Ijro etuvchi qurilmalar klassifikasiyasi




Download 7,31 Mb.
bet30/96
Sana25.06.2024
Hajmi7,31 Mb.
#265543
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   96
Bog'liq
Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazif

Ijro etuvchi qurilmalar klassifikasiyasi
Ijro etuvchi qurlmalar (IEQ) yordamida rostlovchi kattalik obyektga kirayotgan yoki undan chiqib ketayotgan moda miqdoriga yoki energiyaga aylantirib beriladi. Ishlatilayotgan energiyaning turiga kо‘ra IEQ quyidagi turlarga bо‘linadi:







1-rasm. Ijro etuvchi qurilmalar turlari

- pnevmatik;


- gidravlik;
- elektr;
- aralash.
Ijro etuvchi qurilmalar asosan ijo mexanizmidan, rostlash organlaridan va qо‘shimcha qurilmalardan tashkil topgan bо‘ladi. Kо‘pchilik ijro etuvchi qurilmalar ijro mexanizmlar va rostlash organlaridan tashkil topgan bо‘ladi.
Qо‘llanilayotgan ijro etuvchi mexanizmlarning turiga kо‘ra ijro etuvchi qurilmalar quyidagi turlarga bо‘linadi:
-pnevmatik IEQ;
-elektr IEQ;
-gidravlik IEQ;
-aralash IEQ.
Ijro mexanizmi chiqish qismining harakat tavsifiga qarab quyidagilarga bo`linadi:
♦ to`g‘ri yo`lli;
♦ buriladigan;
♦ ko`p aylanishli.
Ijro etuvchi mexanizm boshqarish signaliga bog‘liq holda chiqish qismi harakat qonuni bo`yicha quyidagilarga bo`linadi:
♦ chiziqli siljishli;
♦ pozitsion harakatli.
Pnevmatik ijro mexanizmlari siqilgan havo bosimini siljituvchi kuchga o`zgartiruvchi sezgir elementining ko`rinishiga qarab quyidagicha bo`ladi:
♦ membranali;
♦ porshenli;
♦ silfonli;
♦ parrakli.
Parrakli ijro mexanizm IM lari bevosita chiqish qismining aylanma harakatini hosil qiladi, qolgan IM lar ilgarilanma harakatni amalga oshiradi. Qo`shimcha qurilmalar yordamida ijro mexanizm shtoki harakatini aylanmaga o`zgartirish mumkin. Pnevmatik IM larda foydalaniladigan siqilgan havo bosimi 0 – 1 MPa oralig‘ida bo`ladi. Gidravlik IM lar quyidagicha turlarga bo`linishi mumkin:
♦ membranali;
♦ porshenli;
♦parrakli.
Suyuqlik bosimi 2,5 – 20 MPa oralig‘ida bo`ladi.
Membranali va porshenli gidravlik IM lar pnevmatik IM lar kabi prujinali va prujinasizlarga bo`linadi. Prujinali IM larda jismning ishchi bosimi ishchi bo`shliqda faqatgina bitta yo`nalishda siljituvchi kuchni hosil qiladi. Teskari harakat prujinaning elastik k uchi hisobiga amalga oshadi. Prujinasiz IM da bosim ikkala yo`nalishda siljituvchim kuchni hosil qiladi. Ekspluatatsiya sifatiga ko`ra prujinali IM lar ancha universal hisoblanadi: prujina IM harakat turiga bog‘liq holda avariyaviy to`xtash chog‘ida ikki ta chetki holatlar (ochiq va yopiq) dan biriga zatvorni o`rnatadi. Amalda IM larning prujinali variant membranali IMlarda keng tarqalgan, prujinasiz variant esa porshenli IMlarda.
Elektrli ijro mexanizmlari quyidagilarga bo`linadi:
- elektrodvigatelli (bir va ko`p aylanishli);
- elektromagnitli (solenoidli va elektromagnitli muftalar).
Elektrodvigatelli elektrli IMlari valning aylanishiga qarab quyidagilarga bo`linishi mumkin:
♦ bir aylanishli elektrdvigatelli mexanizmlar – val kami 360° gacha buriladi;
♦ ko`p aylanishli elektrli mexanizmlar – val erkin aylana oladi.
Elektrodvigatelli IM lari foydalanadigan elektrodvigateliga qarab boshqarilmaydigan va boshqariladigan turlarga bo`linadi.
Boshqarilmaydigan dvigatelli sxemalar rostlash organiga boshqarish signalini uzatuvchi elektr signal bilan boshqariladigan muftani o`z ichiga oladi, rostlash tizimi ishlayotgan vaqtda doimo uzluksiz aylanib turadi.
Boshqariladigan IMlari shunday o`rnatilganki, signal yo`qolganda dvigatel o`chadi va to`xtaydi.
