|
1-laboratoriya ishi ochiq chiziqli sistemalarni tadqiq etish
|
bet | 1/2 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 77,1 Kb. | | #250674 |
Bog'liq 1-lab 1-LABORATORIYA ISHI
Ishning maqsadi
Matlab vositasi yordamida bir о‘lchamli chiziqli uzluksiz sistemalarni taxlil qilish usullarini о‘zlashtirish
Ishning vazifasi
sistema modelini uzatish funksiyasi shaklida kiriting;
«nul-qutb» formasi va fazo xolatlarida ekvivatent modelini tuzing;
о‘rnatilgan rejimda kuchaytirish koeffitsiyenti va sistemaning о‘tazuvchanlik palasasini aniqlang;
impulsli va о‘tkinchi xarakteristikalarni, nul va qutblarni joylashish xaritasini, chastotali xarakteristikalarni qurishni о‘rganish;
turli xarakteristikalarni qurish uchun LTIViewer oynasidan foydalanishni о‘rganish;
ixtiyoriy kirish signalida chiziqli sistema chiqishidagi jarayonlarni qurishni о‘rganish.
Hisobotni rasmiylashtirish
Laboratoriya ishi bо‘yicha hisobot Microsoft Word formati faylida (asosiy matn 1,5 interval orqali kengligi bо‘yicha tekislab 12 pt о‘lchamdagi Times New Roman shriftida) matnlar ketma-ketligi kо‘rinishida bajariladi. U о‘zida quyidagilarni qamrab olishi shart:
fanning nomi, laboratoriya ishining tartibi va nomi;
muallifning familiya ism-sharifi, guruh nomeri;
о‘qituvchining familiya ism-sharifi;
variant nomeri;
tadqiq qilinayotgan sistemaning qisqacha tavsifi;
kulrang fon bilan ajratilgan (pastga qarang) yo’riqnomaning hamma punktlarini bajarilish natijalari: hisoblash natijalari, grafiklar, savollarga javoblar.
Hisobotni tayyorlashda Matlab vositasining ishchi stolidan axborotlarni almashtirish buferi orqali kо‘chirib olish tavsiya etiladi. Buning uchun barcha belgilarni bir hil kenglikda qilib, Courier New shriftidan foydalaniladi.
|
| |