• 1-rasm. Matlab dasturining bosh oyna ko’rinishi
  • Laboratoriya ishi. Diskret sistemalarni matlab dasturida tadqiq etish




    Download 485.47 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana14.03.2024
    Hajmi485.47 Kb.
    #172329
      1   2
    Bog'liq
    1-laboratoriya
    organik bo\'yoqlar, amaliy mashg\'ulot № 13, 2-курс. Курилиш механикаси, tabiiy-gazni-nordon-komponentlardan-tozalashda-absorbentning-yo-qotilishi, Chastota o`zgartkichlar, намуна аттистация саволлари учун, 1 презентация, ТАУ ТЕМА2 ОБЩИЕ ПРИНЦИПЫ УПРАВЛЕНИЯ, oriental renaissance 2022, Amaliy ustaxona 2- kurs ishchi, 1807c61ce5675f5ad20377f91ac8a4e0, Теоретико методолгические основы глобалистики, 4-AMALIY, 6-mavzu. Guruxlab tandalash, uning xisobi va moxiyati, ariza soni


    1-LABORATORIYA ISHI. 
    DISKRET SISTEMALARNI MATLAB DASTURIDA TADQIQ ETISH. 
     
    Ishdan maqsad: MATLAB dasturi imkoniyatlari bilan tanishib chiqish
    Simulink kutubxonasi bloklarini o‘rganish.
    MATLAB 
    — bu vaqt sinovidan o‘tgan matematik hisoblarni 
    avtomatlashtirish tizimlaridan biridir. MATLAB dasturi - kompyutеrda turli 
    yo’nalishdagi mexanika, matematika, fizika, muxandislik va boshqaruv masalalarini 
    yechish, turli xil mexanik, energetik va dinamik sistemalarni modellashtirish, 
    loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish masalalarining aniq, tеz, samarali hal etish 
    uchun mo’ljallangan sistеma va turli xil sohali foydalanuvchilarga mo’ljallangan 
    dasturlash tilidir.
    MATLAB asosan quyidagi vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi:

    matematik hisoblashlar;

    algoritmlarni yaratish;

    modellashtrish;

    ma'lumotlarni tahlil, tadqiq qilish va vizuallashtirish;

    ilmiy va injenerlik grafikasi;

    ilovalarni ishlab chiqish;

    grafik ishlanmalarni yaratish va boshqalar.
    Matlab tizimini ishga tushirilgandan so‘ng ekranda quyidagi to‘rtta oyna 
    paydo bo‘ladi:
    1. 
    Command Window (buyruqlar oynasi) – eng ko‘p ishlatiladigan oyna bo‘lib, unda 
    foydalanuvchining buyruqlari bevosita bajariladi va natijalar keltiriladi.
    2. 
    Command History (buyruqlar tarixi) – foydalanuvchining barcha buyruqlari 
    saqlanadi.
    3. 
    Workspace (ishchi fazo) – foydalanuvchi tomonidan buyruqlar oynasiga kiritilgan 
    barcha o‘zgaruvchilarni aks ettiradi.


    4. 
    Surrent Directory (joriy katalog) – provodnik dasturiga o‘xshash funksiyani 
    bajaradi.
    1-rasm. Matlab dasturining bosh oyna ko’rinishi 
     
    Matlab matematik hisoblash tizimida masalalarni yechish tartibi kerakli 
    buyruqlarni satr ko‘rinishida berish orqali amalga oshiriladi. Dasturning keyingi 
    versiyalarida bir necha buyruqlarni menyu qismi yoki uskunalar paneli orqali ham 
    amalga oshirish mumkin.
    Tizimda satrli buyruqlar kiritishning asosiy qoidasi “>>” katta matematik 
    ifodalaridan keyin yozishdir. Kiritilgan matematik ifodaning qiymati Enter tugmasi 
    bosilishi bilan o‘zgaruvchisiga natijaviy qiymat yuklatadi. Tizimda 
    o‘zgaruvchilarga qiymatlar “=”tenglik belgisi orqali beriladi.O‘zgaruvchilar sifatida 
    ixtiyoriy xarfdan foydalanish mumkin. Agar bir necha ifodadan ketma-ket emas
    umumiy tarzda natija olish kerak bo‘lsa, u holda ifodalardan keyin “;”nuqtali vergul 
    qo‘yish kerak.Berilgan matematik ifoda bir satrga sig‘masa keyinga satrga “...” ko‘p 
    nuqta orqali o‘tish mumkin. Shunda, satrlarni yagona ifoda sifatida aniqlaydi va 
    bajaradi.