Elektromagnitli IM lari solenoidli elektruzatmali hamda elektromagnitli muftalarga bo`linadi. Solenoidli IMlar faqat ikki pozitsiyali boshqarish uchun ishlatiladi. Solenoidli IM lar noine rsion hisoblanadi; bunday IMlar suyuqlik oqimlarini rostlash tizimlarida ishlatilganda oniy o`zgarishlar trubali o`tkazgichlarda gidravlik zarbalarga olib kelishi mumkin. Elektromagnitli muftalar ishqalanishli va sirpanishli muptalarga bo`linadi. Ularning tavsiflari chiziqli bo`lib, shuning uchun keng tarqalmagan.
Elektrli IM katta sijitish kuchiga ega, boshqarish pultidan uzoq masofada montaj qilish, siljish yo`lining istalgan qiymatini amalda ta‘minlay olish. Lekin ular nisbatan katta massaga ega, ko `p energiya istemol qiladi; ularni sozlash va xizmat ko`rsatish murakkab, narhi qimmat.
Gidravlik IM lar ham katta siljish kuchini hosil qilishi mumkin va tez ishlashi bilan farq qiladi. Gidravlik IMlarni tayyorlash, sozlash va xizmat ko`rsatish murakkab, narhi yuqori.
Pnevmatik IM lar yonish va portlash xavflari yo`qligi hamda soddaligi bilan ajralib turadi. Lekin ushbu IM lar uchun quruq va toza siqilgan havoni ta‘minlovchi tizim talab etiladi. Boshqarish qurilmasidan IM gacha bo`lgan masofa chegaralangan.
Qо‘llanilayotgan rostlash organlavrining turiga kо‘ra ijro etuvchi qurilmalani quyidagi turlari mavjud:
- turg‘un IEQ (rostlash organi ikkita egarli qilib tayyorlangan);
- noturg‘un IEQ (rostlash organi bir egarli qilib tayyorlangan).
Ijro etuvchi qurilmalar asosan quyidagi kattaliklar va xususiyatlar bilan xarakterlanadilar:
- rostlash signalini amalga oshirishda qо‘llaniladigan energiyani turiga kо‘ra:
-siljituvchi kuchni hosil qiluvchi signalni energiyasiga kо‘ra;
- shartli (RSH) va ishchi (RI) bosimlar;
- muhitni temperaturasi;
-ruxsat etilgan bosimlar farqi;
- shartli о‘tish yо‘lagi DSH;
- rostlash organiga nisbatan chidamlilik;
- dinamik xususiyatlari;
- tebranishga chidamliligi;
- ta’sir etishi bо‘yicha kо‘rinishi;
- klapanning, zatvorning germetik yopilmasligi.
Ijro etuvchi qurilmalarning, juda kerakli, yuqorida qayd qilingan kо‘pchilik xossalari ijro mexanizmlarining va rostlash organlarining konstruktiv bajarilishlari asosida amalga oshiriladi. Masalan shartli о‘tkazish qobiliyati К(koeffitsiyenti). va о‘tkazish xarakteristikasi КV(S) asosan rostlash organining о‘lchovlari va zatvorning profili asosida belgilanadi. Rostlash organining qaysi materialdan qilinganligi va konstruksiyasi shartli va ishchi bosimni, rostlash organi ishlayotgan muhitni temperaturasini, rostlanilayotgan muhitga chidamlilik.
Ijro etuvchi qurilmalarning qolgan xususiyatlari asosan qо‘shimcha qurilmalarning va rostlash organlarining turli konstruktiv xossalari asosida amalga oshiriladi. Masalan, ijro etuvchi qurilmaning dinamik xususiyatlari ijro mexanizmining va undaggi siljiydigan sistemaning о‘lchamlari va konstruksiyalari bilan, salniklarda hosil bо‘ladigan ishqalanish kuchi bilan, rostlash organidan о‘tayotgan muhitni zatvorga statik va dinamik ta’siri bilan, yuqorida keltirilgan kuchlar asosan rostlash organlarining о‘lchovlvri va konstruksiyalari bilan belgilanadi.
Siljituvchi kuchni belgilovchi belgilovchi energiyani turi ijro mexanizmini konstruksiyasini belgilaydi, energiyani turi tanlanilayotganda rostlash organini о‘lchovi va konstruksiyasini va siljiydigan sistemaga ta’sir etayotgan kuchlarni inobatga olish kerak.
Yuqorida qayd etilgan kattaliklar asosan ijro etuvchi qurilmaning ishlash sharoiti bilan va boshqarishni sifatini belgilovchi talablarga asoslanadi.

Download 7,31 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   96




Download 7,31 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ijro etuvchi qurilmalar klassifikasiyasi

Download 7,31 Mb.