|
Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish
|
bet | 14/96 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 7,31 Mb. | | #265543 |
Bog'liq Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifNAZORAT SAVOLLARI:
Gidroyuritma nima?
Hajmiy gidroyuritmalar qanday qurilmalardan tashkil topgan?
Hajmiy gidroyuritmaning ishlash prinsipini tushuntiring?
Gidrotaqsimlagich nima?
Gidravlik kuchaytirgichlar haqida ma`lumot bering?
Gidroliniyalar turlari?
Mavzu: Gidroavtomatika vositalarining elementlar bazasi.
Reja:
1. Gidroavtomatika vositalarining elementlar bazasi.
2. Gidravlik rostlagichlar.
Tayanch iboralar: Gidrotizim, gidroyuritma, hajmiy gidroyuritma, gidrouzatma, gidrotaqsimlagich, gidroakkumulyator, gidravlik kuchaytirgich, gidrosilindr, bosim, sarf, klapan, gidrobak, ishchi suyuqlik, gidravlik rostlagich, suyuqlik oqimi, bosim gidroklapani, bosim rostlagichi, ishchi kamera.
Gidroavtomatika vositalarining elementlar bazasi
Gidroavtomatika vositalari gidrotizimning asosiy element va qurilmalari hisoblanadi. Gidrotizim deganda mashina va gidroagregatlar tizimi tushiniladi. Bunday tizimlar suyuqlik vositasida energiyani uzatishga va ushbu energiyani tizim chiqishida mexanik energiyaga o`zagartirishga hizmat qiladi va bir vaqtning o`zida chiqishdagi tezlikni rostlash va reverslash (harakat yo`nalishini o`zgartirish) ni amalga oshiradi. Gidrouzatma gidrotizim asosini tashkil etadi. Har qanday gidrouzatma suyuqlik sarfi manbasi (ko`p hollarda nasos ishlatiladi), gidrodvigatel, boshqarish qurilmalari, suyuqlik magistrallari (gidroliniyalar) va boshqa gidroapparatlardan tashkil topadi. Boshqarish qurilmalari gidrouzatma suyuqlik oqimini yoki boshqa qurilmalarni boshqarish uchun mo`ljallangan. Boshqarish deganda gidrotizimdagi bosim va sarfni o`gartirish yoki ma‘lum sathda ushlab turish, shuningdek suyuqlik oqimining harakat y o`nalishini o`zgartirish tushiniladi. Boshqarish qurilmalari gidroavtomatikaning asosiy elementar qurilmalari hisoblanadi. Gidrotizimdagi boshqarish qurilmalariga quyidagilar tegishli:
Gidrotaqsimlagichlar – ishchi suyuqlik oqimi harakat yo `nalishini o`zgartirish va gidrodvigatel ishining talab qilingan ketma -ketligini ta‘minlash uchun xizmat qiladi;
Bosim gidroklapani – gidrotizimdagi ishchi suyuqlik bosimini rostlash uchun mo`ljallangan;
Sarfni boshqarish gidroapparaturasi – ishchi suyuqlik oqimi parametrlarini o`zgartiradi. Misol: sarf drossellari va rostlagichlari, sarf sinxronizatorlari;
Gidravlik kuchaytirgichlar – tashqi ta‘minot manbai hisobiga boshqarish signali quvvatini bir vaqtda kuchaytiruvchi gidrodvigatel ishini boshqarish uchun mo`ljallangan.
Taqsimlagich qurilmalar. Taqsimlagich qurilmalar gidrouzatmaning asosiy elementlari va qismlari orasidagi suyuqlik oqimlarini taqsimlash va yo`nalishini o`zgartirish uchun xizmat qiladi. Konstruktiv tuzilishi bo`yicha taqsimlagichlar zolotnikli, kranli va klapanli turlarga ajraladi. Ularning belgilangan holatlariga qarab, ikki va uch hamda ko`p holatli taqsimlagichlar bo`ladi. Hajmiy gidrouzatmalarda eng ko`p qo`llaniladigani zolotnik (turli mashinalarda: bug’, suyuqlik yoki gaz taqsimlovchi klapan)li taqsimlagichlardir.
Zolotniklar gidroapparatlarning boshqariluvchi elementi bo`lib, uning yordamida suyuqlikning taqsimlanishi, harakatni reverslash va bir trubadan ikkinchisiga o`tkazish ishlari amalga oshiriladi. Zolotnikning harakatlanuvchi qismi (1-rasm) suyuqlik o`tishi uchun yo`lakchalari bo`lgan plunjer 1 va suyuqlikni kiritish hamda chiqarish uchun teshiklari bo`lgan silindr 2 dan iborat. Gidrouzatma ishlash vaqtida zolotnikning korpusi 2 ga nisbatan plunjer 1 ni siljitish yo`li bilan zolotnikli juftning tegishli ish tuynugi berkitiladi, natijada suyuqlikning yo`nalishi o`zgaradi.
Zolotnikni boshqarish qo`lda yoki qulochli mexanizm yordamida yoki elektromagnit va gidravlik usul bilan boshqarilishi mumkin.
2-rasmda G-72 tipli gidravlik boshqariluvchi reversiv zolotnikning sxemasi keltirilgan. U korpus 1, plunjer 2, sharli klapan 3 va drossel 4 dan tashkil topgan. Zolotnikning plunjeri 2 gidrodvigatelning ikki yo`nalishiga tegishli ikkita chekka (o`ng va chap) holatlarni qabul qilishi mumkin. Plunjer 2 ni bir holatdan ikkinchisiga o`tishi plunjerning ikki tomoniga ta‘sir qiluvchi bosim p yordamida amalga oshiradi.
Kranli taqsimlagichlar (3-rasm) tuzilishining soddaligi sababli keng tarqalgan.Ammo ularni burash uchun kattagina moment zarur bo`ladi. Bu momentni kichraytirish uchun moslamalar qo`llash taqsimlagichning tuzilishinni murakkablashtirib yuboradi.
Klapanli taqsimlagichlar kichik sarflarda ishlay olishi, katta bosimlarda ham yaxshi germetiklanganligi, ihchamligi va boshqarishning osonligi bilan zolotniklardan ustunlik qiladi. Shunday qilib, germetiklik hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lmasa va sarf katta bo`lsa, zolotnikli taqsimlagichlardan foydalanish ma‘qul. Moy sarfi kichik gidrouzatmalarda, germetiklik muhim bo`lgani uchun klapanli taqsimlagichlar qo`llaniladi.
|
| |