Uglevodorod gazlari, suv bug`i va kondensastiyalanmaydigan
gazlardan iborat
aralashma kolonna yuqorisidan barometrik kolonnaga uzatiladi. Bug`larni sovitish
uchun kondensatorga sovuq suv beriladi. Kondensator
pastidan yuqoriga qarab
harakatlanayotgan bug`lar, tarelka tokchalari orqali yuqoridan pastga oqib tushayotgan
suv bilan kontaktda bo’lib, soviydi va kondensastiyalanadi. Kondensastiyalangan
bug`lar sovituvchi suv bilan barometrik truba orqali quduqqa tushadi.
Kondensastiyalanmaydigan gazlar bug` oqimli ejektor
yoki vakuum-nasoslar
yordamida so’rib olinadi.
Bug` oqimli ejektorlar ikki-, uch- va ko’p bosqichli bo’lishi mumkin. –rasmda
ikki bosqichli ejektor tasvirlangan.
Gaz va kondensastiyalanmagan suv bug`lari
1
shtuster
orqali barometrik
kondensatordan birinchi bosqich so’rish kamerasi
5
ga so’riladi.
6
diffuzor markazida
bug` soplosi
4
o’rnatilgan. Soploga yuqori bosimli o’tkir bug` beriladi. Bug` kamerada
vakuum
hosil qilib, oraliq kondensatorga o’tadi va kondensastiyalanadi. Oraliq
kondensatorga suv
9
shtuster va
10
purkash moslamasi orqali beriladi.