• Davriy sinovda
  • Tipik sinovda
  • Qabul qilish va topshirish ko‘rinishidagi sinov




    Download 7,31 Mb.
    bet34/96
    Sana25.06.2024
    Hajmi7,31 Mb.
    #265543
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   96
    Bog'liq
    Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazif

    Qabul qilish va topshirish ko‘rinishidagi sinov.
    Qabul qilish va topshirish ko‘rinishidagi sinovda quyidagi ishlar bajariladi:
    -rostlash organlarini va pnevmatik, gidravlik ijro etuvchi qurilmalarning ishchi bo‘shlig‘ini germetikligi va mahkamligi;
    - aniqlik sinfi;
    - zatvorning nogermetikligi.
    Davriy sinovda quyidagi ishlar bajariladi:
    -xaqiqiy maksimal o‘tkazuvchanlik xususiyati KV 100 ;
    -o‘tkazuvchanlik xarakterstikasi;
    - asosiy statik keltirilgan xatoligi;
    - shtokni (yoki valni) surilishi bo‘yicha varisiyasi;
    - sezgirlik progini;
    - detallar va bloklarni almashtiraolinishi;
    - tebrashishga mahkamligi.
    Tipik sinovda ijro etuvchi qurilma standartlarda va ishlab turgan texnik sharoitlarda ko‘rsatilgan hamma punktlar bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi.


    Ijro etuvchi qurilmalarni parametrlarini va
    xarakteristikalarini hisoblash va tanlash
    Ijro etuvchi qurilmalar yordamida boshqarish obyektiga ta’sir etuvchi signalni amalga oshiriladi, yani
    (1)
    Bu yerda k- proporsionallik koeffisiyenti.
    Bu yerda boshqarish obyektiga ta’sir etayotgan signal  obyetga kirayotgan yoki undan chiqayotgan mahsulotlarni sarfini yoki energiyasini o‘zgartirish hisobiga rostlanilayotgan kattalikni bir xil meyorda ushlab turadi.
    Ko‘pchilik holatlarda ijro etuvchi qurilmalar boshqarish sistemalariga statik va dinamik xatolik kiritadilar. Bu xatolik boshqarish obyekti va boshqarish qurilmalari xususiyatlari, ulanishlari natijasida tushuntiriladilar, bu esa boshqarish sifatiga ta’sir etadi.
    Ijro etuvchi qurilmalarni funksional sxemasini ko‘rib chiqamiz. Rostlash qurilmasini va masofadan boshqarish qurilmalarini chiqish signaali pozisionerning jamlagichiga beriladi, bu siignal ijro etuvchi qurilmaning chiqish elementi holati bilan qo‘shiladi. Jamlangan siganal (ayirma ko‘rinishidagi signal) kuchaytirgich yordamida kuchaytiriladi va pilot elementiga uzatiladi, u uz navbatida ijro mkxanizmining ishchi bo‘shlig‘iga ishchi havoni borishini boshqaradi. Ishchi bo‘shliqdagi bosim membranani effektiv yuzasiga ta’sir etib, uni xarakatlanuvchi sistemasiga ta’sir etuvchi siljituvchi kuchga aylantiradi. Harakatlanuvchi sistema ijro mexanizmini chiqish zvenosidan, rostlash organini shtokida va birlashtiruvchi elementlardan tashkil topgan. Siljituvchi kuch xarakatlanuvchi sistemani boshqa ta’sir etayotgan kuchlari bilan birgalikda zatvorni harakatga keltiradi. Zatvor surilishi oqibatida rostlash organini o‘tkazuvchanligini o‘zgartiradi.
    Zatvorni surilishi bilan rostlash organini o‘tkazuvchanligini o‘z-aro bog‘liqligi o‘tkazuvchanlik xarakteristikasi deyiladi, bu bog‘lani asosan rostlash organini germetikligi asosida amalga oshiriladi. O‘tkazuvchanlik xususiyatini o‘zgarishi rostlash organidan o‘tayotgan muhitni sarfini o‘zgarishiga olib keladi, bu sarfni o‘zgarishi gidravlik sistemani xususiyatlariga xam bog‘liqdir.
    Shunday qilib «komanda ko‘rinishidagi signal – sarfga» aylantiriladi, bunda «komanda ko‘rinishidagi signal – ta’sir qiladigan ayirma signalga – ijro mexanizmini ishchi bo‘shlig‘idagi havoni potokiga – bosimga – siljituvchi kuchga – xarakatlanuvchi sistemani siljishiga – o‘tkazuvchanlikga - sarfga».
    Yuqorida keltirilgan va o‘z navbatida ta’sir etadigan ketma ketliklar ijro etuvchi qurilmalarning quyidagi elementlarini maxsus struktura ko‘rinishida tuzilishi hisobiga amalga oshiriladi:
    Jamlagich – kuchaytirgich – pilot elementi – ishchi bo‘shlik – membranali blok – xarakatlanuvchi sistema – drosseli juftlik – gidravlik sistema.
    Ijro etuvchi qurilmalarda tug‘ri janjirdan tashqari teskari janjir xam mavjud bo‘lib, unda teskari ta’sir xam o‘rinlidir. Ishchi bo‘shliqning xajmi zatvorning holatiga chiziqli bog‘nanish funksiyasi bilan ifodalanadi. Membrananing effektiv yuzasi xam ijro mexanizmining holatiga bog‘liqdir. Rostlash organida undan o‘tayotgan muhit sarfning o‘zgarishi unda hosil bo‘layotgan bosimlar farqini o‘zgarishiga olib keladi, bu hol o‘z o‘zidan rostlash organining zatvorini dinamik va statik kuchlarini o‘zgarishiga olib keladi.
    Shunday qilib, ijro etuvchi qurilmalar maxsus ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan murakkab sistemaga kiradi, chunki u nochiziqli bog‘lanishlarga asoslangan va o‘z-aro chorraxa ko‘rinishidagi bog‘lagnishlarga ega bo‘lgan zvenolarni majmuasidir.



    Download 7,31 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   96




    Download 7,31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qabul qilish va topshirish ko‘rinishidagi sinov

    Download 7,31 Mb.