiyadan o’tganligi haqida ma'lumot, sana, tashkilot,
    mualliflar haqida ma'lumotlarni o’z ichiga oladi. 
    Mundarija. Mundarija darslikning asosiy elementi hisoblanadi. Bir tarafdan
    darslikning turli qismlariga tez va qulay o’tish uchun to’liq bo’lishi, va shu bilan 
    birga bitta ekranda jolanishi kerak. Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, bunday
    talablarga ikki bosqichli (mavzuG’mavzuosti) mundarija javob beradi. 
    Bundan tashqari mundarija orqali:

    o’z bilimini tekshirish tizimiga;



    cheklangan tekshirish tizimiga; 


    matn fragmentini izlash qismiga; 



    tayanch iboralarga; 


    adabiyotlar ro’yxatiga; 



    darslikning istalgan qismiga o’tish imkoniyati; 



    darslik ishini tugatish; 


    titul ekranga qaytish imkoniyatlari mavjud bo’lishi kerak. 


    Annotatsiya. Annotatsiya darslikning muqovasida joylashgan bo’lishi


    mumkin.

    O’quv materialining to’liq matni. Elektron darslikning muvaffaqiyatli


    bo’lishining sharti – unda o’quv materialining to’liq bo’lishidir, ya'ni matn, grafik, 
    jadval, illyustratsiya, animatsiya, video va ovoz qismlarini o’z ichiga olishidir.
    Darslikning bitta sahifasida matn, va uning ichidagi grafik elementlar, sahifaning 
    qisqacha mazmuni va materialni o’rganish jarayonini boshqarish elementlari
    joylashadi. 
    Elektron darslikda o’quv materialining to’liq bo’lishi, ta'lim jarayonida
    undan foydalanish va qog’ozdagi o’quv materialiga murojaat qilmaslikni 
    ta'minlaydi. Matndagi turli iboralar va ta'riflarga, illyustratsilarga, jadvallarga,
    grafiklarga yo’llovchi gipermatnlar tufayli elektron darslik qog’oz materiallarga 
    qaraganda o’quv jarayonida qulay imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga uning

    18
    ihchamligi va nisbatan arzonligi ta'lim oluvchining e'tiboridan holi bo’lmaydi. 


    Elektron darslikda o’quv materialining to’liq berilishi sahifalarning ko’payib
    ketishiga olib keladi. Agar har bir sahifaga alohida ishlov berilsa, u holda bunday 
    elektron darslikni yaratishga ko’p vaqt ketadi. Agar sahifaga matnni oddiy holatda
    joylashtirilsa, u holda bu jarayonni avtomatlashtirish osonlashadi. Bundan tashqari 
    gipermatnlarni yaratishni avtomatlashtirish ham qulaylashadi. Kichik grafik
    ob'ektlar esa matn ichida ham joylashtirish mumkin. 
    Darslik sahifasining strukturasi. Elektron darslik sahifasi bir qancha
    sohalarni o’z ichiga oladi: 

    sahifaning darslikda joylashgan o’rnini ko’rsatuvchi sohasi ( sahifa nomeri, 


    mavzu yoki mavzu osti nomlanishi );



    matnga grafik qo’shimchalar ( formula, grafik, jadval va h.k.),gipermatnlar


    kiritilishi mumkin; 

    sahifadagi o’quv materialining qisqacha mazmuni joylashgan soha 


    (sxemakurs shaklida);



    sahifada boshqaruv elementlari joylashgan soha ( oldingi, keyingi sahifaga, 

    mundarijaga o’tish tugmalari, yordamchini chaqirish tugmasi);



    sahifadagi matnga aloqador, katta ilmostratsiya va jadvallar darslik 

    resurslarida saqlanadi, yoki boshqa sahifalarda joylashadi. Ular ekranga


    gipermatnlar yordamida yoki sahifadagi maxsus tugmachalar yordamida 
    chaqiriladi;

    o’quv materialining qisqacha mazmuni. O’quv materialining to’liq matni


    bilan bir qatorda qisqacha mazmunining ham bo’lishi juda muhim. 
    Sxemakurs shaklida, ya'ni grafik-matn shaklida (strukturali blok-sxema)
    berilishi yaxshi samara beradi. 
    O’z bilimini tekshirish tizimi. O’z bilimini tekshirish tizimiga aloxida e'tibor
    berilishi kerak. Darslikning hamma qismini qamrab olgan, bilim darajasini yaxshi 
    nazorat qiladigan bo’lishi lozim. Darslik bazasidagi barcha savollar o’quvchi
    uchun tushunarli va qulay tarzda taqdim etilishi lozim. Shu bilan birga, har bir 
    javob baholanishi, umumiy natija va vaqt hisobi olib borilishi kerak.

    19
    Matn fragmentlarini izlash. Darslikda bunday funktsiyaning bo’lishi shart. 


    Izlash ikki variantda bo’lishi mumkin: izlanayotgan elementni alohida izlash yoki
    shu elementni o’z ichiga olgan so’zlarni ham izlash. 
    Mualliflar ro’yxati. Odatda, mualliflar ro’yxati alohida saxifada keltiriladi.
    Bu saxifada nafaqat darslik mualliflari, uning elektron versiyasini yaratganlarning 
    ham ro’yxati beriladi. Bundan tasho’ari darslikni yaratgan tashkilotning to’liq
    rekvizitlarini ham joylashtirish mumkin. 
    Tayanch iboralar. Iboralarga berilgan ta'rif gipermatn yordamida namoyon
    bo’lishi mumkin, lekin bu saxifaning gipermatnlar bilan to’lib ketishiga olib 
    keladi, chunki gipermatnlar nafaqat iboralarning ta'rifiga, illyustratsiya, jadval,
    grafiklarga ham yo’llovchi bo’ladi. Shuning uchun tayanch iboralar va ularning 
    ta'riflarini
    alohida

    saxifada


    joylashtirgan 
    ma'qul.
    Zamonaviy 
    axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi insoniyat oldida, ta'lim sohasida 
    yangi imkoniyatlar yaratibgina qolmasdan, yangi vazifalarni ham yukladi. Biz bu
    maqolada shu vazifalardan biriga, ya'ni zamonaviy axborot texnologiyalarining 
    multimedia vositalaridan foydalangan holda ta'lim berishning yangi bosqichiga,
    elektron darsliklarni ta'lim jarayonida qo’llash imkoniyatlariga to’htalib o’tdik. 



    Download 206,48 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 206,48 Kb.