• 3-rasm. Elektromagnit
  • Elektromagnitlar va ularning ishlash prinsiplari




    Download 7,31 Mb.
    bet20/96
    Sana25.06.2024
    Hajmi7,31 Mb.
    #265543
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   96
    Bog'liq
    Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazif

    Elektromagnitlar va ularning ishlash prinsiplari
    Elektromagnitlar har xil tuzilmalarning elementlarini to`g‘ri chiziq yo`nalishida ko`chirish uchun ishlatiladi. Ualr o`zgaruvchan va o`zgarmas tokli bo`lishi mumkin. 1a rasmda bir fazali o`zgauvchan tok elektromagniti ko`rsatilgan. Uning o`zagi va yakori elektrotexnik po`lat listlardan yig‘ilgan. G‘altakdan tok o`tganda magnit oqimi va kuch F hosil bo`ladi. Bu kuch yakorni g‘altakning ichiga tortadi. Yakor esa u bilan bog‘langan mexanizmni harakatga keltiradi. Tortish kuchining yakorni yurishi l ga bog‘lanishi elektromagnitning tortuv tavsifi deyiladi. Bir fazali elektromagnitda yakor tortilgan sari tortilish kuchi F yakor yurishining oxirida harakatning boshlanishiga nisbatan 1,5 – 2 marta katta bo`ladi (3b-rasm).

    3-rasm. Elektromagnit
    a) 1 – o`zak, 2 – g’altak, 3 – yakor. b) bir fazali o`zgaruvchan
    tok elektromagnitining tortuv tavsifi, c) doimiy tok elektromagnitining tortuv tavsifi.

    Yakor harakatining boshlanish paytida o`zak va yakor orasidagi havo tirqishi eng katta bo`ladi. Shuning uchun magnit oqim, g‘altakning induktivligi L va induktiv qarshiligi XL=2πfL kichik bo`ladi. Shu sababli dastlabki paytda g‘altakdan juda katta tok o`tadi (3b-rasm). Yakor o`zakka tortilgandan keyin g‘altakning induktivligi va qarshiligi ortadi, tok esa 5 – 15 marta kamayadi. Lekin yakor oxiriga yetmasdan o`rta holatda qolishi mumkin emas. Sababi: g‘altakdan o`tayotgan katta tok uni qizitib ishdan chiqarishi mumkin. Yakor oxirigacha tortilishi uchun ko`pincha u va harakatlanayotgan mexanizm prujina bilan bog‘langan. Bunda harakatlanayotgan mexanizm to`xtab qolsa ham yakor oxirigacha tortiladi. G‘altak o`zgaruvchan tok bilan ta‘minlangani uchun yakor tebranishi mumkin. Bunga yo`l qo`ymaslik uchun o‘zak dempfer deyiladigan o`ram bilan tutashtiriladi.


    O`zgarmas tok elektromagnitlari doimiy tok bilan ta‘minlanadi. Shuning uchun ularning o`zagi va yakori yaxlit po`latdan qilinadi va ularga dempferli o`ram kerak emas, chunki yakor tebranmaydi. Elektromagnit doimiy tokka faqat aktiv qarshilik ko`rsatadi. Shuning uchun g‘altakning toki faqat noldan nominal qiymatigacha o`sishi mumkin (3c -rasm). Shu sababli yakor o`z yurishida o`rta holatda to`satdan to`xtab qolsa ham g‘altak qizib ketmaydi. O`zgarmas tok elektromagnitda tok noldan nominal qiymat iga ortganda g‘altakda o`zinduksiya EYuK hosil bo`lib, tokning o`zgarishiga qarshilik ko`rsatadi. O`zgarmas tok elektromagnit uchun tortish uchun F ning tavsifi 1c-rasmda ko`rsatilgan. O`zak va oxirigacha yetgan yakor orasida l0 masofa g‘altak o`chirilgandan keyin elektromagnitni magnitsizlantirishga imkoniyat beradi.



    Download 7,31 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   96




    Download 7,31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektromagnitlar va ularning ishlash prinsiplari

    Download 7,31 Mb.