Modda almashinish qurilmalari.
Rektifikastion qurilmalarning tuzilishi va ishlash prinstipi. Kolonnali
qurilmalarning kontakt elementlari. Rektifikastion kolonnalarni hisoblash va
loyihalash
Modda almashinish yoki diffuzion jarayonlar neftni
qayta ishlash zavodlarida
keng tarqalgan jarayonlardan hisoblanadi. Bu jarayonlarning texnologik vazifalari
turlicha bo’lsada, ammo barchasining mohiyati shundan iboratki, diffuziya yo’li
bilan
modda bir fazadan ikkinchisiga o’tishi bilan aralashmalar ajratiladi.
Diffuzion jarayonlar qaytar bo’lib, ularning yo’nalishi fazalar muvozanati, modda
almashinuvchi fazalardagi hiqiqiy konstentrastiyalar, temperatura va bosim bilan
belgilanadi.
Har bir modda almashinish apparati muayyan modda
almashinish jarayoni nomi
bilan ataladi. Masalan, rektifikastion kolonna suyuq va gaz fazalar orasida
komponentlarni aniq ajratish uchun boradigan rektifikastiya jarayonini amalga oshirish
uchun ishlatiladigan apparat bo’lib hisoblanadi. Adsorberlarda qattiq va suyuq fazalar
orasidagi moddaalmashinish, ekstraktorlarda ikkita
suyuq fazalar orasidagi
moddaalmashinish jarayonlari boradi.
Asosiy moddaalmashinish apparatlari – rektifikastion kolonnalar, adsorbstion,
absorbstion, ekstrakstion apparatlar metall sig`imi bo’yicha
neftni qayta ishlash
zavodlaridagi barcha qurilmalarning yarmidan ko’pini tashkil etadi.
Fazalarning kontakt usuliga ko’ra kolonnali apparatlar tarelkali, nasadkali va
plenkali
turlarga, apparatdagi bosimga ko’ra atmosfera bosimli, yuqori bosimli va
vakuumli turlarga bo’linadi.
Ishlatiladigan barcha kolonnali apparatlarning 60 % i tarelkali va 40 % i nasadkali
kolonnalardir.
Tayyorlashning qiyinligi va tannarxining yuqoriligi natijasida plenkali kolonnalar
kam ishlatiladi.
Rektifikastion qurilmalar asosan ikki turga bo’linadi: 1) pog`onali
kontaktli
qurilmalar (tarelkali kolonnalar); 2) Uzluksiz kontaktli qurilmalar (plyonkali va
nasadkali kolonnalar). Tarelkali, nasadkali va ayrim plyonkali qurilmalar ichki tuzilishi
(tarelka, nasadka) ga ko’ra absorbstion kolonnalarga o’xshash bo’ladi. Rektifikastion
kalonnalarni hisoblash ham bir har tipdagi absorbstion qurilmalarni hisoblashdan
farq qilmaydi. Faqat dastlab yuqorigi va pastki kolonna alohida hisoblanadi, so’ngra
rektifikastion qurilmaning umumiy ish balandligi aniqlanadi. Rektifikastion kalonnalar
(absorberlardan farqli) qo’shimcha issiqlik almashinish qurilmalari (isitgich,
qaynatgich,
haydash kubi, deflegmator, kondensator, sovitgich) bilan ta’minlangan
bo’ladi. Bundan tashqari atrof muhitga tarqaladigan issiqlikning yo’qolishini
kamaytirish uchun rektifikastion kalonnalar issiqlik himoyasi bilan qoplanadi.