Kolonnada alohida joylashtirilgan stripping-kolonna deb nomlanuvchi uchta
bug`latish sekstiyalari mavjud bo’lib, ular umumiy korpusda joylashtirilgan.
Sekstiyalar qopqoqlar bilan ajratilgan. Har bir sekstiya bir nechta tarelkalar bilan
ta’minlangan.
Murakkab kolonnada aralashmaning ajratilishi quyidagi sxema bo’yicha amalga
oshiriladi. Kerakli temperaturagacha isitilgan aralashma, birinchi kolonnaning
ta’minlovchi qismiga beriladi. Birinchi kolonnada ajralgan asosan engil uchuvchan
frakstiya bug`laridan iborat gazlar ikkinchi kolonnaga o’tib, undan ikkinchi og`irroq
frakstiya qoldiq sifatida ajaratiladi. Qisman ikkinchi frakstiya bug`lari bo’lgan gazlar
aralashmasi uchinchi kolonnaga o’tib, undan qoldiq sifatida uchinchi frakstiya ajraladi.
Kolonna yuqorisidan bug` holidagi to’rtinchi frakstiya ajratib olinadi.
Kolonna yuqorisida joylashgan parstial kondensator yordamida bug`lar
sovutiladi. Bunda bug`larning bir qismi kondensastiyalanadi va flegma hosil bo’ladi.
Hosil bo’lgan flegma murakkab kolonna yuqorisidan uchinchi oddiy kolonna barcha
tarelkalari orqali oqib o’tadi. Ushbu kolonna pastki tarelkasidan bir qism flegma
bug`latish uchun stripping sekstiyaga o’tadi. Qolgan qismi esa ikkinchi oddiy
kolonnada to’yintirish vazifasini bajaradi. Ikkinchi kolonnada ham shu jarayon
takrorlanadi.
Oddiy kolonnalar pastki tarelkalarida yig`ilgan frakstiyada ma’lum miqdorda
chegaraviy frakstiya ham bo’ladi. Frakstiyalarni sof holda ajratish uchun stripping
sekstiyalar pastki qismiga suv bug`i beriladi. Suv bug`i qiyin uchuvchan frakstiya
bug`lari bilan asosiy kolonnaga qaytiriladi. Qoldiq mahsulot esa har bir oddiy kolonna
pastidan alohida frakstiya holida chiqariladi.