• Mavzu: Elektr ijro mexanizmlar va ularga qo’yiladigan talablar. Reja: Elektr ijro mexanizmlari.
  • Tayanch iboralar
  • Elektr ijro mexanizmlari.
  • Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish




    Download 7,31 Mb.
    bet19/96
    Sana25.06.2024
    Hajmi7,31 Mb.
    #265543
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   96
    Bog'liq
    Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazif

    NAZORAT SAVOLLARI:

    1. Pnevmatik kuchaytirgich nima?

    2. Pnevmatik kuchaytirgichlar rostlash tizimiga ko`ra qanday turlarga bo`linadi?

    3. Drosselli boshqarish tamoyiliga ko`ra pnevmatik kuchaytirgichlar qanday turlarga bo`linadi?

    4. Purkovchi trubkali pnevmatik kuchaytirgichning ishlash prinsipini tushuntiring?

    5. Soplo-zaslonkali pnevmatik kuchaytirgichning ishlash prinsipini tushuntiring?

    6. Pnevmatik rostlagichlar haqida ma`lumot bering?

    Mavzu: Elektr ijro mexanizmlar va ularga qo’yiladigan talablar.
    Reja:

    1. Elektr ijro mexanizmlari.

    2. Elektromagnitlar va ularning ishlash prinsiplari.

    3. Elektromagnit ijro mexanizmlar.

    4. Elektromexanik muftalar



    Tayanch iboralar: Ijro mexanizmi, ijro etuvchi qurlma, rostlash organi, elektr ijro mexanizmi, elektrodvigatelli ijro mexanizmlari, elektromagnitli ijro mexanizmlari, elektromagnitli muftalar, solenoidli ijro mexanizmlari, elektromagnit rostlash organi, zatvor, klapan, bosimlar farqi.
    Elektr ijro mexanizmlari.

    Avtomatik rostlash tizimining ijro mexanizmi deb rostlovchi organi uzatilayotgan signalga muvofiq xarakatga keltiruvchi moslamaga aytiladi. Rostlovchi organni vazifasini drossellar, to’sqichlar, klapanlar, shiberlar bajaradi.


