-rasm. Intensiv kontaktli tarelkalarning turlari




Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana15.05.2024
Hajmi0,74 Mb.
#236182
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Modda almashinish qurilmalari. Rektifikastion qurilmalarning tuz

3-rasm. Intensiv kontaktli tarelkalarning turlari. 
a – fazalarning ikki zonali kontaktiga ega bo’lgan tarelkalar; 
b – qo’zg`aluvchan sharsimon nasadkali tarelkalar 


Rektifikastion (va absorbstion) qurilmalarda asosan etti xil tipdagi kontakt 
tarelkalari ishlatiladi: 
1) G`alvirsimon; 2) g`alvirsimon – klapanli; 3) klapanli; 4) jalyuzali-
klapanli; 5) qalpoqchali; 6) g`alvirsimon ko’p quyilishli; 7) panjarali. Tarelkalar 
oralig`idagi masofa 
h
= 200/1200 
mm
bo’lishi mumkin, ko’pincha 
h
ning qiymati 
200; 300; 400; 500 va 600 
mm
ga teng qilib olinadi. 
3-rasmda suyuq va gaz ( bug`) fazalari o’rtasida intensiv rejimlarni ta’minlab 
beruvchi tarelkalarning ayrim turlari ko’rsatilgan. Ikkita zonali kontaktga ega bo’lgan 
tarelkada (3-rasm, 
a
) bug` suyuqlik plyonkasi tarelkadan quyilayotgan joyda 
qo’shimcha kontaktga uchraydi va tarelkadagi suyuqlik qatlamidan o’tayotgan paytda 
esa barbotajli rejim hosil qiladi. Bu holat jarayon tezligining ortishiga olib keladi.
3-rasm, 
b
da ko’rsatilagn kontakt qurilmada sharlar qatlamidan foydalanilganda 
tarelkalar oralig`idagi bo’shliqda suyuqlikning bir-biridan ajratilgan zich plyonkalari 
hosil bo’ladi, natijada bunday kolonnadagi gaz (yoki bug`) ning tezligini 
g`alvirsimon tarelkalarga nibattan 3-4 marotaba ko’paytirish imkoni paydo bo’ladi. 
Rotorli qurilmalarda ham fazalar o’rtasida intensiv kontaktli rejim uyushtiriladi. 4 – 
rasmda rotorli qurilmalarning ikki har kontakt qurilmalari ko’rsatilgan. Bunday 
qurilmalarda markazdan qochma kuch maydoni hosil kilinib, suyuqlik valdagi teshiklar 
orqali ochib beriladi. Rotorli qurilmalar issiqlikka bardoshsiz sistemalarni vakuum 
ostida rektifikastiya qilish uchun qo’llaniladi. Bunday qurilmalarning gidravlik 
qarshiligi kam, biroq rotorni aylantirish uchun qo’shimcha energiya talab qilinadi.



Download 0,74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Intensiv kontaktli tarelkalarning turlari

Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish