|
Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish
|
bet | 26/96 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 7,31 Mb. | | #265543 |
Bog'liq Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifSinxron va asinxron dvigatellar.
Asinxron dvigatelning ishlash printsipi.
Asinxron dvigatel- xozirgi zamon dvigatellarining eng ko`p tarqalgan xilidir. Yuksak texnikaviy va iqtisodiy ko`rsatkichlari tufayli asinxron dvigatel sanoat va qishloq xo`jaligida keng ishlatilmoqda. Asinxron dvigatelni birinchi bo`lib 1889 yili rus elektrotexnigi D.O. Dolivo -Dobrovolskiy kashf qilgan.
Asinxron dvigatel tuzilishining soddaligi va qulay ishlashi bilan boshqa dvigatellardan farq qiladi. Asinxron dvigatel ikki qismdan - stator va rotordan iborat bo`ladi. Mashinaning qo`zg‘almas qismi stator deb, aylanadigan qismi esa rotor deb yuritiladi.
Har qanday elektr mashinasi kabi asinxron dvigatel ham qaytuvchanlik xossasiga ega, ya‘ni u ham generator, ham dvigatel bo`lib ishlay oladi.
Biz asinxron mashinaning dvigatel rejimida ishlashini, ya‘ni elektr energiyani mexanikaviy energiyaga aylantirish jarayonini ko`rib o`taylik.
Ozgaruvchan tok mashinasining ishlash printsipi aylanuvchi magnit maydonidan foydalanishga asoslangan. Cho`lg‘amdan uch fazali o`zgaruvchan tok o`tganda bir minutdagi aylanishlari soni n1 = 60 f/p bo`lgan aylanuvchi magnit maydoni hosil bo`ladi.
Agar rotorning aylanish tezligi n2 magnit maydonining aylanish tezligi n1 ga teng bo`lmasa n2Asinxron dvigatel faqat asinxron tezlikda, ya‘ni rotorning aylanish tezligi magnit maydonining aylanish tezligiga teng bo`lmagan holdagina ishlaydi.
Rotor tezligi maydon tezligidan juda kam fark qilishi mumkin, lekin ish jarayonida u xar doim maydon tezligidan kichik bo`ladi.
Asinxron dvigatelning ishlash printsipini elektromagnit mexanizmi asosida tushuntirish mumkin.
Ikki qutbli taqasimon magnit o`zgarmas n0 tezlik bilan A-A1 o`q atrofida aylanmoqda, deb faraz qilaylik. Magnitning qutblari o`rtasiga B-B1 o`qda aylanadigan baraban-rotor joylashtirilgan. Magnit maydonning kuch chiziqlari rotorning a,b,c,…h sterjenlarini kesib o`tib, unda ea, eb…eh… E.YU.K larni hosil qiladi.
Bu sterjenlar bo`ylab ia, ib…ih uyurma toklar yunaladi.
2-rasm.
Bu uyurma toklar bilan doimiy magnitning magnit maydonining o`zaro ta‘siri natijasida diskni aylantiruvchi kuch hosil bo`ladi. Lents qonuniga asosan har qanday induksion tok uni hosil qilgan sababga qarshilik qiladigan tomonga qarab yo`nalgan bo`ladi. Shu sababli diskda hosil bo`lgan uyurma toklar magnitning aylanishini to`xtatishga intiladi, lekin to`xtata olmaganidan disk magnitga ergashib aylana boshlaydi. Bunda diskni aylanish tezligi magnit maydonning aylanish tezligidan doimo kam bo`ladi. Agar biror sabab bilan bu tezliklar tenglashib qolganda edi, diskni kesib utgan magnit maydon oqimlari o`zgarmagan, natijada unda xech qanday uyurma toklar hosil bo`lmagan va nihoyat, diskni aylanma harakatga keltiruvchan kuchlar vujudga kelmagan bo`lar edi.
Asinxron dvigatellarda aylanuvchi doimiy magnit o`rniga aylanuvchi magnit maydoni olinadi: bu maydon statorning uch fazali chulg`amidan uch fazali o`zgaruvchan tok o`tganda hosil bo`ladi.
Statorning aylanuvchan magnit maydoni rotor chulg`ami simlarini kesib o`tib, ularda E.YU.K induktsiyalaydi. Agar rotor chulg`ami uchlari biror qarshilik orqali yoki o`zaro qisqa tutashtirilsa, bu induktsion e.yu.k. rotor chulg`amida tok hosil qiladi. Rotor chulg`amidagi tok bilan stator chulg`amining aylanuvchi magnit maydonining o`zaro ta‘siri natijasida hosil bo`lgan aylantiruvchi moment rotorni aylanma harakatga keltiradi.
Rotorning aylanish tezligi doimo stator magnit maydonining aylanish tezligidan kichik bo`ladi.
|
| |