• 20 dan 5 mg/g gacha kamaytirish katta qiymatdagi tejamkorlikni beradi
  • Deemulgatorlar neftni termik kimyoviy va elektr kimyoviy suvsizlantirishda qo‘llaniladi.
  • (80 - 120°Сda) jadallashadi
  • Amaliyotda 50 Gs chastotaga va 25-35 kV kuchlanishga ega bo‘lgan o‘zgaruvchan tok kuchidan foydalaniladi.
  • NQIZlarida uch xil turdagi elektr degidrotorlaridan foydalaniladi
  • Neftni qayta ishlash zavodlarida neftni tuzsizlantirish va suvsizlantirish texnologiyasi




    Download 90.79 Kb.
    bet1/5
    Sana23.02.2024
    Hajmi90.79 Kb.
    #161606
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    2-mavzu
    Texnalogiya referat, Glossary

    Neftni qayta ishlash zavodlarida neftni tuzsizlantirish va suvsizlantirish texnologiyasi
    Neftni qayta ishlash zavodlariga beriladigan neftning tarkibidagi tuzlarning tarkibi 500 mg/g, suv esa - 1% chegarasida bo‘ladi. Neftni qayta ishlash uchun uning tarkibidagi tuzning miqdori 20 mg/l va suv esa 0,1% (massasi bo‘yicha ) bo‘lganda ruxsat etiladi. Neftdagi suv va tuzning tarkibini chegaralash talablari ortib boradi, tuzning tarkibi 20 dan 5 mg/g gacha kamaytirish katta qiymatdagi tejamkorlikni beradi: Atmosfera - vakuumli qurilmalarda ta’mirlash oraliqlarini muddati ikki martaga kamayadi, yoqilg‘i sarfi kamayadi, apparaturalarning korroziyasi, katalizatorlarning sarfi, gaz turbinali va o‘t yoqish qozonlarining, kokslarni va bitumlarni sifati yaxshilanadi.
    NQIZ lariga keltiriladigan neftning tarkibidagi suvning katta qismi deemulsiya holatida bo‘ladi, hosil bo‘lgan suv tomchilarining diametri 2 – 5 mkm o‘lchamda bo‘ladi. Tomchilarning sirti neftli muhitlarda smolali moddalar, asfaltenlar, organik kislotalar va ularning tuzlari, neftda eriydigan moddalar hamda qiyin suziladigan yuqori dispersli zarralar, gillar va loylar, neftda yaxshi namlanadigan moddalar adsorbsiyalanadi. Vaqt o‘tishi bilan adsorbsiya pardasining qalinligi oshadi, mexanik mustahkamligi kuchayadi, deemulsiyani eskirishi sodir bo‘ladi. Shuning uchun bunday holatni oldini olish uchun ko‘p konlarda neftga deemulgator qo‘shiladi. Deemulgatorlar neftni termik kimyoviy va elektr kimyoviy suvsizlantirishda qo‘llaniladi. Emulgatorlarning miqdori har xil tarkibdagi neft uchun eksperimental yo‘l bilan aniqlanadi – uning sarfi 0,002 dan 0,005% (massasi bo‘yicha) gacha 1 t neftga qo‘shiladi.
    Deemul’gatorlar adsorbsiya pardalarini parchalaydi va ularni yirik suv tomchilarga yoyiladi hamda tindirgichlarda deemulsiya tez ajraladi. Bu jarayon yuqori haroratlarda (80 - 120°Сda) jadallashadi, bunda adsorbsiya pardalari yumshaydi va neftda erishi kuchayada, tomchilarning harakatlanish tezligi oshadi va neftning qovushqoqligi pasayadi, tomchilarning yoyilishi va tarqalish sharoitlari yaxshilanadi. Shuni takidlab o‘tamizki, 120°С dan yuqori haroratda neftning qovushqoqligi kam o‘zgaradi, shuning uchun deemulgatorning ta’sir qilish samaradorligi kichik qiymatga oshadi.
    Eng mustahkam kichik dispersli neftning deemulsiyalari elektr toki yordamida parchalanadi. Qutbsiz holatda bo‘lgan suyuqlikning tomchili suvlariga elektr maydoni ta’sir qilganda uni qutblaydi, qarshi joylashgan zaryadli uchlari bilan ellipsga tortadi va bir-biriga tortiladi. Tomchilar bir-birga yaqinlashganda tortishish shunday kattalikkacha kuchayadiki, buning natijasida zarralarni parchalaydi. Amaliyotda 50 Gs chastotaga va 25-35 kV kuchlanishga ega bo‘lgan o‘zgaruvchan tok kuchidan foydalaniladi. Elektr suvsizlantirish jarayoni deemulgatorlarni qobiliyatini va haroratni kuchaytiradi. Suvni bug‘lanib ketishdan hamda elektr degidratorlarda-appparatlarda gaz hosil bo‘lishini kamaytirish maqsadida neftni elektr suvsizlantirish va tuzsizlantirish – yuqori bosim ostida olib boriladi. NQIZlarida uch xil turdagi elektr degidrotorlaridan foydalaniladi:

    Download 90.79 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 90.79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Neftni qayta ishlash zavodlarida neftni tuzsizlantirish va suvsizlantirish texnologiyasi

    Download 90.79 Kb.