    Matlab tizimining yaratilishi professor Klive B.Mouler va MathWorks 
    firmasi prezidenti Jack Little lar faoliyati bilan bog’liq. Bir necha yillar Nyu-
    Mexiko, Michigan va Stenford universitetlarining matematika kafedrasi va 
    kompyuter markazlarida ishlagan Klive Mouler keyinchalik faoliyatini MathWorks 
    firmasida davom ettirgan. 1984-yilda u, Fortran tizimida matritsali hisoblashlar va 
    chiziqli algabra masalalarini yechish paketlarini yaratish ishlarida qatnashgan va 
    birinchi marta "MATLAB" atamasini kiritgan.
    “MATLAB” so’zi inglizcha “Matrix Laboratory” so’zlarining qisqartirilgan 
    ifodasidir. Matlab tizimi XX asrning 70-yillarida katta EHMlarda foydalanish uchun 
    C.B.Moler tomonidan ishlab chiqildi. 80-yillarning boshlarida Jhon Little o’zining 
    Math Works, Inс. firmasida IBM PC, VAX va Macintosh tipli shaxsiy kompyuterlar 
    uchun bu tizimni modernizatsiya qildi. MATLAB turli fan va texnika muammolari 
    masalalarini yechishda boshqa shunga o’xshash tizimlarga nisbatan yuqori 
    saviyadagi tizim deb tan olindi.
    Modellashtirish vositasi
    sifatida 
    ham kuchli
    vosita 
    hisoblanadi.Dastlab, 
    MATLAB 
    paketi 
    matritsali 
    hisoblashlar, dasturlar kutubxonasi uchun qulay qobiq sifatida qo’llanilgan bo’lsa, 
    keyinchalik yuzlab yuqori malakali matematiklar va injener-texnik dasturchilar 
    tajribasida, o’ziga xos laboratoriya sharoitida uning imkoniyatlari ancha kengaydi 
    va hozirga kelib, ilmiy-texnikaviy dasturlash tili sifatida kompyuter algebrasi 
    tizimlarining ilg’or vakillaridan biriga aylandi.
    Matlab tizimi ko’proq qo’llaniladigan soxalar:

    matеmatika va xisoblash;

    algoritmlarni qayta ishlash; 

    xisoblash ekspеrimеnti, modеllashtirish imitatsiyasi, makеtlash bеrilganlarni
    taxlil qilish va natijalarni vizuallashtirish ilmiy va muxandislik grafikasi; 

    amaliyot dasturlarini qayta ishlash; 
    Matlab - bu shunday intеrfaol (bеvosita) tizimki, undagi asosiy ob'еkt bo’lgan 
    massivning o’lchamlarini aniq yozish talab qilinmaydi. Bu esa juda ko’p 


    xisoblashlarni vektor matrittsa ko’rinishidagi masalalarni tеz vaqtda yеchish 
    imkonini bеradi.Shuning uchun Matlabda xotirani dinamik taqsimlash evaziga C va 
    Fortran tillaridagiga qaraganda amallar bajarish osonroq kеchadi. Matlab tizimi bu 
    xam amaliyot muxit, xam dasturlash tilidir. Tizimning eng kuchli tomonlaridan biri 
    bu Matlab tilida ko’p marta foydalaniladigan dasturlar yozish mumkin.
    MATLAB tilida oshkor ma’lumotlarni kiritish va chiqarish operatorlari 
    yo’q. Bu muammo o’zlashtirish operatori orqali hal etiladi. Buning uchun matematik 
    ifodalarning oxirida nuqtali vergul (;) belgisi qo’yilmaydi. 
    Matlab dasturining Simulink kutubxonasida joylashgan buyruqlar yordamida 
    diskret boshqarish tizimlari modellarini qurish va natija olish mumkin. 

    Download 485.47 Kb.
      1   2




    Download 485.47 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishi. Diskret sistemalarni matlab dasturida tadqiq etish

    Download 485.47 Kb.
    Pdf ko'rish