• Mavzu: Doimiy tok dvigatellari. O’zgaruvchan tok dvigatellari Reja: Doimiy tok dvigatellari.
  • Tayanch iboralar
  • -rasm. Sirpanish elektromexanik muftasi




    Download 7,31 Mb.
    bet23/96
    Sana25.06.2024
    Hajmi7,31 Mb.
    #265543
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   96
    Bog'liq
    Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazif

    6-rasm. Sirpanish elektromexanik muftasi
    1 – yakor; 2 – inductor; 3 – kontakt halqa; 4 – induktor cho`lg`ami; 5 – induktor qutbi.


    Nazorat savollari

    1. Ijrоchi mеxаnizmlаr hаqidа mа`lumоt bеring?

    2. Ijro mexanizmlarining turlari

    3. Elektrik ijro mexanizmlarining turlari?

    4. Elektrodvigatelli ijro mexanizmlarining turlari?

    5. Elektromagnitli ijro mexanizmlari?

    6. Elektromagnitli muftaning ishlash prinsipi?

    Mavzu: Doimiy tok dvigatellari. O’zgaruvchan tok dvigatellari


    Reja:

    1. Doimiy tok dvigatellari.

    2. DTD ning elektromagnit momenti.

    3. O`zgaruvchan tok dvigatellari.

    4. Sinxron va asinxron dvigatellar



    Tayanch iboralar: Elektr ijro mexanizmi, elektrodvigatelli ijro mexanizmlari, elektromagnitli ijro mexanizmlari, doimiy tok dvigatellari, stator, rotor, kollektor, elektrodvigatel, asinxron dvigatel, ozgaruvchan tok mashinasi, sinxron dvigatеl, qadamli elektrodvigatel.
    Doimiy tok dvigatellari.
    Doimiy tok dvigatellari DTD ko`plab avtomatika qurilmalarida, masalan alohida elektr energiya manbaiga ega radioelektron, optik, mexanik, shuningdek, portative (ko`tarib yurishga qulay) apparatlarda ijro elementlari sifatida keng ishlatiladi. Bunday dvigatellar boshqa dvigatellarga qaraganda qator afzalliklarga ega: mexanik tavsiflarning chiziqliligi, yaxshi rostlash xususiyati, katta ishga tushirish momenti, yuqori darajada tez harakat qilishi, quvvat bo`yicha katta diapazonga va yaxshi massao`lchamiga egaligi.
    Bunday dvigatellarning asosiy kamchiliklari bo`lib cho`tkali-kollektorli qurilmalarning mavjudligi, DTD xizmat qilish va DTD narx-navosining qimmatlashib borishi chegaralanganligi, shovqin manbai hisoblangan qo`shimcha yo`qotishlarga uchrashi va amalda agressiv va portlash xavfi bo`lgan muhit sharoitlarida DTD ishlatish imkoniyatidan mustasno qilinishi hisoblanadi.
    DTD konstruksiyasi.
    DTD konstruktiv jihatdan stator va rotor yoki yakordan iborat. 1-rasm orqali mashinaning soda konstruksiyasi tushintiriladi.

    1-rasm. DTD konstruksiyasi.
    Stator po`lat stanina 1, o`zaklar 2 va qo`zg‘atuvchi cho`lg‘amlar 3 dan tashkil topuvchi stator ichki bo`shlig‘iga joylashgan bosh qutblardan iborat. Qutb o`zagining pastki qismida mashinaning havoli tirqishidagi magnit induksiyasining zaruriy taqsimlanishini ta‘minlovchi qutb uchligi (nakonechnik) 4 mavjud. Stanina yon tomoniga podshipnikli shitlar qotirilgan bo`lib, ulardan biriga metallgrafitli cho`tkali 9 cho`tka tutqich mahkamlangan.
    Rotor (yakor) o`zak 5, yakor cho`lgamlari 6, kollektor 7 va val 8 dan iborat. O`zak 5 dvigatel vali osti tirqishiga va yakor cho`lg‘ami sim o`tkazgichlari joylashtirilgan pazlarga ega elektrotexnik po`latdan iborat shtamplangan listlardan yig‘ilgan silindrdan tashkil topgan.
    Kollektor 7- elektrik jihatdan bir-biridan va dvigatel validan izolyatsiyalangan trapetsiya ko`rinishli qirqimli mis plastinalardan yig‘ilgan silindr.
    Yakor cho`lg’ami o`zak 5 pazlaridagi o`ralgan va mahkamlangan sim o`tkazgichlarning yopiq tizimidan iborat. Cho`lg‘am seksiyalar (g‘altaklar) dan iborat, ularning kirishlari ikki kollektorli plastinalar bilan bog‘langan.



    Download 7,31 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   96




    Download 7,31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Sirpanish elektromexanik muftasi

    Download 7,31 Mb.