    Ijro mexanizmlarining asosiy ko’rsatkichlari: chiqish validagi aylanish momentining nominal qiymati yoki chiquvchi shtokdagi ta’sir etuvchi kuch; aylantiruvchi moment yoki kuchlarning maksimal qiymati; nosezgirlik maydoni; inersionlik vaqtini ko’rsatuvchi vaqt doimiysi; ijro mexanizmlarini chiqish valining aylanish vaqti yoki uning shtokining surilish vaqti.
    Ijro mexanizmini ishdan to’xtagandan so’ng turg’unlashgan rejim vaqtida ishlab turganda chiqish organining surilishi yugurish holati deb ataladi. Bu holat rostlash sifatiga ta’sir ko’rsatadi.
    Ijro mexanizmlarining asosiy ko’rsatkichlari – ularning statik va dinamik tavsifnomalari hisoblanadi. Dinamik xususiyatlariga ko’ra ijro mexanizmlari integrallovchi zvenolar guruxiga kiradi: W(p)= 1/ Тim r, bu yerda Тim – maksimal chiqish signali vaqtida IM chiqish organining to’liq surilish vaqti.
    Ijro mexanizmlarini quyidagi asosiy belgilariga ko’ra sinflarga ajratish mumkin: foydalanilgan energiya turiga ko’ra, chiquvchi organning xarakat xarakteriga ko’ra; foydalanilgan yuritma turiga ko’ra hamda chiquvchi organning xarakatlanish tezligiga ko’ra.
    Foydalanilgan energiya turiga ko’ra IM lar elektrik, pnevmatik, gidravlik turlariga ajratiladi (8.1-rasm). Chiquvchi organ xarakat xarakteriga qarab IM lar aylanuvchan va to’g’ri xarakatlanuvchan guruxlarga ajratiladi. Aylanuvchan IM lar bir marta aylanuvchan va ko’p marta aylanuvchan bo’lishi mumkin.
    Foydalanilgan elektr yuritma ko’rinishiga qarab IM lar elektr yuritmali, elektromagnitli, porshenli va membranali bo’lishi mumkin.
    Chiquvchi organning xarakatlanish tezligiga ko’ra IM lar doimiy tezlikka ega bo’lgan hamda chiquvchi organning surilish tezligi chiquvchi signalga proporsional bo’lgan IM larga ajratiladi.
    Qishloq va suv xo’jaligi ishlab chiqarishida elektrik IM lar keng tarqalgan. Ularni 2 ta asosiy guruxga ajratish mumkin: elektr dvigatelli va elektromagnitli (2-rasm).
    Birinchi guruxga elektr yuritmali IM lar kiradi. Elektr yuritmali IM lar odatda elektr yuritma, reduktor va tormozdan tashkil topadi (oxirgisi bo’lmasligi ham mumkin). Boshqaruv signali bir vaqtning o’zida yuritma va tormozga beriladi, mexanizm to’xtay boshlaydi va yuritma chiquvchi organni xarakatga keltiradi. Signal yo’qolganda yuritma ishdan to’xtaydi, tormoz mexanizmni to’xtatadi.
    Ikkinchi guruxga solenoidli IM larni kiritish mumkin. Ular turli xil rostlovchi klapanlar, vintellar, zolotniklar va boshqa elementlarni boshqarish uchun qo’llanilishi mumkin. Bu guruxga elektromagnitli muftalarni kiritish mumkin. Solenoidli mexanizmlar odatda faqat ikki pozitsiyali rostlash tizimlarida qo’llaniladi.
    Elektr yuritmali IM lar odatda elektr yuritma, reduktor va tormozdan tashkil topadi (oxirgisi bo’lmasligi ham mumkin). Boshqaruv signali bir vaqtning o’zida yuritma va tormozga beriladi, mexanizm to’xtay boshlaydi va yuritma chiquvchi organni xarakatga keltiradi. Signal yo’qolganda yuritma ishdan to’xtaydi, tormoz mexanizmni to’xtatadi.

    1-rasm. Ijro mexanizmlarining energiya turiga qarab turlanishi

    Ishlab chiqarishida statsionar qurilmalar va jarayonlarni avtomatlashtirishda asosan elektrik ijro mexanizmlari, xarakatlanuvchi mashinalarda esa gidravlik va pnevmatik ijro mexanizmlari qo’llaniladi.


    Chiquvchi organning xarakteriga qarab elektrik ijro mexanizmlarining turkumlanish sxemasi 2-rasmda ko’rsatilgan.


    2-rasm. Chiquvchi organning xarakteriga qarab elektrik ijro mexanizmlarining turkumlanishi.


    Elektr ijro mexanizmlari.


    Elektrli ijro mexanizmlari quyidagilarga bo`linadi:

    • elektrodvigatelli;

    • elektromagnitli.

    Elektrodvigatelli ijro mexanizmlari valning aylanishiga qarab quyidagilarga bo`linishi mumkin:

    • bir aylanishli elektrodvigatelli ijro mexanizmlar – val 360° burchakkacha buriladi;

    • ko`p aylanishli elektrli ijro mexanizmlar – val erkin aylana oladi.

    Elektrodvigatelli ijro mexanizmlari foydalanadigan elektrodvigateliga qarab boshqarilmaydigan va boshqariladigan turlarga bo`linadi.
    Elektromagnitli ijro mexanizmlari solenoidli elektruzatmali hamda elektromagnitli muftalarga bo`linadi. Solenoidli ijro mexanizmlari faqat ikki pozitsiyali boshqarish uchun ishlatiladi.
    Elektromagnitli muftalar esa ishqal anishli va sirpanishli muftalarga bo`linadi.

    Download 7,31 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   96




    Download 7,31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish

    Download 7,31 Mb.