|
-rasm. Pnevmoyuritma tezligini gidravlik rostlash sxemasi
|
bet | 11/96 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 7,31 Mb. | | #265543 |
Bog'liq Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazif5-rasm. Pnevmoyuritma tezligini gidravlik rostlash sxemasi.
1-ishchi pnevmosilindr; 2-ishchi pnevmosilindr shtoki; 3 – shtok-turtkich;
4 – rostlovchi drossel; 5 – qaytish kanali; 6 – gidrosilindr.
Yuritma o`z ichiga ishchi suyuqlik(moy)ning yopiq aylanishiga ega gidrosilindr 6 va moy sarfini rostlashga hizmat qiluvchi qaytish kanali 5 dagi rostlovchi drossel 4 ni, shtok-turtkich 3, shtok 2 va ishchi pnevmosilindr 1 ni oladi.
NAZORAT SAVOLLARI:
Avtomatlashtirishning pnevmatik texnik vositalari haqida ma`lumot bering?
Kuch kompensatsiyali pnevmatik o‘zgartgichning sxemasini chizib, ishlash prinsipini tushuntiring?
Siljish kompensatsiyali pnevmatik o‘zgartgichning ishlash prinsipini tushuntiring?
Tokni siqilgan havo bosimiga o`zgartirgich ishlash prinsipi?
Siqilgan havo bosimini tokka o`zgartirgich ishlash prinsipi?
Mavzu: Avtomatlashtirishning gidravlik texnik vositalari.
Reja:
1. Avtomatlashtirishning gidravlik texnik vositalari.
2. Gidroyuritmalarning tavsifi va ishlash tamoyili.
Tayanch iboralar: Gidroyuritma, hajmiy gidroyuritma, gidrouzatma, gidrotaqsimlagich, Gidroakkumulyator, gidravlik kuchaytirgich, gidrosilindr, bosim, sarf, klapan, gidrobak, ishchi suyuqlik, gidravlik rostlagich.
Avtomatlashtirishning gidravlik texnik vositalari
Gidravlik texnik vositalar asosini gidroyuritmalar tashkil etadi.
Gidroyuritma gidrodvigatel chiqish qismining harakat tezligini rostlash va yo`nalishini o`zgartirish funksiyasini baravar bajarish bilan bosim ostidagi ishchi suyuqlik vositasida mexanizm va mashinalarni harakatga keltirishga mo`ljallangan qurilmalar majmuyi hisoblanadi.
Gidroyuritmalar ikki tipli bo`ladi: gidrodinamik va hajmiy. Gidrodinamik yuritmalarda asosan suyuqlik oqimining kinetik energiyasi ishlatiladi. Hajmiy gidroyuritmalarda ishchi suyuqlik bosimining potensial energiyasi ishlatiladi.
Hajmiy gidroyuritmalar gidrouzatmadan, boshqarish qurilmalaridan, yordamchi qurilmalar va gidroliniyalardan tarkib topgan (1-rasm).
|
| |