• 2- rasm. Uzluksiz ishlaydigan rektifikastion qurilma s xemasi
  • - rasm. Davriy ishlaydigan rektifikastion qurilma sxemasi




    Download 0,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/9
    Sana15.05.2024
    Hajmi0,74 Mb.
    #236182
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Modda almashinish qurilmalari. Rektifikastion qurilmalarning tuz

     
    1- rasm. Davriy ishlaydigan rektifikastion qurilma sxemasi: 
    1-haydash kubi; 2-rektifikastion kolonna; 3-deflegmator; 4-ajratgich; 5-sovitkich; 
    6,7-yig`gichlar. 


     
    2- rasm. Uzluksiz ishlaydigan rektifikastion qurilma s
    xemasi

    1 -isitgich; 2-rektifikastion kolonna; 3-deflegmator; 4-ajratgich; 5-sovitgich; 6-
    distillyat yig`gich; 7-qaynatgich; 8-qoldiq mahsulotni yig`gich. 
     
    Rektifikastion kolonnalarda rektifikastiya jarayoni bug` va suyuq fazaning ko’p 
    marta o’zaro kontakti ta’sirida amalga oshadi. Shu maqsadda kolonna maxsus kontakt 
    qurilmalari- tarelkalar bilan ta’minlangan bo’ladi. Tarelkalar kolonna ichida gorizontal 
    holatda o’rnatiladi. 
    Dastlabki aralashma isitgichda qaynash temperaturasigacha isitiladi, so’ngra 
    kolonnaning ta’minlovchi tarelkasiga yuboriladi.
    Ta’minlovchi tarelka qurilmani ikki qismga (yuqorigi va pastki kolonnaga) 
    bo’ladi. Yuqorigi kolonnada bug`ning tarkibi engil uchuvchan komponent bilan boyib 
    boradi, natijada tarkibi toza engil uchuvchan komponentga yaqin bo’lgan bug`lar 
    deflegmatorga beriladi. Pastki kolonnadagi suyuqlik tarkibidan maksimal miqdorda 
    engil uchuvchan komponentni ajratib olish kerak, bunda qaynatgichga kirayotgan 
    suyuqlikning tarkibi asosan toza holdagi qiyin uchuvchan komponentga yaqin bo’lishi 
    kerak.
    Shunday qilib, kolonnaning yuqorigi qismi bug` tarkibini oshiruvchi qism yoki 
    yuqorigi kolonna deb ataladi. Kolonnaning pastki qismi esa suyuqlikdan engil 
    uchuvchan komponentni maksimal daraja ajratuvchi qism yoki pastki kolonna deb 
    ataladi.
    Kolonnaning pastidan yuqoriga qarab bug`lar harakat qiladi, bu bug`lar 
    kolonnaning pastki qismiga qaynatgich (issiqlik almashinish qurilmai) orqali o’tadi. 
    Qaynatgich odatda kolonnaning tashqarisida yoki uning pastki qismida joylashgan
    bo’ladi. Bu issiqlik almashinish qurilmasi bug`ning yuqoriga yo’nalgan oqimi hosil 
    qiladi. Kolonnaning yuqorisidan pastga qarab suyuqlik harakat qiladi. Bug`lar 
    deflegmatorda kondensastiyaga uchraydi. Deflegmator sovuq suv bilan sovitiladi. Hosil


    bo’lgan suyuqlik ajratgichda ikki qismga ajraladi. Birinchi qism flegma kolonnaning 
    yuqori tarelkasiga beriladi. Shunday qilib, kolonnada suyuq fazaning pastga yo’nalgan 
    oqimi yuzaga keladi. Ikkinchi qism – distillyat sovitilgandan so’ng yig`gichga 
    yuboriladi.
    Deflegmatorda bug`lar to’la yoki qisman kondensastiyaga uchraydi. Birinchi 
    holda kondensat ikkiga bo’linadi. Birinchi – qism flegma qurilmaga qaytariladi, 
    ikkinchi qism esa distillyat (rektifikat) yoki yuqori mahsulot sovutgichda sovitilgandan 
    so’ng, yig`ish idishiga yuboriladi. Ikkinchi holda esa deflegmatorda kondensastiyaga 
    uchramagan bug`lar sovitgichda kondensastiyalanadi va sovitiladi: bu holda ushbu 
    issiqlik almashinish qurilmasi distillyat uchun kondensator – sovutgich vazifasini 
    bajaradi. 
    Kolonnaning pastki qismidan chiqayotgan qoldiq ham ikki qismga bo’linadi. 
    Birinchi qism qaynatgichga yuboriladi, ikkinchi qism (pastki mahsulot) esa sovitgichda 
    sovitilgandan so’ng yig`ish idishiga tushadi.
    Rektifikastion qurilmalar odatda nazorat-o’lchash va boshqaruvchi asboblar bilan 
    jihozlangan bo’ladi. Bu asboblar yordamida qurilmaning ishini avtomatik ravishda 
    boshqarish va jarayonsni optimal rejimlarda olib borish imkoni tug`iladi.
    Rektifikastion kolonna korpusida xom-ashyo, flegma va bug`ni kiritish, tayyor 
    mahsulotlar, qoldiqni chiqarish, bosim, temperatura va sathni o’lchash asboblarini 
    o’rnatish uchun shtusterlar ko’zda tutilgan. 
    Tarelkali kontakt qurilmalarini ko’p belgilariga ko’ra sinflarga ajratish mumkin. 
    Masalan: suyuqlikni bir tarelkadan keyingi tarelkaga uzatish usuliga ko’ra ular 
    suyuqlikni quyilish moslamali va quyilish moslamasi bo’lmagan turlarga bo’linadi. 
    Quyilish moslamali tarelkalar maxsus kanallarga ega bo’lib, suyuqlik shu kanallar 
    orqali yuqori tarelkadan pastki tarelkaga quyiladi. Bu kanallar orqali bug` faza 
    yuqoriga o’tolmaydi. Quyilish moslamasi bo’lmagan tarelkalarda suyuqlik va bug` faza 
    yuqori tarelkadan keyingi tarelkaga ulardagi teshiklar orqali o’tadi. 
    Gaz va suyuq fazaning o’zaro kontaktlashuv usuliga ko’ra tarelkalar barbotajli va 
    oqimli turlarga bo’linadi. Barbotajli tarelkalarda suyuqlik yaxlit, gaz esa dispers faza, 
    oqimli tarelkalarda aksincha, gaz faza yaxlit, suyuqlik dispers holatda bo’ladi. 

    Download 0,74 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - rasm. Davriy ishlaydigan rektifikastion qurilma sxemasi

    Download 0,74 Mb.
    Pdf ko'rish