|
Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish
|
bet | 1/96 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 7,31 Mb. | | #265543 |
Bog'liq Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazif
AVTOMATLASHTIRISHNING TEXNIK VOSITALARI — turli jarayonlarni avtomatlashtirishga imkon beruvchi asbob va qurilmalar.
Vazifasi:
a) texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish,
b) axborotni uzatish,
c) axborotni o`zgartirish va saqlash, uni dasturdagi axborot bilan taqqoslash va buyruq axborotini tuzish (axborotni ishlab chiqish),
d) buyruq axborotini texnologik jarayonga tatbiq qilish.
Nazorat axborotni qabul qilish vositalari (asboblar, qurilmalar, datchiklar) nazorat qilinuvchi parametr ta‘sirini sezuvchi va shu parametrni mexanik issiqlik, optik va elektr parametrlarga aylantirib beruvchi organlardan iborat.
Axborotni uzatish vositalari — aloqa liniyalari. Datchiklardan chiqadigan signallar aloqa liniyalari orqali uzatiladi. Signallarni uzoq masofaga uzatish uchun datchikdan chiqadigan signallar maxsus o`zgartirgichlar yordamida uzatishga mos shaklga keltiriladi.
Axborotni ishlab chiqish vositalari — registratorlar (qayd qilgichlar), signalni o`zgartiruvchi qurilmalar, hisoblash jihozlari va mashinalari, boshqarish va taqsimlash qurilmalari, kommutatsiya (o`zgartirish) uskunalari. Buyruq (komanda) axborotini uzatishvositalari, asosan, nazorat axborotni uzatish vositalariga o`xshaydi.
Axborotni texnologiya jarayoniga tatbiq etuvchi qurilmalar — buyruq signalini kuchaytiruvchi, uni ijro etuvchi elementlar va rostlovchi organlardan iborat.
Hozirda ishlab chiqarish sanoati yurtimiz iqtisodiyotini jadal rivojlanishiga munosib hissa qo`shayotgan sohalardan biri bo`lib kelmoqda. Ishlab chiqarish sanoatini avtomatlashtirish uning rivojlanishiga juda katta hissa qo`shadi.
Avtomatlashtirish darajasini oshirish esa ishlab chiqarish sur`atini keskin oshishiga sabab bo`ladi. Avtomatlashtirish darajasini oshirish uchun esa birqancha muhim vazifalarni amalga oshirish kerak bo`ladi. Bulardan biri ishlab chiqarish korxonasini yangi avtomatlashtishning texnik vositalari bilan ta‘minlashdir.
|
| |