26
Asosiy shakllar. Elektron o’quv qo’llanma yaratish muallifning talanti va
ustaligiga bog’liq bo’lib, har qanday murakkab tizimlarni yaratish imkoniyatini
beradi. U albatta yaxshi jihozlangan va elementlari tartibli joylashgan bo’lishi
kerak.
Test. Tashqaridan qaraganda u oddiy elektron o’quv qo’llanmaga o’xshaydi.
Asosiy qiyinchilikni savollarni yig’ish
va shakllantirish, savollarga javoblarni
moslashtirish tashkil etadi. Yaxshi testdan bilim ob'ektiv kartinasini,
fikrlash va
fan, belgilangan predmet sohasini egallashda foydalaniladi. Xuddi to’g’ri qo’yilgan
tashxis salomatlikning birinchi qadami sanalganidek, ob'ektiv testdan o’tkazish
bilim cho’qqisiga erishishning optimal yo’lini belgilaydi.
Entsiklopediya. Bu elektron o’quv qo’llanmaning ombor ko’rinishidir.
Tuzilish sathida entsiklopediya atamasi ma'lumot, elektron o’quv qo’llanmada
markazlashtirilishi tushunchasini beradi.
Elektron nashr — bu grafik, matn, raqamli, musiqali, video, foto va boshqa
axborotlarni va yana foydalanuvchilar uchun bosma xujjatlar yig’indisi. Elektron
nashrdan elektron tashuvchilar - magnitli (magnit tasma, magnit disk), optik (CD-
ROM, DVD, CD-R) va yana kompyuter tarmoqlaridan foydanish mumkin.