|
Matematika darslarida elektron darsliklardan foydalanish. Kenjayeva Dilfuza Sultonmaxmudovna
|
Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 21,01 Kb. | | #115150 |
Bog'liq Matematika darsida elektron darsliklardan foydalanish
Matematika darslarida elektron darsliklardan foydalanish.
Kenjayeva Dilfuza Sultonmaxmudovna
Farg’ona viloyati Uchko’prik tumani
33-umumta’lim maktab matematika fani o’qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada matematika fanini o‘qitish jarayoniga elektron darsliklardan foydalanishning ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan .
Kalit so’zlar: trenajyorlar va virtual stendlar, о‘quv jarayonini axborotlashtirish, kо‘rgazmalilik, animatsiyalar, tovushlar, giperjо‘natishlar, multimediali texnologiya.
Elektron ma’lumotlar, ensiklopediyalar, ta’lim beruvchi dasturlar, ta’lim oluvchilar bilimlarini avtomatik nazorat qilish vositalari, elektron darsliklar, trenajyorlar va virtual stendlar kabi elektron vositalarni yaratishga zarurat tug‘dirdi. Respublikamiz ta’lim muassasalarida о‘quv jarayonini axborotlashtirishga intilish jarayoni ta’lim tizimi uchun elektron darsliklar yaratishga keng yо‘l ochi berdi.
Elektron darsliklar tо‘g‘risida fikr yuritishdan oldin ularning bosma darsliklardan farqli xususiyatlari tо‘g‘risida tо‘xtalamiz. Darslik bu о‘quvchilar uchun о‘quv kitobi bо‘lib, unda о‘quv materiali fan, texnika va texnologiya hamda madaniyatning zamonaviy yutuqlari asosida tizimli bayon qilinadi.Shu bilan bir qatorda, elektron va bosma darsliklar ham quyidagi umumiy belgilarga ega:
о‘quv materiali bilimlarning ma’lum sohasi bо‘yicha bayon qilinadi;
о‘quv materiali fan, texnika, taxnologiya va madaniyatning zamonaviy yutuqlari asosida yoritiladi;
о‘quv materiali darsliklarda tizimli darsliklarda tizimli bayon qilinadi, ya’ni darslikning butunligini ta’minlaydigan, elementlardan tashkil topgan butun tugallangan asarni о‘zida tasvirlaydi.
Elektron darslikda kо‘rgazmalilik bosma darslikdagidan kо‘ra yuqori bо‘ladi. Elektron darsliklarda kо‘rgazmalilik, animatsiyalar, tovushlar, giperjо‘natishlar, videolavhalar va boshqalar kabi multimediali texnologiyalaridan foydalanish orqali ta’minlanadi. Elektron darslik sinov topshiriqlari va testlarining kо‘p variantliligi, kо‘p darajaliligi hamda hilma-hilligini ta’minlaydi. Noaniq javob paytida tushuntirishlar va izohlar orqali aniq javob berishga erishish mumkin.
Yaratiladigan elektron darslik quyidagi hossalarga ega bо‘lishi kerak:
о‘quv mashg‘ulotlarini sifatli darajada о‘tkazilishini ta’minlash;
bilimlarni hosil qilish va о‘zini baholash imkoniyatlarini yaratish;
ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni о‘zaro yaqinlashtirish;
axborotli ta’lim resurslari rivojlanishining garmonik tasnifiga ega bо‘lish;
matnli va boshqa axborotli materiallar yangilangan (gipermatnlar) va illyustratsiyalangan (multimedia vositalari, rasmlar, jadvallar, daigrammalar va boshqalar) bо‘lishi kerak.
Elektron darslikning bosma darslilardan afzalligi mustaqil ta’lim olishni, ijodiy fikrlashni, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida malaka va kо‘nikmalarni shakllantirish orqali о‘quv materiallari va ilmiy ma’lumotlarni har tomonlama chuqur о‘zlashtirilishiga mо‘ljallangandir. Shu bilan bir qatorda elektron darslilar ilmiy ma’lumotlarning jamlanganligi, kо‘rgazmalarga boyligi, ya’ni turli xil animatsiyalardan foydalanganligi, ta’lim oluvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlarini hisobga olganligi jihatidan an’anaviy о‘quv adabiyotlaridan afzalroqdir.
Elektron darslik о‘quv jarayoni sifatini oshirish, о‘qituvchi mehnatini yengillashtirish, о‘quvchilarning bilim darajasini oshirish, о‘quv jarayonida kompyuter texnikasidan foydalanish uchun keng ochib berdi.
Umum ta’lim fanlari bо‘yicha yaratilgan elektron darsliklardan foydalanish jarayonida о‘qitish jarayoni sezilarli ravishda individuallashadi. О‘quvchilarning mustaqil ishlari, eksperimental izlanishlarining chegaralari kengayadi.
Foydalanuvchi uchun qulay bо‘lgan yakka tartibda fanning nazariy qismini о‘rganish, tajriba va eksperimental izlanishlarni о‘tkazish, mashq qilish harakatlari bilan amaliy kо‘nikma va mahoratga ega bо‘lish, о‘z-о‘zini nazorat qilish imkoniyati tug‘iladi. Bitta elektron darslikning о‘zi ma’ruza, tajriba, amaliy mashg‘ulotlarda, kurs loyixasi va bitiruv ishlarini bajrishda, mustaqil ta’lim olish, joriy va yakuniy nazoratni о‘tkazish paytida qо‘llanishi mumkin.
Ta’lim oluvchilar bilim darajasining nazoratini amalga oshirish va testlashtirishga mо‘ljallangan о‘quv dasturli vositalarning qо‘llanilishi о‘qituvchilarning kо‘p variantli amaliy topshiriqlarni shakllantirish va ularning bajarilishini nazorat qilish bо‘yicha qо‘l mehnatini sezilarli ravishda kamaytiradi. Bunda о‘zlashtirilgan bilimlarni tez-tez nazorat qilish imkoniyati ta’lim olishga bо‘lgan qiziqishni oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Tolipov O‘.Q., Usmanboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. Monografiya. Toshkent: “Fan”. 2006
Ziyonet.uz
|
| |